I. A. Axmedov, N. S. Saidxo‘jaeva



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/124
tarix29.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140913
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   124
VZpVsom5JzG8odbWYYVdp13OxkbQjobTxcRN1JEG

Absorbsiya - 
deb zaharlovchi moddalarning faollashtirilgan ko‘mir ichiga kirishi 
(diffuziya) ga aytiladi. 
Xemosorbsiya – 
zaharlovchi moddalarning faollashtirilgan ko‘mirdagi kimyoviy 
reagentlar va katalizatorlar bilan neytrallanishi (zararsizlantirilishi) kuzatiladi. 
Kapillyar kondensatsiya –
bug‘simon zaharlovchi moddalarning suyuq holatga 
o‘tish jarayoni bo‘lib, bu jarayon yutuvchi vositaning g‘ovak kanalchalariga boradi 
va suyuq holatda saqlanib qoladi. 
Sorbsiyaning jadalligi bir qancha sharoitlarga, zaharlovchi moddaning 
xossasiga, uning haroratiga, havodagi zaharlovchi moddaning miqdoriga va uning 
molekulyar og‘irligiga bog‘liq bo‘ladi. Ba’zi zaharlovchi moddalarning faollashgan 
ko‘mirga munosabati 5.14-jadvalda keltirilgan. 
5.14-jadval. Ba’zi zaharlovchi moddalarning faollashgan ko‘mirga munosabati 
Zaharlovchi 
moddaning nomi 
Qaynash 
harorati 
Molekulyar 
og‘irligi 
Faollashgan ko‘mirga
munosabati 
Is gazi 
Sianid kislota 
Fosgen 
Iprit 
Lyuizit 
Zarin 
-190 
0

26 
0


0

217 
0

196 
0

147 
0

28 
27 
99 
158 
209 
140 
Sorbsiyalanmaydi 
Sorbsiyalanmaydi 
Yomon sorbsiyalanadi 
Yaxshi sorbsiyalanadi 
Yaxshi sorbsiyalanadi 
Yaxshi sorbsiyalanadi 
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, faollashgan ko‘mir yuqori molekulali zaharlovchi 
moddalarni (zarin, V-gazlari, iprit, lyuizit) yaxshi sorbsiyalash xususiyatiga ega. 


141 
Fosgen, difosgenni yomon sorbsiyalaydi. Sianid kislota bug‘lari hamda is gazini 
deyarli sorbsiyalamaydi. Kichik molekulali zaharlovchi moddalarni ushlab qolish 
uchun faollashgan ko‘mir tarkibiga katalizatorlar va kimyoviy yutuvchi vositalarni 
qo‘shish kerak bo‘ladi. Buning uchun faollashgan ko‘mir tarkibiga kaliy 
permanganat, o‘yuvchi natriy, so‘ndirilgan ohak qo‘shiladi va ular, zaharlovchi 
moddalar bilan oksidlovchi va neytrallovchi reaksiyalarga kirishadi, buning natijasida 
zararsiz, kam uchuvchi moddalar hosil bo‘ladi. 
Gazniqobning yuz qismi, shlem-niqob rezinadan tayyorlanib, quyidagi 
qismlardan: ikkita yirik ko‘zoynak, ko‘zoynaklar terlashini kamaytiruvchi ikkita 
obtekatel, shlem-niqobni filtrlovchi - yutuvchi qutichani birlashtiruvchi rezinali 
naydan (gofrlangan) iborat. Shlem-niqob, gazniqob qutisida tozalangan havoni nafas 
olish a’zolariga etkazadi, shuningdek yuz va ko‘zni radioaktiv, zaharlovchi moddalar 
hamda bakterial vositalardan muhofaza qiladi. Hozirgi vaqtda shlem - niqobning bir 
necha turi: SHM-41, SHM-41M, SHM-66 Mu SHMS mavjud. 
Ko‘zoynaklar shishadan tayyorlangan bo‘lib, ular shlem-niqobga maxsus 
oboymalar yordamida mustahkamlangan. Bundan tashqari, terlamaydigan plyonkani 
mustahkamlash uchun xizmat qiladigan qisqich halqa ham ko‘zoynakning tarkibiga 
kiradi. 
Shlem-niqob obtekatellarning vazifasi nafas olganda keladigan nisbatan sovuq 
havoni bevosita ko‘zoynaklarga etkazib berishdan iborat bo‘lib, mana shu tufayli 
oynaklarning terlash darajasi ancha pasayadi. 
Niqobdagi birlashtiruvchi naycha rezinadan tayyorlangan bo‘lib, ustiga gazmol 
qoplangan. Uning bir uchi niqobning klapan qutisidagi patrubkaga zich qilib 
o‘rnatiladi, ikkinchi uchida esa ko‘chma gayka bo‘lib, u filtrlovchi-yutuvchi qutining 
og‘zi bilan birlashtiriladi. Trubkadagi mavjud ko‘ndalang bukilma (gofr)lar unga 
zarur egiluvchanlik bahsh etadi, naycha bukilgan yoki cho‘zilgan, yozilgan vaqtlarda 
orasidan havo bemalol o‘tadi. 
Klapan qutisi tunukadan tayyorlangan bo‘lib, nafas olinadigan va chiqariladigan 
havo oqimlarini taqsimlaydi. Birinchi kanali bo‘yicha nafas olinadigan havo shlem-
niqobga o‘tadi, ikkinchisi yordamida nafas olingan havo tashqariga chiqariladi. Havo 
oqimi yo‘lidagi kanallarda nafas olinuvchi va nafas chiqariluvchi klapanlar 
o‘rnatilgan bo‘ladi. Nafas olingan vaqtda nafas olinuvchi klapan ochilib, havo 
o‘tqaziladi, bunda ikkita nafas chiqaruvchi klapan mahkam bo‘lib berkiladi, nafas 
chiqarilgan vaqtda nafas oluvchi klapan mahkam berkiladi, nafas chiqaruvchi 
klapanlar esa ochilib havoni tashqariga chiqaradi. 


142 
Gazniqob solinadigan xalta oddiy matodan ikki xona qilib tikilgan bo‘ladi, bir 
xonasida filtrlovchi-yutuvchi, ikkinchisida esa shlem-niqob turadi. Xalta elka va bel 
tasmalari yordamida osib olinadi. Xaltaning yon qismida kichkina cho‘ntakchalar 
bor. Bunga kimyoga qarshi maxsus paket yoki terlamaydigan plyonkalar solib 
qo‘yilishi mumkin. Xaltaning ichkari qismida ikkita taxtacha qo‘yilgan bo‘lib, quti 
qo‘yilgan vaqtda orqa teshigi berkilib qolmaydi u havo o‘tishini ta’minlab turadi. 
SHMS shlem-niqobga bir qancha o‘zgartishlar kiritilgan. Og‘zaki buyruqlar 
topshiriqlar va suhbatlar yaxshi eshitilishi uchun shlem-niqobning old qismiga 
gaplashish (so‘zlashish) uchun mo‘ljallangan maxsus moslama o‘rnatilgan. U rezinka 
prokladka, membranalar, tutib turuvchi halqa, flyans va buraluvchi qopqoqdan iborat. 
Shlem-niqobga o‘rnatilgan ko‘zoynaklar o‘lchami kichik va optik asboblar bilan 
ishlashga moslashtirilgan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə