I. A. Axmedov, N. S. Saidxo‘jaeva


-jadval. Radiatsiyaga qarshi panogohlar guruhlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/124
tarix29.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140913
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   124
VZpVsom5JzG8odbWYYVdp13OxkbQjobTxcRN1JEG

5.13-jadval. Radiatsiyaga qarshi panogohlar guruhlari 
Guruh 
Himoya koeffitsienti, K
z
P-1 
200 
P-2 
200 
P-3 
100 
P-4 
100 
P-5 
50 
Radiatsiyaga qarshi panagohlar avvalo bino va inshootlar erto‘lalarida tashkil 
qilinadi

Yog‘och uy erto‘lalari radiatsiya kuchini 7-12 marta, tosh uyli binolar 
erto‘lalari 200-300 marta, ko‘p qavatli tosh materialli uylar erto‘lalari 500-1000 
marta, jihozlanmagan qazilmalar 7-12 marta va maxsus jihozlangan qazilmalar 350-
400 martagacha kamaytiradi.
Panagohda 80×180 sm li ikkita chiqish joylari bo‘lishi kerak va ular bir biriga 
nisbatan 90° da joylashgan bo‘lishi lozim.
Panagohda shamollatish qurilmasi havoni ichkariga kiritishi va havo sarfi 
chiqarishga nisbatan kamida 20% ga ko‘p bo‘lishi kerak. Suv ta’minoti magistral 
tarmoqqa ulanishi, suv sarfi bir kishiga 6 litr hisobida tashkil etilishi kerak.
Oddiy panagohlar
Oddiy panagohlarga xandak va qazilmalar kiradi (5.9-rasm). Usti ochiq 
qazilmalar o‘tuvchi radiatsiya miqdorini 1.5-2 marta, usti yopiq qazilmalar 200-300 
marta kamaytiradi. Ular kiyim va terilarga tushadigan radioaktiv moddalardan
saqlaydi.


138 
5.9-rasm. Oddiy panagohlar: 
a – erto‘la, b – ochiq xandak, v – yopiq xandak. 
Xandaklar ustini yopishda mustahkam materiallardan foydalanish kerak. Ularga 
suv kirib ketmasligi uchun ishlov berilishi kerak. Yopilgan grunt qalinligi 50-60 sm 
dan kam bo‘lmasligi kerak. 
Shaxsiy muhofaza vositalari. 
Shaxsiy muhofaza vositalari filtrlovchi va 
ajratuvchi 
gazniqoblar, 
respiratorlar 
va 
terini 
muhofazalovchi 
vositalar 
(muhofazalovchi kompleks kiyimlar, kostyumlar, va boshqalar)ga bo‘linadi. 
Bularning barchasi nafas a’zolarini, ko‘z va teri yuzasini radioaktiv, zaharlovchi 
moddalar va bakteriologik vositalar ta’siridan saqlaydi. 
Ularning hammasi organizmni muhofazalash xususiyatiga ko‘ra filtrlovchi va 
ajratuvchilarga bo‘linadi. Filtrlovchi vositalarning muhofazalash xususiyati havoni 
muhofazalovchi materiallar orqali o‘tkazishga asoslangan bo‘lib, unda havo 
radioaktiv, zaharlovchi moddalar va bakteriologik vositalardan tozalanadi. Ajratuvchi 
vositalarning muhofazalash xususiyati odam organizmini tashqi muhitdan to‘liq 
ajratishga qaratilgan bo‘ladi. Nafas olish uchun kerak bo‘lgan havo pnevmatogen 
yoki pnevmatofor usulda ishlaydigan kislorod apparatlari yordamida olingan bo‘ladi. 
Pnevmatogen kislorod apparatlarida kerakli bo‘lgan kislorod miqdori reaksiyalar 
natijasida ajralib chiqadi (regenerativ patronlardan), pnevmatofor kislorod 
apparatlarida kerakli bo‘lgan kislorod ballonlarda siqilgan bosimda bo‘ladi, masalan 
kislorod ajratuvchi KIP-5 asbobi. 
Foydalanilishiga ko‘ra hamma muhofazalovchi vositalar quyidagilarga: 
umumharbiy, maxsus, fuqarolar uchun mo‘ljallangan va sanoatda qo‘llaniladigan 
vositalarga bo‘linadi. Umumharbiy muhofaza vositalari bilan butun harbiy 
qismlarning harbiy xizmatchilari ta’minlanadi. 


139 
Maxsus muhofaza vositalari bilan tank, aviatsion, kimyoviy qismlar, turli xil 
qo‘shinlarning bo‘linmalari maxsus vazifalarni bajaradigan vaqtlarida, hamda tibbiy 
xizmat (boshidan yaralanganlar uchun shlem SHR-1) bo‘limlari yaradorlarga yordam 
ko‘rsatishda ishlatish uchun ta’minlanadilar. Fuqarolar uchun ishlab chiqilgan 
muhofaza vositalari fuqarolar muhofazasi qismlarining harbiy xizmatchilari va butun 
aholini ta’minlash uchun mo‘ljallangan. 
Sanoatda ishlatiladigan muhofaza vositalari maxsus korxonalarda, qishloq 
xo‘jaligida va boshqa sohalarda zaharli kimyoviy moddalar bilan bog‘liq bo‘lgan 
joylarda qo‘llaniladi. 
Nafas a’zolarini muhofazalovchi vositalarga - filtrlovchi (umumharbiy, PMG, 
PMG-2, SHR, GP-4U, PG-5, PG-7V DP-6, DP-6M), ajratuvchi (IP-4, IP-5) 
gazniqoblar, respiratorlar (R-2, SHB-1) kiradi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə