I bob. Bozor iqtisodiyotini tahlil qilish


Mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda barqaror agrar bozorning roli



Yüklə 241,21 Kb.
səhifə9/14
tarix30.12.2023
ölçüsü241,21 Kb.
#167506
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq xo`jalik korxonalari faoliyatini boshqarish 11

Mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda barqaror agrar bozorning roli Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi bozor mexanizmining amal qilishiga xalaqit qilmasligi qilmasligiga, aksincha bunga sharoit yaratib, zarur bo‘lganda bu mexanizmni to‘ldirib turishi ham talab qilinadi. Hozirgi zamon bozor iqtisodiyotini tartiblashda bozor va davlat mexanizmi birgalikda amal qiladi. Biroq, ularning nisbati iqtisodiyotdagi vaziyatdan kelib chiqib turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, Italiya, Yaponiya, Avstriya, Fransiya, Shvetsiyada davlatning roli kuchli bo‘lsa, AQSh va Germaniyada bozor mexanizmi ustuvorlikka ega. Davlatning tartibga solish rolini iqtisodiyot rivojining umumiy xolati ham belgilaydi. Iktisodiyot barqaror o‘sayotgan va bozor mexanizmi samarali ishlab turganidan davlat iqtisodiyotga kamroq aralashadi. Aksincha, iqtisodiyot inqirozli holatda bo‘lganda davlat uning oqibatlarini yumshatish uchun faol aralashadi. Davlatning iqtisodiy siyosati — bu iqtisodiyotni tartibga solish va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish, bandlikni ta’minlash va inflyasiyani oldini olish orqali aholi farovonligini oshirib borishga qaratilgan chora-tadbirlaridir.


2-rasm. Agrar iqtisodiyotni boshqarishda davlatning roli
Davlatning agrar iqtisodiy siyosati har doim mamlakat iqtisodiy rivojlanishining ichki va tashqi sharoitlarini xisobga oladi. Bunda eng avval mamlakat iqtisodiyotining holati, xalqaro iqtisodiy kon’yunkturaning milliy iqtisodiyotga ta’siri, undan kutilayotgan o‘zgarishlar, mamlakat zimmasiga olgan xalkaro majburiyatlar, milliy iqtisodiyotining resurslar bilan ta’minlanish darajasi kabilarga e’tibor qaratiladi.
Bozor iqtisodiyotni tartibga solib turish vazifasini talab, taklif, raqobat va narxlar yordamida bajaradi. U o‘zida talab va taklifni jamlab, bu bilan nimani, qancha miqdorda va qaysi vaqtda ishlab chiqarish kerakligini aniqlab beradi. Bozor narx vositasida iqtisodiy resurslarni tovarlarga talab kamaygan tarmoqlardan talab ortgan tarmoqlarga oqib kelishini ta’minlaydi.
Shuningdek, adabiyotlarda bozorning boshqa ko‘plab qo‘shimcha vazifalari ham keltiriladi. Bu vazifalarni yaqqolroq tasavvur etish uchun ularni quyidagi maxsus chizma ko‘rinishida ifodalash mumkin.


Yüklə 241,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə