1-chizma. Bozor xo‘jaligi sub’ektlari o‘zaro aloqasining umumiy modeli.
Bozor iqtisodiyotining muhim va umumiy belgilari quyidagilardan iborat:
- turli shakllardagi mulkchilikning mavjud bo‘lishi va unda xususiy mulkchilikning ustun turishi;
- tadbirkorlik va tanlov erkinligi;
- raqobat kurashning mavjudligi;
- davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi;
- korxona va firmalarning ichki va tashqi shart-sharoitlar o‘zgarishlariga moslashuvchanligi.
Bozor iqtisodiyotining tarixan tarkib topgan ikki turini ajratish zarur. Birinchisi klassik yoki sof bozor iqtisodiyoti deb atalib, uzoq vaqt davomida shakllanib, g‘arbdagi rivojlangan mamlakatlarda XIX asrning oxirlarigacha davom etib keldi3. Bozor iqtisodiyotining ikkinchi ko‘rinishi hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti deb atalib, XIX asrning oxiri va XX asr boshlaridan buyon amal qiladi. Uning asosiy belgilari:
A) mulkchilikning turli shakllariga ya’ni, xususiy, davlat, jamoa, aralash va boshqa mulk shakllariga asoslanib iqtisodiy va tadbirkorlik faoliyati yuritilishi;
b) kapital va ishlab chiqarishning yuqori darajada umumlashganligi, mulkning bir qismi yirik monopoliyalar va davlat qo‘lida to‘planib, milliy va xalqaro miqyosda umumlashganligi;
v) iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning faol ishtiroki. Bunda davlat fan-texnika taraqqiyoti va boshqa omillarni hisobga olib, turli iqtisodiy tadbirlarni, rivojlanish istiqbolini aniqlash, turli sohalar va tarmoqlar o‘rtasidagi nisbatlarni tartibga solish chora-tadbirlarini belgilash vazifalarini bajaradi;
g) xo‘jaliklarni yuritishda reja usulidan foydalanishning kuchayishi (biznes rejasi, marketing tizimi orqali boshqarish);
d) ijtimoiy himoyaning kuchayishi. Bunda davlatga, jamoalar va xususiy kishilarga tegishli turli xil ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta fondlarining vujudga kelishi.
Hozirgi zamon bozor xo‘jaligi iqtisodiyot xususiy va davlat sektorlarining o‘zaro aloqasiga asoslanadi. Iqtisodiyotga ta’sirning intensivligi darajasi hamda davlat tomonidan hal etiluvchi ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda, zamonaviy bozor iqtisodiyotining quyidagi modellari farqlanadi (2-chizma).
Me’zonlar
Korporativ iqtisodiyot
Aralash iqtisodiyot
Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti
Yirik ishlab chiqarish manfaatlarini himoya qilish
Fuqarolar manfaatlarini himoya qilish
Davlat dasturlarini maqsadga yo'naltiruvchi
Asosiy ustuvorlikni belgilab olish
Taktik usullardan ustun ravishda foydalanish
Iqtisodiyotni tartibga solish tamoyillari
Аҳамиятсиз даражада
10 % атрофида
30 %
Давлат секторининг иқтисодиётдаги улуши
Япония, Швеция
АҚШ
Германия
Ko‘rsatilgan mezonlarga muvofiq keluvchi davlatlar
Dostları ilə paylaş: |