I bob. Bozor iqtisodiyotini tahlil qilish


I BOB. BOZOR IQTISODIYOTINI TAHLIL QILISH



Yüklə 241,21 Kb.
səhifə2/14
tarix30.12.2023
ölçüsü241,21 Kb.
#167506
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq xo`jalik korxonalari faoliyatini boshqarish 11

I BOB. BOZOR IQTISODIYOTINI TAHLIL QILISH
1.1.Agrar bozorni boshqarish
Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar guruhining tarkibiy qismi hisoblangan «Agrar bozorni boshqarish» fani cheklangan agrar resurslardan maqsadli va samarali foydalanish jarayonida agrar bozorda ikki va ko‘p tomonlar o‘rtasida yuzaga keladigan harakatlarini tadqiq qilish asosida takrorlanib turadigan munosabatlarini o‘rganadi.
«Agrar bozorni boshqarish» fani qishloq xo‘jaligi tarmog‘idagi cheklangan agrar resurslardan foydalanish jarayonidagi mavjud ob’ektiv va sub’ektiv voqeliklarni o‘rganish asosida amaliyot uchun tadqiqot ob’ekti bo‘yicha mukammal va progressiv yechimlar topish yo‘lida xizmat qiladi.
«Agrar bozorni boshqarish» fanini o‘rganish qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining faolligi va ma’suliyatini oshirish, agrar bozorni boshqarish bo‘yicha mukammal siyosatni ishlab chiqish hamda ularni amaliyotga joriy etish orqali strategik va taktik yo‘ldan adashmaslik, amaliyotda rejalashtirilgan natijalarga erishishni ta’minlash nuqtai nazaridan ham zarurdir.
«Agrar bozorni boshqarish» fani ijtimoiy-iqtisodiy fanlar blokiga kiradi va ular bilan bevosita bog‘langan bo‘lib, uning maxsus, ya’ni agrar bozorni boshqarishga oid muammolar chuqurlashtirilgan va kengaytirilgan asosda o‘rganiladigan bo‘limi hisoblanadi.
Bozorning asosiy belgilari sotuvchi va xaridorlarning o‘zaro kelishuvi, ekvivalentlilik tamoyili asosidagi ayirboshlash, sotuvchilarning xarajatlari qoplanib, foyda olishi va pul to‘loviga qodir bo‘lgan xaridorlarning talabini qondirish va raqobatchilikdan iboratdir.
Bozor tovarlarni ishlab chiqarish va ayirboshlash, pulning vujudga kelishi, ularning rivojlanishi natijasida kelib chiqqan tarixiy tushuncha bo‘lib, hozirgi davrda keng tarqalgan ob’ektiv iqtisodiy jarayondir.
Bozor ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar, sotuvchilar va xaridorlar o‘rtasida pul orqali ayirboshlash (oldi-sotdi) jarayonida bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlar yig‘indisidir. Bunda bozorning moddiy asosini joy emas, balki tovar va pulning harakati tashkil etadi. Bozor tushunchasi faqat ayirboshlash jarayonidagi iqtisodiy munosabatlarni o‘z ichiga oladi. Unda oldi-sotdi jarayonidagi zarur bo‘lgan xizmatlar bajariladi.
Bozorga sotishga chiqarilgan tovar va xizmatlar talabga nisbatan kam bo‘lsa narxlar oshib ketadi, ayirboshlashning ekvivalentlik muvozanati buziladi, natijada tovarni sotuvchi me’yoridan ortiqcha daromad olib, tez boyiydi yoki aksincha, bozorda tovarlar miqdori talab miqdoridan oshib ketsa, narxlar pasayib ketib, sotuvchilar zarar ko‘radilar. Buning ustiga ishlab chiqarish jarayonida sustkashlik, no‘noqlik va xo‘jasizlik yuz berib, ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, zarar yanada oshib ketadi, chunki bozor bunday ortiqcha behuda sarflarni hisobga olmaydi.
Bozor sub’ektlari ikki guruhga – sotuvchi va xaridorlarga bo‘linib, ular bozor munosabatlarining turli vazifalarini bajaradi. Sotuvchilar bozorga tovar va xizmatlarni taklif etadi, xaridorlar esa ularga talab bildiradi. Bozor o‘z sub’ektlari manfaatini bir-biriga bog‘lab, ularni muvofiqlashtiradi.
Bozorning asosiy vazifasi ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan tovar va xizmatlarni, iqtisodiy resurslarni iste’molchilarga etkazib berishdan iboratdir. Bu yerda bozor ishlab chiqarish bilan iste’molni bir-biriga bog‘laydi, ishlab chiqarilgan tovar yoki xizmat o‘z iste’molchisini topadi.
Bozor ayirboshlash kategoriyasi bo‘lib, ishlab chiqarishning uzluksiz takrorlanib turishiga yordam beradi. Ishlab chiqarish, yangidan boshlanishi uchun yaratilgan tovarlar sotilishi va ularning pulga aylanishi, puldan esa kerakli iqtisodiy resurslar xarid qilinishi zarur. Bozor vositasida tovarni sotishdan tushgan mablag‘lar hisobiga, ishlab chiqaruvchilar resurslar sotib olish yo‘li bilan sarflangan ishlab chiqarish vositalari o‘rnini qoplaydigan va ishlab chiqarishni kengaytirish uchun kerakli moddiy va mehnat resurslariga ega bo‘ladilar. Bozor orqali resurslarning erkin harakati ta’minlanadi va ularning tarmoqlar o‘rtasida taqsimlanishi ro‘y beradi.
Fan umumkasbiy fanlardan biri hisoblanib “Iqtisodiy nazariya”, “Menejment nazariyasi”, “Qishloq xo‘jaligi menejmenti”, fanlari bilan uzviy bog‘langan holda olib boriladi.
«Agrar bozorni boshqarish» fani mustaqil fan sifatida o‘zining predmetiga ega.
Fanning predmeti- bu izlanish va tadqiqotlar olib borish ob’ekti hisoblanadi.

Yüklə 241,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə