I bob. Bozor iqtisodiyotini tahlil qilish



Yüklə 241,21 Kb.
səhifə3/14
tarix30.12.2023
ölçüsü241,21 Kb.
#167506
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq xo`jalik korxonalari faoliyatini boshqarish 11

Fanning predmeti- bu agrar sohadagi cheklangan iqtisodiy omillar sharoitida barqaror rivojlanish konsepsiyasi, iqtisodiyotni barqarorligini ta’minlash zaruriyati va agrar bozorni boshqarishning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, agrar tarmoqning potensial salohiyati darajasida mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlashga qaratilgan iqtisodiyot sub’ektlari o‘rtasidagi munosabatlar hisoblanadi.
Agrar bozorni boshqarishda tabiiy-iqlim sharoitiga moslashish va ularni hisobga olgan holda ekinlarni joylashtirish, agroresurslardan foydalanish samaradorligini oshirish va barqarorligini ta’minlashda dehqonchilik tarmoqlarida ichkitarmoqlararo hamda dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlari o‘rtasidagi o‘zaro optimal nisbatlarni ta’minlash iqtisodiy mexanizmlari, yer-suv resurslarining sifat tarkibi va ta’minoti darajasini hisobga olgan holda agrar tarmoq salohiyatidan optimal va barqaror foydalanishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish vazifalarini qo‘yadi.
Fanning asosiy maqsadi talabalarda agrar bozorni boshqarish haqida tasavvur uyg‘otish, olib borilayotgan agrar bozor turlarini o‘zaro solishtira olish ko‘nikmasini yaratish va mutaxassis xulosasiga ega bo‘lishini ta’minlashdir.
Шу билан биргаликда, talabalarda agrar bozor, uning qonunlari va kategoriyalari haqida tasavvur uyg‘otish, olib borilayotgan agrar siyosatlarni o‘zaro solishtira olish ko‘nikmasini yaratish va mutaxassis xulosasiga ega bo‘lishini ta’minlashdir. Fan boshqa iqtisodiy, iqtisodiy-matematik va texnologik fanlar bilan chambarchas bog‘liqdir.
Fanning mohiyati agrar bozorda qishloq xo‘jaligi tovarlarini ishlab chiqaruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasidagi va ular iqtisodiyotni tartibga solishda qatnashadigan davlat boshqaruv organlari o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlarni chuqur tahlil va tadqiq qilish hamda to‘g‘ri tashkil etilishini ta’minlashga qaratilgandir.
Fanning asosiy vazifasi – agrar bozorni boshqarish muvofiqligini ta’minlash va agrar tarmoq eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan agroresurslardan maqsadli va barqaror foydalanish, shakllangan agrar salohiyatdan foydalanish samaradorligini oshirish, qishloq xo‘jaligida agrar bozorni boshqarishga qaratilgan muqobil yo‘nalishlar ichidan maqbulini tanlay oladigan, agrar bozorni boshqarish va korxona faoliyati samaradorligini ta’minlash bo‘yicha qarorlar qabul qilish malakalariga ega bo‘lgan, texnologik loyihalarni moliyaviy baholash va qo‘llay oladigan bilimli va yuksak kasbiy mahoratga ega bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlashdir.
Agrar bozorni boshqarish fanining oldiga qo‘yilgan vazifalar quyidagidalarda aks etadi:
Agrar bozorni boshqarish tamoyillarini chuqur tadqiq qilish asosida agroresurslarni boshqarish tizimini bozor talablariga moslashga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashning asosiy vositalaridan bo‘lgan agroresurslarni boshqarishni bozor talablariga moslashga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish;
Agrar bozorni boshqarishda makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy manfaatlar uyg‘unligiga erishishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish;
Sohaga oid chet mamlakatlar agrar bozorni boshqarish bo‘yicha amaliyotini o‘rganish va taqqoslash asosida zarur xulosalar ishlab chiqish, ular tajribalarini mamlakat amaliyotiga moslab tatbiq etish;
Agrar bozor tushunchasini hamda uning qonunlari va kategoriyalarini nazariy tadqiq etish va uni belgilashda e’tiborga olinishi lozim bo‘lgan omillarni chuqur o‘rganish;
Agrar bozorni boshqarish bo‘yicha umumiy, xususiy va klassik nazariyalar talqini tadqiq kilish asosida tomonlar manfaatlarini uyg‘unligini ta’minlashga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
Agrar bozorni boshqarish amaliyoti bo‘yicha rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar tajribasini tadqiq qilish asosida hamda mamlakat xususiyatlarini inobatga olgan holda zarur tavsiyalar ishlab chiqish;
Agrar bozorni boshqarish strategiyasi va taktikasi tushunchalari bo‘yicha talabalarda ko‘nikmalar shakllantirish.
Mahsulot bozori korxona va ishlab chiqaruvchilar taklif etayorgan tovar va xizmatlar sotib olinadigan yoki sotib yuboriladigan joydir. Mahsulot bozorida, ishlab chiqaruvchilar tovar va xizmatlarni sotish uhcun resurslarni yo‘naltiradi. Uy-xo‘jaliklari tovar va xizmatlarni sotish uhcun resurlar savdosidan olayotgan daromatlatlaridan foydalanishadi. Iste’molchilarning tovar va xizmatlarga sarfining pul aylanmasi korxonalarning foydali savdosiga imkoniyat yaratadi. Korxonalar ushbu foydalarni foydalilikni aniqlashda qiyoslab ko‘radi va ma’lum tovar va xizmatlarni ishlab chiqarilishini davom ettirish yoki to‘xtatish keraklini belgilaydi. Aylanma harakatli diagramma uy-ho‘ja’ligi va korxonalarning o‘zaro iqtisodiy faoliyatlarini qaror qabul qilishning bir-biriga bog‘langan, murakkab suratini tasvirlab beradi. Iqtisodiyot uchun, bu hayot –mamot qonuniyatidir. Uy-xo‘jaliklari, korxonalar sotuvchi va sotib oluvchilaridir. Korxonalar resurslarni sotib oladi va mahsulotlarni sotadi. Uy-xo‘jaliklari esa mahsulotlarni sotib oladi va resurslarni sotadi. Iqtisodiy resurslarni va foydalanib bo‘lingan xizmat va tovarlarni saot yo‘nalishiga qarama-qarshi haqiqiy aylanma harakati va daromat hamda iste’mol xarajatlarini saot yo‘nalishiga tomon harakatini ko‘rish mumkin.1
Bozorning ichki tuzilishi murakkab bo‘lganligi sababli uni turkumlashda quyidagi asosiy mezonlarga asoslaniladi:
- bozorning etuklik darajasi;
- sotiladigan va sotib olinadigan mahsulot turi;
- bozor sub’ektlari xususiyatlari;
- bozor miqyosi,
- iqtisodiy aloqalar tavsifi va boshqa lar.

Yüklə 241,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə