I bob. Bozor iqtisodiyotini tahlil qilish



Yüklə 241,21 Kb.
səhifə4/14
tarix30.12.2023
ölçüsü241,21 Kb.
#167506
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq xo`jalik korxonalari faoliyatini boshqarish 11

Iqtisodiyot jamiyat (davlat) miqiyosida ishlab chiqarish jarayonida jamiyat a’zolari ishtiroq etadigan iqtisodiy – ijtimoiy munosabatlarning ob’ekti bo‘lgan ishlab chiqarish sub’ektlarining yig‘indisidir. Bu munosabatlar ob’ektiv qonun va qonuniyatlarga bog‘liq. Jamiyat rivojlanishining turli bosqichlarida ijtimoiy ishlab chiqarish qonunlari va moddiy boyliklarni taqsimlashni iqtisodiy nazariya o‘rganadi. Kishilar o‘rtasida iqtisodiy munosabatlarni o‘rganib, iqtisodiy nazariya iqtisodiyotning turli tarmoqlarida iqtisodiy qonunlarning aniq turli tuman xususiyatlarini chuqur va har tomonlama o‘rganish bilan shug‘ullanmaydi va o‘z oldiga shug‘ullanishni vazifa qilib qo‘ymaydi.
«Agrar bozorni boshqarish» boshqa iqtisodiy fanlar bilan chambarchas bog‘langan. «Agrar bozorni boshqarish»ning nazariy va uslubiy jihatdan bazasi xuddi boshqa tarmoq fanlari kabi iqtisodiy nazariya hisoblanadi. «Iqtisodiy nazariya» ishlab chiqarish munosabatlarini va ularning iqtisodiy qonunlarida aks etishini, shuningdek bu qonunlardan amalda foydalanishni o‘rganadi. «Agrar bozorni boshqarish» ishlab chiqarish munosabatlarining shakllanish turlarini iqtisodiy qonunlarining harakat qilish mexanizmini, ularning namoyon bo‘lish shakllarini va shu tarmoqda aniq sharoitda ulardan foydalanishni ochib beradi. «Iqtisodiy nazariya» bilan «Agrar bozorni boshqarish» ularning sub’ektlari va ob’ektlarini o‘rganish borasida farq bor. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida iqtisodiy qonuniyatlarning umumiy ko‘rinish xususiyatlari bilan tarmoq iqtisodiy fanlari shug‘ullanadi: sanoat, qishloq xo‘jalik, qurilish, transport, savdo, kommunal-xo‘jalik iqtisodiyoti va boshqalar. Iqtisodiy fanlarning bunday tabaqalanishi ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanishi bilan bog‘langan.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyingi dastlabki masala iqtisodiyotni tezroq barqarorlashtirish hisoblanadi. Shu jihatdan qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va samaradorligini oshirish eng muhim masalalardan hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligida bozorlarni to‘g‘ri tashkil qilish va agrar siyosatni to‘g‘ri olib bormasdan iqtisodiy samaradorlikka erishib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham Qishloq xo‘jaligida menejment bakalavriat yo‘nalishi talabalari uchun “Agrar bozorni boshqarish” fani o‘quv rejasiga kiritilgan.
Davlatning agrar iqtisodiy siyosati milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda ma’lum maqsadlarni ko‘zlaydi. Bulardan asosiylari quyidagilar:
1. Agrar tarmoqni barqaror iqtisodiy o‘sishini ta’minlash. Bu agrar tarmoq yalpi ichki mahsulotning bir maromda va etarli sur’atlar bilan o‘sishiga Sharoit hozirlashni bildiradi, chunki u qanchalik tez o‘ssa, mamlakat iqtisodiy qudrati Shunchalik ortadi.
2. Milliy iqtisodiyotning mustaqilligini ta’minlash. Iqtisodiyot qanchalik mustaqil bo‘lsa, shunchalik mil­liy manfaatlarga ko‘proq xizmat qiladi.
3. Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash. Bu iqtisodiy oqimlar uzluksizligini, ya’ni takror ishlab chiqarishning tuxtovsiz davom etishini, iqtisodiy falajlikka yo‘l qo‘yilmasligini bildiradi.
4. Milliy pul qadr-qiymatining barqarorligini ta’minlash. Bu mamlakatdagi pul muomalasining me’yorida borishiga erishish, uni iqtisodiy aloqalarning barqaror vositasiga aylantirish imkonini beradi.
5. Aholi turmush farovonligini muttasil oshirib borish. Bu iqtisodiyotning ijtimoiyligini to‘laroq yuzaga chiqarishga ko‘maklashadi.
6. Milliy agrar xo‘jalikning xalqaro integratsion jarayonlarda faol ishtirok etishini ta’minlash. Bu mamlakatning jahon iqtisodiyotida o‘z o‘rnini topishi, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning teng xuquqli ishtirokchisiga aylanishiga erishishga sharoit yaratadi.
7. Agrar iqtisodiyotning istiqboldagi rivojlanishini ta’minlash, ya’ni uning uzoq davrda barqaror o‘sib borishiga Sharoit hozirlash. Bular iqtisodiy siyosatiing strategik, ya’ni uzoq davrga muljallangan maqsadi hisoblanadi. Biroq uning kisqa davrdagi maqsadlari ham mavjud bo‘ladi. Bular jumlasiga iqtisodiy tanglikdan chiqib ketish, narxlarning barqarorligini ta’minlash, investitsion faollikni rag‘batlantirish, eksport salohiyatini oshirish, innovatsion rivojlanishini ta’minlash, yangi tashqi bozorlarga kirib borish kabilar kiradi. Qisqa davrli maqsadlar strategik maqsadlardan kelib chiqadi va ularga xizmat qiladi.
Davlat iqtisodiy siyosati belgilagan maqsadlariga mos keluvchi vositalar yordamida amalga oshiriladi. Birinchisi, tartibga solishning iqtisodiy vositalar bo‘lib, ularga soliqlar, subsidiyalar, hisob stavkalari, davlat buyurtmalari, investitsiyalari va transferlar, turli iqtisodiy sanksiyalar kiradi. Ikkinchisi, huquqiy vo­sitalar. Bu iqtisodiy faoliyat tartibi va qoidalarini, uning davlat tomonidan rag‘batlantirilishini belgilab beruvchi qonunlarni, ularga mos ravishdagi qonun osti xujjatlarni ishlab chiqish, ularni qabul qilish va joriy etishdan iboratdir.
Uchinchisi, siyosiy-ma’muriy vositalar. Davlat oliy siyosiy institut hisoblanar ekan, uning qarorlari va buyrukdariga hamma itoat etishi kerak bo‘ladi. Ma’muriy usul yordamchi usul xisoblanadi, u bozor tizimida yaxshi natija bermaganida cheklangan holda qo‘llaniladi.
Davlat iqtisodiy siyosati doirasida turli maqsadli dasturlar ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Dasturlarda ko‘zlangan maqsad, amalga oshiriladigan chora-tadbirlar, ulardan qutiladigan natijalar va moliyalashtirish manbalari ko‘rsatiladi. Dasturlar mil­liy ikdisodiyot uchun ustuvor bo‘lgan muammolar, jumladan tangliqdan chiqish, oziq-ovqat, energiya ta’minoti, texnologiyalarni yangilash, infratuzilmalarni rivojlantirish, eksport saloxiyatini oshirish, qoloq xududlarni rivojlantirish kabilarni qamrab oladi.
Davlatning bozor iqtisodiyotiga, Shu jumladan agrar bozorga ta’siri iqtisodiy siyosatning turli yo‘nalishlari orqali amalga oshiriladi. Bular pul-kredit, fiskal, investitsion, agrar, ijtimoiy, daromadlarni tartibga solish, tashqi iqtisodiy va global iqtisodiy siyosatdan iborat.
Pul-kredit siyosati— bu davlatning monetar siyosati bo‘lib, u pul muomalasini tartiblash, tovar va pul massasi o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash, iqtisodiyotdagi pul okimlarini boshqa rib turishga qaratiladi. Uning maqsadi narxlarni va Shunga mos ravishda milliy pul birligi xarid qobiliyatini ushlab turish, valyuta kursini barqarorlashtirish, oxir-okibatda pulga talab bilan uning taklifini muvozanatlashtirishga qaratilgan.

Yüklə 241,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə