I bob. I. bob. Sotsial ustanovka



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə3/7
tarix29.11.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#142918
1   2   3   4   5   6   7
psixologiya 7

Moyillik

Musiqaga moyil

Musiqaga moyil emas




Ota - onalar

85 %

7%




Bolalar

25%

58%






2.2. Sotsial ustanovkalarni o‘rganishdagi uch bosqich.
Sotsial psixologiyada sotsial ustanovkalarning o‘rganilishi uch bosqichli jarayonni boshidan kechirgan. Birinchi bosqich – XX asrning boshlariga tegishli bo‘lib, bu davrda fanga sotsial ustanovka tushunchasi kiritildi hamda olimlar sotsial ustanovkalarning mazmunini tushunish uchun nazariy va eksperimental tadqiqotlarni boshlab yuborishdi. Bir - biriga ma’nodosh bolgan ustanovka va attityud, bir vaqtning o‘zida ham bir xil, ham boshqa-boshqa xil ma’no va tushunchalarni anglatishi olimlarni bir qancha chalkashliklarga olib kelgan edi.

Lekin amerikalik sotsiologlar U.Tomas va F.Znanetskiylarning «Polshalik dehqon Yevropa va Amerikada» deb nomlangan taniqli asari nashr qilingandan boshlab, attityud kategoriyasiga sotsial psixologiyaning asosiy komponenti va shaxsning tavsifi sifatida qaray boshlandi.

Asarda Amerikaga muhojir bo‘lib borgan polshalik dehqonlarning psixologiyasi va xulq - atvoridagi o‘zgarishlar jamiyatda yuz berayotgan voqeahodisalarga nisbatan ularning munosabatiga bog‘liq ekanligiga oid mulohazalar berilgan edi. Aynan mana shunday munosabatlar sotsial ustanovkalar deb nomlandi. 1935 - yilga kelib faqat Amerika adabiyotlarining o‘zidagina sotsial ustanovkalarning 20 ga yaqin ta’riflari vujudga kelgan edi. Sotsial ustanovkalarni o‘rganishga yo‘naltirilgan tadqiqotlar, ilmiy izlanishlar Birinchi Jahon urushi yillarida ham jadallik bilan rivojlandi. Chunki, «psixologik urush», ya’ni dushman tomonidagilarga psixologik ta’sir ko‘rsatish uchun olib boriladigan targ‘ibot va tashviqot ishlari aynan sotsial ustanovka va uni o‘zgartirish bilan bog‘liq edi. Bunda dushmanga nisbatan qarama - qarshi tomondan ko‘rsatilayotgan psixologik ta’sirlar dushmanning sotsial ustanovkalarini boshqacha yo‘nalishda shakllantirish, takomillashtirish va o‘zgartirishga qaratilgan edi. Demak, urush jarayonida insonning sotsial ustanovkalaridan raqiblarni yengish maqsadida psixologik qurol sifatida foydalanilgan. Hozirgi kunda ham terroristik guruh a’zolari o‘zlarining qabih rejalarini amalga oshirish yo‘lida yoshlarning ongini zaharlashda ularning sotsial ustanovkalaridan foydalanayotganligini hisobga olsak, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ham bu muammoning chuqur o‘rganilishi lozimligi ayon bo‘ladi. Sotsial ustanovkaning o‘rganilishida ikkinchi bosqich 1939 – 1950 -yillarni o‘z ichiga oladi. Ikkinchi Jahon urushi boshlarida va u tugagandan so‘ng ham sotsial ustanovkalarni o‘rganish borasidagi tadqiqotlar deyarli o‘tkazilmagan. Faqat 1950 – yillarning oxirlaridan boshlab bu ishlar yana rivojlanib ketgan. Sotsial ustanovkaning o‘rganilishida uchinchi bosqich 1960 -yildan hozirgacha davom etib kelmoqda. Hozirgi kunga kelib, sotsial psixologiyaning ko‘pgina amaliy sohalari insonning sotsial ustanovkalarini o‘rganish bilan qiziqmoqdalar. Sotsial ustanovkalar to‘g‘risidagi ilmiy bilimlarning bunday qo‘llanishi tadqiqotning uchinchi bosqichini tashkil etmoqda.

D.N.Uznadze ham ustanovka va sotsial ustanovkani bir - biridan ajratish lozimligini ta’kidlaydi. Ustanovka umumpsixologik jihatdan qaralib, ongning ma’lum bir reaksiyaga bo‘lgan tayyorligi, ongsiz fenomen deb ta’kidlanadi. Sotsial ustanovka esa, shaxs tomonidan sotsial ob’yektlarning mazmunmohiyatini psixologik boshdan kechirishni bildiradi.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə