I bob. Molekulyar biologiyaga oid masalalari va ularning yechimlari


b) Agar sintezlanishi uchun zarur oqsilning massasi 2880 Da bo’lsa, uning sintezlanishi uchun kerak bo’ladigan iRNK 1)



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə12/77
tarix19.12.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#153522
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   77
masala mashq uslubiy qo\'llanma

b) Agar sintezlanishi uchun zarur oqsilning massasi 2880 Da bo’lsa, uning sintezlanishi uchun kerak bo’ladigan iRNK
1) 1 -------------120 Da 1 aminokislota---------------3 nukleotid
24=x------------- 2880 Da 24 aminokislota--------------x nukleotid
x=72
72 nukleotiddan iborat iRNK kerak bo’lar ekan. Bundan kelib chiqqan holda, DNK da esa 72 juft (144 ta nukl) bo’lishi lozim. Demak, xulosa qiladigan bo’lsak, 2880 Da massaga ega polipeptid zanjirni sintezlash uchun 126 ta (63 juft) nukl tutgan DNK (gen) yetarli bo’lmas ekan.



Aralash turdagi masalalar
1. DNK fragmentida 222 ta A nukleotidi mavjud bo’lib, u umumiy nukleotidlarning 10 % ni tashkil qilishi ma’lum. Shu fragmentga restriktaza fermenti yordamida ishlov berilgandan so'ng A-T juftligi 9,91 % ga; G-S juftligi esa 25 % ga kamaydi. Dastlabki va ishlov berilgandan so’ng DNK fragmentining uzunligini toping (nm).
A) 377,4; 181,22 B) 377,4; 806
C) 377,4; 294,44 D) 754,8; 588,88
2. DNK molekulasining birinchi ipida umumiy nukleotidlarni 4,5 foizini tashkil etuvchi G joylashgan bo'lib, qolgan G ikkinchi ipda joylashgan. Ikkinchi ipda yana 162 ta S bor. Shu DNK molekulasida nechta nukleotid bor
A) 12800 B) 900 C) 1800 D) 3600
3. Hujayradagi i-RNK molekulasida 80 ta urastil nukleotidi mavjud. Shu i-RNK zanjiridan teskari transkripsiya jarayonida sintezlangan DNK molekulasining bitta zanjirida sitozin nukleotidlari soni i-RNKdagi uratsil nukleotidlari sonidan 3 marta ko‘p, guanin nukleotidlari soni 2 marta kam. DNKning shu bitta zanjiridagi timin nukleotidlari miqdori guanin va sitozin nukleotidlari yig‘indisining yarmiga teng bo‘lsa, DNK qo‘sh zanjiridagi vodorod bog‘lari sonini toping.
A) 2560 B) 1280 C) 2280 D) 1840
4. DNK dagi umumiy H bog'lari soni 810 tani tashkil qilsa va ulardagi A va T lar orasidagi bog’lar G va S orasidagi bilan tegishli ravishda 1:1,25 bo’lsa, ushbu gendan sintezlanadigan oqsilning tarkibidagi aminokislotalar orasidagi peptid bog’lar soni i-RNK dagi nukleotidlar orasidagi fosfodiefir bog’laridan qanchaga farq qiladi?
A) 110 B) o‘zaro teng C) 220 D) 1
5. Ma`lum sharoitda 45,9 nm uzunlikdagi DNK malekulasi Eco.RI restiriktaza fermenti ta`sirida ABC bo`lakka bo`lindi.Hosil bo`lgan barcha DNK malekulasidagi vodorod bog`lar soni dastlabki vodorod bog`lar sonidan 5% ga kam bo`lsa dastlabki DNK malekulasidagi A-T orasidagi vodorod bog`lar sonini toping.
A)170 B)150 C)250 D)154
6. DNK molekulasidagi nukleotidlar soni 154 ta bo`lib, undagi vodorod bog`lar soni S lar sonidan 4,5 marta ko`p bo`lsa vodorod bog`lar sonini aniqlang.
A)198 B)200 C)240 D)300
7.Bir DNK da 750 ta, 2-DNK da 1100ta nukleotid bo`lsa, 1-DNK dagi purin asosi G lar sonidan 2,5 marta ko`p, 2-DNKdagi adeninlar soni pirimidin sonidan 2,75 marta kam bo`lsa, DNKdagi vodorod bog`lar ayirmasini aniqlang.
A)550 B)450 C)350 D)250
8.(A+T)-(G+S)=50 va umumiy vodorod bog`lar soni 300 bo`lsa, DNK fragmenti uzunligini aniqlang.(qo`shni nukleotidlar orasidagi masofa 0,34nm)
A)42,5 B)50,4 C)61,2 D)45
9.4ta nomalum nukleotidli DNK molekulalarining biridan su`niy sharoitda 99ta peptid bog`li oqsil molekulasi sintezlandi.Barcha DNK molekulasidagi nukleotidlar oqsil biosinteziga javob bo`lgan DNK molekulasidan 4,3 marta ko`p. 2-DNK nukleotidi 1-DNK nukleotidlaridan 1,2 marta, 3-DNK dan 0,8 marta, 4-DNK nukleotidlaridan 2 marta katta bo`lsa,2-DNK malekulasidagi fosfosiefir bog`lar sonini aniqlang.
A)718 B)598 C)898 D)358
10.Ma’lum bir DNK fregmenti tarkibida 400 ta vadorod bog’ bo’lib,G-S o’rtasidagi vadarod bog’dan A-T o’rtasidagi vadarod bog’ning ayirmasi A-T o’rtasidagi vadorod bog’dan 2 marta ko’p. Uning uzunligi (a),S foiz (b) polipeptid zanjirdan hosil bo’lgan suvning miqdori (c) va DNK dagi jami nukleotid soni(D. aniqlang.
A).a-33,33% ; b-25,5nm; c-24mol; d-150
B)a-44,44% ; b-30,6nm; c-20mol; d-180
C)a-25% ; b-22,4nm;c-20mol;d-130 D)a-66,68% ; b-20,4nm;c-19mol;d-120
11.DNK ning birinchi zanjiridan sintezlangan i-RNK dagi U soni ikkinchi zanjirdan hosil i-RNK dagi U soniga nisbatan 2 marta kam.DNK ikkinchi zanjiridagi S soni birinchi zanjirdagi S soniga nisbatan 3 marta ko`p.Shu DNK dagi vodorod bog`larni 1500 ta A va T juftligiga tegishli bo`lib vodorod bog`larni 38,46 % ini tashkil qiladi.DNKning birinchi zanjiridan sintezlangan gen tarkibidagi A va S lar yeg`indisini aniqlang.
A)1100 B)700 C)450 D)850
12.Agar ma`lum bir DNK ning kuchsiz bog`lari soni 1100 juft bo`lsa va shu DNK da adenin nukleotidlari guanin nukleotidlariga nisbatan 4 barabar ko`p bo`lsa u holda shu DNKdagi shakarlar o`rtasidagi bog`larni aniqlang.
A)1998 B)2198 C)1898 D)1099




Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə