I bob. Psixologiya predmeti va uning dolzarb vaziаalari



Yüklə 88,12 Kb.
səhifə15/29
tarix29.11.2023
ölçüsü88,12 Kb.
#140749
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29
86.Diqqatning asosiy turlari

 

 

2BOB PSIXOLOGIYANING TADBIQIY VA AMALIY SOHALARI

 

2.1 Amaliy hamda tadbiqiy psixologiya sohalarining o’ziga xos jihatlari 
Hozirgi zamon ilm - fanining qadri va ahamiyati uning nechogli amaliyotga kirib borib, tadbiqiy 

salohiyati ortib borishi bilan baholanadi. Psixologiyaning oxirgi yillardagi taraqqiyoti ham aynan ana shu


mezon talablariga javob berishi bilan xarakterlanadi. 
Amaliy hamda tadbiqiy psixologiya sohalarining o’ziga xos jihatlari avvalo shundan iboratki, ular
jamiyatning bevosita bugungi kundagi talablari va buyurtmalariga ko’ra ish yuritadi. Jamiyatimizda esa 
psixologik bilimlarni bevosita amaliyotga tadbiq etishga ehtiyoj katta. Birgina O’zbekistonda kadrlar
tayyorlashning milliy dasturini oladigan bo’lsak, uning bajarilishi va muvaffaqiyatli amalga oshirilishi 
uchun psixologiyaning aralashuvi zarur. Joylarda tashkil etilgan Tashhis markazlarida faoliyat
ko’rsatayotgan mutaxassislar o’quvchilardagi rivojlanish ko’rsatkichlari, aqliy o’sish omillari va iqtidoriga 
18
qarab ta’lim - tarbiyani tashkil etishlari uchun qator diagnostik tadbirlarni o’tkazishlari zarurki, bu tadbirlar 

oxir - oqibat aniq samara berishi lozim. Ta’kidlash zarurki, tadbiqiy psixologiyadagi «samara»ni o’lchash


mezonlari bilan nazariy psixologiyadagi samara tushunchalari biroz farq qiladi. Ya’ni, bu yerda bevosita 
buyurtmaning bajarilishi sifatiga buyurtmachining o’zi baho beradi. SHuning uchun ham amaliy
psixologiyaning alohida tarmog’i bo’lmish sotsial psixologiya bilimlarga amaldagi ehtiyojni uch asosiy 
sabab bilan tushuntirishi mumkin: a) kichik korxona yoki yirik firmalardan tortib, toki xukumat
darajasidagi idoralar ham o’z faoliyati samaradorligini oshirish uchun tobora insonlar faoliyati va ulardagi 
rezervlardan omilkorona foydalanishning psixologik manbalarini qidirish lozimligini tushunib
yetmoqdalar; b) professional psixologlarning o’zi ham o’z ishlaridan keladigan obro’ - e’tiborning amaliy 
sohalarida ishlay olish qobiliyatlariga bog’liq ekanligini tushunib yetmoqdalar; v) amaliyotda ishlayotgan
boshqa soha vakillari ham agar psixologik tayyorgarlikdan o’tgan bo’lsalar, ishni tashkil qilishga o’quvlari 
yaxshirok va ishlari unumliroq bo’lishini tushunib yetmoqdalar. SHuning uchun ham ko’plab yangi turdagi
markaz va firmalar, qo’shma korxonalarda amaliyotchi psixologlar ishlamoqdalar. 



Yüklə 88,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə