I bob. Psixologiya predmeti va uning dolzarb vaziаalari



Yüklə 88,12 Kb.
səhifə12/29
tarix29.11.2023
ölçüsü88,12 Kb.
#140749
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29
86.Diqqatning asosiy turlari

 

Pedagogika bilan
psixologiyaning o’zaro hamkorligi va aloqasi an’anaviy va azaliy bo’lib, 
ularning yosh avlod tarbiyasini zamon talablari ruhida amalga oshirishdagi roli va nufuzi o’ziga xosdir.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan «Ta’lim to’g’risidagi Qonun» hamda «Kadrlar tayyorlashning 
Milliy Dasturi»ni amalga oshirish ham ikki fan hamkorligi va o’zaro aloqasini har qachongidan ham
dolzarb qilib qo’ydi. Milliy dasturda e’tirof etilgan yangicha modeldagi shaxsni kamol toptirish, uning 
chuqur bilimlar sohibi bo’lib yetishishi, barkamolligini kafolatlovchi shart - sharoitlar orasida yangi
pedagogik texnologiyalarini ta’lim va tarbiya jarayonlariga tadbiq etishda pedagogikaning o’z uslub va 
qoidalari yetarli bo’lmaydi. SHuning uchun ham psixologiya u bilan hamkorlikda yosh avlod ongining
ta’lim olish davrlaridagi rivojlanish tendentsiyalaridan tortib, toki yangicha o’qitish texnologiyalarini bola 
16
tomonidan o’zlashtirilishi va undagi aqliy hamda intellektual qobiliyatlarga nechoglik ta’sir 

ko’rsatayotganligini o’rganish va shu asosda ishni tashkil etish psixologiyadagi metodlarni didaktik


metodlar bilan uyg’unlashtirishni taqozo etadi. Ayniksa, ma’naviy barkamollik tamoyillarini maktabda va 
yangi tipdagi ta’lim muassasalarida joriy etish ham shaxs psixologiyasini teran bilgan holda o’qitishning
eng ilg’or va zamonaviy shakllarini amaliyotga tadbiq etishni nazarda tutadi. SHaxsga ta’lim va tarbiya 
berishning alohida emas, birgalikda qaralishida pedagogika va psixologiya fanlarining o’zaro uzviyligi
muhimdir. Hozirgi kunlarda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish uchun ta’lim oluvchining psixologik 
xususiyatlarini bilgan holda, unga pedagogik ta’sir etish va uni yangi bilimlarga yo’naltirish texnologiyasi
joriy etilganligi ham bu ikki fan bir-biriga chmbarchas bog’liq ekanligini ko’rsatadi. 



Yüklə 88,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə