I bob. Psixologiya predmeti va uning dolzarb vaziаalari


Psixologik eksperimentning



Yüklə 88,12 Kb.
səhifə9/29
tarix29.11.2023
ölçüsü88,12 Kb.
#140749
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
86.Diqqatning asosiy turlari

Psixologik eksperimentning mohiyati shundaki, unda ataylab shunday sun’iy bir vaziyat
shakllantiriladi va tashkil etiladiki, aynan shu vaziyatda qiziqtirayotgan psixik jarayon yoki hodisa 
ajratiladi, o’rganiladi, ta’sir ko’rsatiladi va baholanadi. Agar tabiiy eksperiment o’sha qiziqtirayotgan

13
fenomen tekshiriluvchi uchun tabiiy hisoblangan sharoitlarda (masalan, mehnat jarayonida, kaniqulda 


yozgi lagerda, litsey auditoriyasida va shunga o’xshash) maqsadli tashkil etilib, o’rganilsa, laboratoriya


eksperimenti maxsus joylarda, maxsus asbob - uskunalar vositasida ataylab o’rganiladi. Masalan, 
diqqatingizning xususiyatlarini bilish kerak bo’lsa, psixologiya laboratoriyasida maxsus taxistoskop deb
atalgan moslama yordamida yoki «Landolьt halqachalari» deb nomlangan jadvallar yordamida o’rganish 
mumkin bo’ladi. Hattoki, ijtimoiy munosabatlar borasida ham o’zaro hamjihatlik, liderlik va konformlilik
hodisalarini tekshirish uchun gruppaviy integratorlar va gomeostat deb nomlanuvchi moslamalar 
yaratilgan va ular yordamida guruhdagi turli xil hodisalar o’lchangan.

Modellashtirish metodi kuzatish, so’roq, eksperiment yoki boshqa usullar yordamida
o’rganilayotgan hodisaning tub mohiyati ochilmagan sharoitlarda qo’llaniladi. Bunda o’sha hodisaning 
umumiy xossasi yoki asosiy parametrlari modellashtirilib, o’sha modelь asosida tadqiqotchini qiziqtirgan
jihat o’rganiladi va xulosalar chiqariladi. 
Modellar texnik, mantiqiy, matematik yoki kibernetik bo’lishi mumkin. Matematik model asosida
o’rganilgan hodisaga mashxur tadqiqotchilar Veber - Fexnerlarning sezgirlikning kuyi va yuqori 
chegarasini aniqlashga qaratilgan matematik formulasi va shu asosda to’plangan ma’lumotlar tahlilini
misol qilish mumkin. Mantiqiy modellar yordamida ko’pincha inson aqli va tafakkuri jarayonlari va 
qonunlarini hisoblash mashinalari ish printsiplari bilan kiyoslash orqali tuzilgan g’oyalar va simvollar
ishlatiladi. Kibernetik modellashtirishda esa g’oyalar psixologiyasini EXM dagi matematik 
programmalashtirish tamoyillariga moslashtirish nazarda tutiladi. Hozir ko’pgina murakkab shaxs
xususiyatlari ham programmalashtirilgan bo’lib, ular algoritmlar asosda qisqa fursatda ko’pgina sifatlarni 
ko’plab parametrlar nuqtai nazaridan hisoblab natijalarni umumlashtirishga imkon bermoqda. Ko’pincha
matematik o’yinlar g’oyasi odamlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar sohasini o’rganishda ham 
qo’llanilmoqda. Ma’lum bo’lishicha, odamning fikrlash operatsiyalari bilan EXM larning ishlash
printsiplari o’rtasida ma’lum uyg’unlik bor ekan, bu esa murakkab psixik jarayonlarni modellashtirish 
orqali inson aqlu - zakovati chegarasini yanada kengaytirish istiqbolini beradi.
Umuman psixologiyaning va uning har bir alohida tarmoqlarining o’ziga xos metodlari bor. Bu 
borada xorij, Rossiya va o’zbek psixologlari modifikatsiyalashgan va modifikatsiyalashmagan metodlarni
taklif etadilar. Psixologiyada qo’llaniladigan metodlarni qo’llash shartlarini o’rganish va qo’llay olish 
uchun D.Burlachukning “Psixodiagnostika”, R.Nemovning “Psixologiya” (3-kitob), E.G’.G’ozievning
“Psixologiya” (2 jildli) kitoblarini tavsiya etamiz. 



Yüklə 88,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə