I bob. Psixologiya predmeti va uning dolzarb vaziаalari


 Psixologiyaning tarmoqlari



Yüklə 88,12 Kb.
səhifə5/29
tarix29.11.2023
ölçüsü88,12 Kb.
#140749
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
86.Diqqatning asosiy turlari

 

1.3. Psixologiyaning tarmoqlari 
Psixologiyaning alohida tarmoqlarini differentsiatsiya qilish eng avvalo ishlab chiqarishdagi inson 

faoliyati kechadigan sohalar va ularning vazifalaridan kelib chiqadi. Hozirgi davrga kelib psixologiyani


inson shaxsi haqidagi eng muhim fanlardan biri sifatidagi ahamiyatini hamma tan olmoqda. Inson 
shaxsining esa bevosita kirib bormagan sohasini topish qiyin. Psixologiya iqtisod, pedagogika, falsafa,
mantiq, sotsiologiya va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan aloqador fan hisoblanadi. CHunki hamma 
sohada inson shaxsi faoliyat ko’rsatar ekan, har bir sohada ishni samarali tashkil etish, olib borish uchun
kishilar psixologiyasini, shaxslararo munosabatlar psixologiyasini, odamlarning turli vaziyatlardagi xulq-
atvor normalarini bilish va shunga ko’ra ish olib borish muhimdir. SHuning uchun hozirgi davr
mutaxassislari psixologik bilimlardan boxabar bo’lishlari lozimdir. 
Psixologiyaning 300dan ortik tarmoqlari fan sifatida rivojlanayotganligi hozirgi kunda
psixologiyaning fanlar tizimida yanada mustahkamlanayotganligidan dalolat beradi. 


umumiy psixologiya – psixologiyaning barcha masalalarining o’ziga xos jihatlarini o’rganadigan
maxsus sohasi; 


pedagogik psixologiya – kishiga ta’lim va tarbiya berishni psixologik qonuniyatlarini o’rganishni o’z
predmeti deb biladi; 


yosh davrlari psixologiyasi – turli yoshdagi odamlarning tug’ilgandan to umrining oxirigacha psixik
rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi va o’zaro munosabatlari qonuniyatlarini o’rganadi; 


ijtimoiy psixologiya – odamlarning jamiyatdagi birgalikdagi ish faoliyatlari natijasida ularda hosil
bo’ladigan tasavvurlar, fikrlar, e’tiqodlar, hissiy kechinmalar va xulq-atvorlarini o’rganadi; 


mehnat psixologiyasi – kishi mehnat faoliyati psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda
tashkil etishning psixologik jihatlarini o’rganadi; 


injenerlik psixologiyasi – avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalari operatorning faoliyatini, odam-
texnika o’rtasida funktsiyalarni taqsimlash va muvofiqlashtirishning xususiyatlarini o’rganadi; 


yuridik psixologiya – huquq sistemasining amal qilishi bilan bog’liq masalalarning psixologik
asoslarini o’rganadi; 


harbiy psixologiya – kishining harbiy harakatlar sharoitida namoyon bo’ladigan xulq-atvorini,
boshliqlar bilan ijro etuvchilar o’rtasidagi munosabatlarning psixologik jihatlarini o’rganadi; 


savdo psixologiyasi – jamiyatda tijoratning psixologik sharoitlari, ehtiyojning individual, yoshga oid,
jinsga oid xususiyatlarini, xaridorga xizmat ko’rsatishning psixologik omillarini aniqlaydi, modalar 
psixologiyasi kabi masalalarini ko’radi;


tibbiyot psixologiyasi – shifokor faoliyati psixologiyasini, bemor xulq-atvorining psixologik 
jihatlarini o’rganadi.
SHuningdek psixologiyada etnopsixologiya, oilaviy hayot psixologiyasi, boshqaruv psixologiyasi, 
8
iqtisodiy psixologiya, shaxs psixologiyasi, rahbar psixologiyasi, muloqot psixologiyasi, pedagogik 

psixologiya, intellekt psixologiyasi, psixodiagnostika va boshqa ko’plab sohalari mavjud.


Mazkur mavzuni chuqurroq o’rganishda internet tarmog’idagi ma’lumotlarga ham e’tiboringizni 
qaratishni tavsiya etamiz, qarang (www.psychology.net.ru).



Yüklə 88,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə