I bob. Psixologiya predmeti va uning dolzarb vaziаalari



Yüklə 88,12 Kb.
səhifə8/29
tarix29.11.2023
ölçüsü88,12 Kb.
#140749
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29
86.Diqqatning asosiy turlari

So’rov metodi ham psixologiyaning barcha tarmoqlarida birlamchi ma’lumotlar to’plashning
an’anaviy usullaridan hisoblanadi. Unda tekshiriluvchi tekshiruvchi tomonidan qo’yilgan qator savollarga 
muxtasar javob qaytarishi kerak bo’ladi.
Og’zaki so’roqni yoki ba’zan uni oddiygina qilib, suhbat metodi deb ataladi, o’tkazadigan shaxs unga 
ma’lum darajada tayyorgarlik ko’rgach so’roq o’tkazadi. Agar mabodo uning professional mahorati yoki
tajribasi bunga yetarli bo’lmasa, so’rov o’z natijalarini bermasligi mumkin. Lekin mahoratli so’rovchi 
ushbu metod yordamida inson ruhiy kechinmalariga aloqador bo’lgan noyob ma’lumotlarni to’plash
imkoniga ega bo’ladi. 


Yozma so’roq yoki anketaning afzalligi shundaki, uning yordamida bir vaqtning o’zida ko’pgina
odamlar fikrini o’rganish mumkin bo’ladi. Unga kiritilgan savollar, ulardan kutiladigan javoblar (yopik 
anketa), yoki erkin o’z fikrini bayon etish imkoniyatini beruvchi (ochiq anketa) so’rovnomalar aniq va
ravon tilda javob beruvchilar tushunish darajasiga monand tuzilgan bo’lsa, shubhasiz, qimmatli birlamchi 
materiallar to’planadi.
So’roqning ham erkin va standartlashtirilgan shakllari mavjud bo’lib, birinchisida oldindan nimalar 
so’ralishi qat’iy belgilab olinmaydi, ikkinchi shaklida esa, hattoki, komp’yuterda dasturi ishlab chiqilib,
minglab odamlarda bir xil talablar doirasida so’roq o’tkazilishi nazarda tutiladi. 


Testlar oxirgi paytda hayotimizga dadil kirib kelgan tekshiruv usullari sirasiga kiradi. Ular
yordamida biror o’rganilayotgan hodisa xususida ham sifat, ham mikdor xarakteristiqalarini olish, ularni 
ko’pchilikda qayta-qayta sinash va ma’lumotlarni korrelyatsion analiz orqali ishonchlilikka tekshirish
mumkin bo’ladi. Ayni testga qo’yilgan talab hech qachon o’zgarmaydi, hattoki, shunday testlar borki, ular 
12
turli millat va elat vakillarida, turli davrlarda ham o’zgarmagan holda ishlatilaveradi. Masalan, Ravenning

aqliy intellektni ulchash, Kettelning va Ayzenkning shaxs testlari shular jumlasidandir.



Test - so’rov oldindan qat’iy tarzda qabul qilingan savollarga beriladigan javoblarni taqozo etadi.
Masalan, Ayzenkning 57 ta savoldan iborat testi shaxsdagi introversiya - ekstroversiyani o’lchaydi, 
savollarga «ha» yoki «yo’q» tarzida javob berish so’raladi.

Test - topshiriq odam xulqi va holatini amalga oshirgan ishlari asosida baholashni nazarda tutadi.
Masalan, shaxs tafakkuridagi kreaktivlilikni aniqlash uchun ko’pincha bir qarashda oddiygina topshiriq 
beriladi: berilgan 20 ta doira shaklidagi shakllardan o’zi xohlagancha rasmlar chizish imkoniyati beriladi.
Ma’lum vaqt va tezlikda bajarilish sur’ati, rasmlarning o’ziga xos va betakrorligiga qarabshaxs fikrlashi 
jarayonining naqadar nostandart, ijodiy va kreaktivligiga baho berilib, mikdoriy ko’rsatgich aniqlanadi. Bu
metodlarning umumiy afzalligi ularni turli yosh, jins va kasb egalariga nisbatan qo’llashning qulayligi, bir 
guruhda natija bermasa, boshqa guruhda yana qayta tekshiruv o’tkazish imkoniyatining borligi bo’lsa,
kamchiligi – yu ba’zan tekshiriluvchi agar testning mohiyatini yoki kalitini bilib qolsa, sun’iy tarzda uning 
kechishiga ta’sir ko’rsatishi, faktlarni falsifikatsiya qilishi mumkinligidir.
Testlar ichida proektiv testlar deb nomlanuvchi testlar ham borki, testning asl maqsadi 
tekshiriluvchiga sir bo’ladi. Ya’ni shunday topshiriq beriladiki, tekshiriluvchi topshiriqni bajarayotib,
nimani aniqlashi mumkinligini bilmaydi. Masalan, mashxur Rorshaxning «siyox dog’lari» testi, yoki TAT 
(tematik appertseptsion test), tugallanmagan hikoyalar kabi testlarda bir narsaning proektsiyasidan guyoki
ikkinchi bir narsaning mohiyati aniqlanadi. O’sha 1921 yilda kashf etilgan «siyox dog’lari» va ularga 
qarab tekshiriluvchining nimalarni eslayotganligi, dog’lar nimalarga o’xshayotganligiga qarab, uning
shaxs sifatidagi yo’nalishlari, hayotiy tamoyillari, qadriyatlariga munosabati, ishni bajarish paytidagi 
emotsional holatlari aniqlanadi. Bu testlar juda noyob, qimmatli, lekin uni faqat professional psixologgina
qo’llashi va natijalarni mohirona tahlil qilishi talab qilinadi. 
Ushbu metod turli yoshdagi (chaqaloqlik, bolalik, o’quvchilik, o’spirinlik, yetuklik, keksalik)
odamlar psixikasini chuqurroq, aniqroq tadqiq qilish metodlari ichida eng muhimi hisoblanadi. 
Eksperiment metodi yordamida sun’iy tushunchalarni shakllantirish, nutq o’sishini tekshirish, favquloddagi
holatdan chiqish, muammoli vaziyatni hal qilish, bilish jarayonlari, shaxsning his tuyg’ulari, xarakteri va 
tipologik xususiyatlari o’rganiladi. Xullas, inson psixikasining nozik ichki bog’lanishlari, munosabatlari,
qonuniyatlari, qonunlari, xossalari, murakkab mexanizmlari tajriba yordamida tekshiriladi. Buning uchun 
eksperiment material tekshiruvchi tomonidan sinchkovlik bilan tanlanishi, ob’ektiv tarzda har xil holat va
vaziyatlar yaratilishi, sinaluvchi yoshiga, aql-idrokigsha, xarakter xususiyatiga, his-tuyg’usiga, qiziqish va 
saviyasiga, turmush tajribasiga, ko’nikma va malakasiga e’tibor berilishi lozim.


Yüklə 88,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə