I bob. Psixologiya predmeti va uning dolzarb vaziаalari


Diqqatning fiziologik asosini tushunib yetishda A.A.Uxtomskiyning ilmiy ishlari katta ashamiyatga egadir



Yüklə 88,12 Kb.
səhifə24/29
tarix29.11.2023
ölçüsü88,12 Kb.
#140749
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
86.Diqqatning asosiy turlari

Diqqatning fiziologik asosini tushunib yetishda A.A.Uxtomskiyning ilmiy ishlari katta ashamiyatga egadir.



Muallif diqqatning fiziologik mexanizmlari to’g’risida tadqiqot o’tkazib dominanta prinsipini kashf qiladi. A.A.Uxtomskiyning nuqtai nazaricha, miya po’stida qo’zg’alishning ustun va hukmronlik qiluvchi markazi hukm suradi. Olimning dominantaga baho berishga ko’ra, u yuksak darajadagi qo’zg’alish markazi konstellyasiyasi (muayyan holati) dir. Dominantaning hukmronlik xususiyati bundan iboratki, u qo’zg’alishning yangi vujudga kelayotgan markazlarining faoliyatini cheklash bilan qanoat hosil qilmasdan, balki zaif qo’zg’atuvchilarni o’ziga tortadi va ana shu yo’l bilan ularning hisobiga kuchayadi, muayyan darajada ustunlikka erishadi. A.A.Uxtomskiyning fikricha, dominanta qo’zg’alishning barqaror markazidir. Shuning uchun dominanta tushunchasi diqqatning harakatlantiruvchi mexanizmini ilmiy jihatdan dalillash uchun xizmat qilishi turgan gap.
A.A.Uxtomskiyning ta'rifiga binoan, dominanta-bu bir davrning o’zida ana shu markazda yuz beradigan reaksiyalar xususiyatini belgilab berishga qodir hukmron qo’zqalish o’chog’idir. Uning fikricha, dominantalar vujudga kelgan paytda bosh qo’zg’alish o’choqlari, ya’ni “subdominantalari”nisbatan kuchsiz qo’zqalish o’choqlari mutlaqo yo’qolib ketmaydi, balki ular o’zaro qo’shilib, dominanta bilan kurasha boshlaydilar. Mazkur qo’zg’alish o’choqlarining o’zaro kurashishi natijasida subdominanta dominantaga aylanishi yoki oldingi dominanta esa subdominantabilan o’rin almashishi mumkin hukmron qo’zg’alish o’chog’i hisoblangan dominanta diqqatining muayyan obyektga yo’naltirishi, to’planishi, mustashkamlanishi, barqarorlashning fiziologik asosidir.
Diqqatning fiziologik asoslari. Miya po‘stlog‘ida diqqatning ko‘chib yurishi xuddi katta yarimsharlar po‘stlog‘idagi ikki jarayon qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonini eslatadi. Agar odamning diqqati biron-bir narsaga qaratilsa, demak bu ham unda, miya po‘slog‘ida qo‘zg‘alish o‘chog‘i maydonga kelganidan dalolat beradi. Bu paytda miyaning boshqa uchastkalari tormozlangan holatda bo‘ladi. Shu sababli odam ishga qattiq berilibketganda boshqa narsani payqamasligi mumkin. I.P.Pavlov aytganidek, katta yarimsharlarning optimal qo‘zg‘alish sodir bo‘lib turgan uchastkasida yangi shartli bog‘lanishlar osonlik bilan yuzaga keladi. Ayni chog‘da miyadagi boshqa uchastkalarning faoliyatiesa odamning odatda ongsiz, avtomatlashgan deb ataluvchi faoliyati bilan bog‘liq bo‘ladi.Diqqatning paydo bo‘lishida oriyentirovka refleksi katta rol o‘ynaydi. Bu refleks organizmning tevarak-atrofdagi har qanday o‘zgarishiga tug‘ma reaksiyadan iboratdir. Bu refleks odamlarda ham, hayvonlarda ham bor. Xona ichidagi eshitilayotgan tovushga odam ham, mushuk ham qaraydi. Dars paytida sinf eshigining taqillashi. Bu refleksni Pavlov obrazli qilib «Bu nima?» deb ataydi.
Diqqatning fiziologik asosihisoblanmish oriyentirovka refleksining paydo bo‘lishiga retikular formatsiya, analizatorlar (sezgi organlari) shart-sharoit yaratadi. Boshqacha qilib aytganda, har daqiqada organizmda turli narsalarning ta’siridan hosil bo‘lgan qo‘zg‘alishlarga nisbatan oriyentirovka yoki tekshirish refleksini hosil qilgan narsaning ta’siridan yuzaga kelgan qo‘zg‘alish kuchli bo‘ladi. Demak, oriyentirovka refleksi ayni chog‘da kuchli (ya’ni optimal) qo‘zg‘alish manbaini keltiradi.Bosh miya yarimsharlarining po‘stida yuzaga keladigan kuchli, ya’ni optimal qo‘zg‘alish manbai uzoqroq saqlanib turadigan, mustahkam qo‘zg‘alish bo‘ladi. Optimal qo‘zg‘alish manbai hosil bo‘lganda induksiya qonuniga ko‘ra, bosh miya po‘stining boshqa joylarida tormozlanish vujudga keladi. Natijada optimal qo‘zg‘alish manbaining roli yana ham ortib ketadi. Ana shu nuqtayi nazardan akademik I.P.Pavlov diqqatning fiziologik asosini bosh miya po‘sti qismidagi optimal qo‘zg‘alish manbai tashkil qiladi, deb juda to‘g‘ri aytgan. «Miya yarimsharlarining optimal qo‘zg‘alishga ega bo‘lgan qismida,–deydi I.P. Pavlov, –yangi shartli reflekslar yengillik bilan hosil bo‘ladi. Shunday qilib, optimal qo‘zg‘alishga ega bo‘lgan joyni ayni chog‘da bosh miya yarimsharlarining ijodga layoqatli qismi desa bo‘ladi. Miya yarimsharlarining sust qo‘zg‘algan boshqa qismlari bunday xususiyatga qobil emas. Ularning ayni chog‘dagi funksiyasi, juda nari borganda, tegishli qo‘zg‘ovchilar asosida ilgari hosil qilingan reflekslarni bir tartibda qayta tiklashdan iboratdir».A.A.Uxtomskiy tomonidan ilgari surilgan dominantalik prinsipi ham diqqatning fiziologik asoslarini aniqlash uchun katta ahamiyatga ega. Dominantalik prinsipiga muvofiq miyada qo‘zg‘alishning har doim ustun turadigan hukmron o‘chog‘i ayni shu damda miyaga ta’sir etib, unda yuzaga kеlayotgan hamma qo‘zg‘alishlarni qandaydir ravishda o‘ziga tortib oladi va buning natijasida boshqa qo‘zg‘alishlarga nisbatan uninghukmronligi yanada oshadi. Odatda dominanta subdominantaga, subdominanta esa dominantaga o‘tib turadi. Bu esa diqqatning bir narsadan ikkinchi narsaga ko‘chib turishining nеrv-fiziologik mеxanizmini tashkil etadi. Ko‘rinib turibdiki, I.P.Pavlov bilan A.A.Uxtomskiy ta’limotlari bir-biriga qarama-qarshi emas, balki mazmun jihatidan o‘xshashdir. Demak, oriyentirovka yoki tekshirish refleksi miya yarimsharlarining po‘stlog‘ida optimal qo‘zg‘alishni yuzaga keltiruvchi omillardan biridir. Oriyentirovka refleksi esa odam uchun hayotiy muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, ya’ni odamning ehtiyojlari va qiziqishlari bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan narsalar ning ta’siri tufayli yuzaga keladi. Bu refleksini yuzaga keltirishda bevosita qo‘zg‘atuvchilardan tashqari so‘zning, nutqning ham roli g‘oyat kattadir. Bolalarning diqqati katta odamlar tomonidan aytilgan so‘zlar orqali jalb qilinadi. Demak, optimal qo‘zg‘alish manbaini so‘zlar orqali ta’sir etib ham yuzaga keltirish mumkin.


Yüklə 88,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə