I bob. Psixologiya predmeti va uning dolzarb vaziаalari


Tabiiy fanlar: biologiya, fiziologiya, ximiya, fizika va b.k



Yüklə 88,12 Kb.
səhifə13/29
tarix29.11.2023
ölçüsü88,12 Kb.
#140749
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29
86.Diqqatning asosiy turlari

 

Tabiiy fanlar: biologiya, fiziologiya, ximiya, fizika va b.k. psixik hodisalar va jarayonlarning
tabiiy fiziologik mexanizmlarini tushunish va shu orqali ularning kechishi qonuniyatlarini ob’ektiv 
o’rganish uchun material beradi. Ayniksa, bosh miyaning hamda markaziy asab sistemasining psixik
faoliyatlarini boshqarishda va ularni muvofiklashtirishdagi rolini e’tirof etgan holda psixologiya fani tabiiy 
fanlar erishgan yutuqlar va ulardagi tadqiqot uslublaridan omilkorona foydalanadi. Masalan, shaxs
qobiliyatlarini diagnostika qilish uning tug’ma layoqatlari hamda orttirilgan sifatlarini bir vaqtda bilishni 
taqozo etgani sababli, o’sha tabiiy layoqatning xususiyatlarini aniqlashda psixofiziologiyaning qator
usullaridan (miya assimetriyasi qonunlari, miya bioritmlarini yozib olish, neyrodinamik hodisalarni 
aniqlash, qon aylanish va tana haroratini o’lchash metodlari) o’z o’rnida foydalanadi va biologiya,
anatomiya, fiziologiya, neyrofiziologiya kabi fanlarning shu kungacha erishgan yutuqlaridan foydalanadi. 
SHuning uchun tabiiy fanlar sohasida erishilgan barcha yutuqlar psixologiyaning predmetini mukammalroq
yoritishga o’z hissasini qo’shgan holda uni boyitadi. 


 

Kibernetika fani sohasidagi erishilgan yutuqlar psixologiya uchun ham ahamiyatli va zarur bo’lib,
u inson shaxsining o’z-o’zini boshqarish va psixik jarayonlarni takomillashtirish borasida axborotlar 
texnologiyasi va kibernetika tomonidan qo’lga kiritilgan yutuqlar va tadqiqot metodlari, maxsus dasturdan
o’z o’rnida foydalanadi. Ayniksa, ma’lumotlar asri bo’lgan XX1 asrda informatsion texnologiyalar va 
modellashtirish borasida psixologiya hamda kibernetika hamkorligining salohiyati yanada ortadi. Masalan,
oddiy muloqot jarayonini yanada takomillashtirish, har bir so’zning shaxslararo munosabatlardagi 
ta’sirchanligini oshirish maqsadida hamda ana shunday ijtimoiy faoliyat jarayonida shaxs tizimini
takomillashtirishda turli kibernetik modellaridan o’rinli foydalanish zamonaviy psixologiyaning 
jamiyatdagi o’rni va rolini oshiradi, maxsus kompьyuter dasturlarining keng qo’llanilishi inson miyasi va
ruhiy olami sirlarini tez va aniq o’rganishni kafolatlaydi. 



Yüklə 88,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə