I bob. Qadimgi xitoy geografik joylashuvi


I BOB. QADIMGI XITOY GEOGRAFIK JOYLASHUVI



Yüklə 59,56 Kb.
səhifə2/5
tarix23.05.2023
ölçüsü59,56 Kb.
#112263
1   2   3   4   5
QADIMGI XITOY SHAN IN DAVLATI CHJOU VA SIN DAVLATLARI

I BOB. QADIMGI XITOY GEOGRAFIK JOYLASHUVI
1.1. Qadimgi xitoyning tabiiy sharoiti, aholisi va manbalar.
Qadimgi Xitoy sivilizatsiyasi eramizdan avvalgi V-III ming yilliklarda Xuanxe daryosining o‘rta oqimida uzoq vaqt yopiq holda shakllanadi. Er. avv. I ming yillik o‘rtalaridan boshlab Yanszi daryosi havzasini ham qamrab oladi. Xuanxe daryosi havzasi qadimda qalin o‘rmonlar bilan qoplangan. Eramizdan avalgi IV-II ming yilliklarda Xuanxening o‘rta oqimlarida karkidon, tapir, bambuq kalamushlari yashagan, bambuk daraxti o‘sgan. Vodiyning yumshoq allyuvial tuprog`i dehqonchilik uchun qulay shart-sharoit yaratadi. Qadimgi Xitoy asosan, mo‘tadil va subtropik mintaqalarda (jan. qismida kichikroq hudud tropik mintaqada) joylashgan. Tabiati jihatidan Sharqiy Osiyoda joylashgan sharqiy va Markaziy Osiyoda joylashgan g‘arbiy qismlarga bo‘lingan. Mamlakatning sharqi dengiz bo‘yi pasttekisliklari, past va o‘rtacha balandlikdagi tog‘lar bilan band. G‘arbi esa baland tog‘lik, kata tizmalar, keng yassitog‘lik va botiqlardan iborat.Q irg‘oq chizig‘ining uzuligi 15 ming km chamasida. Kichik qo‘ltiq va buxta ko‘p. Yirik yarimorollari: Shandun va Lyaodun. Xitoy- murakkab orografiyaga ega bo‘lgan tog‘li o‘lka. Mamlakatning jan.g‘arbida Tibet tog‘ligi, undan shimolroqda Markaziy Osiyo tekisliklari va yassitog‘liklar mintaqalari va atrofi tog‘lar bilan o‘ralgan Sharqiy Xitoy pasttekisliklari yaqqol ajralib turadi. Tibet tog‘ligi Xitoyning eng baland qismidir (o‘rtacha bal. 4500 m ga yaqin). Markaziy Osiyo tekisliklari va yassitog‘liklari g‘arbda bir-biridan Sharkiy Tyaninan tog‘lari bilan ajralgan Hashqar tekisligi va Jung‘ariya tekisligshsh o‘z ichiga oladi. Ularga jan.sharqdan Turfon soyligi (tubi dengiz sathidan 154 m past) tutashgan. Sharqroqda esa Gashun Gobisi, Alashan va Ordos plato va tekisliklari, ular orasida Beyshan, Alashan va Inshan tog‘lari joylashgan. Sharqiy Xitoy pasttekisliklari, asosan, Sariq dengiz sohili bo‘ylab shimoldan jannubga cho‘zilgan va tog‘ tizmalari bilan o‘ralgan.
Xitoyda foydali qazilmalardan toshko‘mir va yonuvchi slanets, neft, temir va marganets rudalari, boksit, qalay, volfram, simob, mis va polimetall rudalari, oltin, toshtuz konlari bor2 . Iqlimi g‘arbda kontinental, sharkda, asosan, mussonli. Mavsumlar davomida havo trasining farqi katta. Yanvarningning o‘rtacha temparaturasi Xarbinda —20,4°, Pekinda —4,6°, iyulniki xuddi shu joylarda 23° va 26°. Yillik yog‘in Sharqiy Xitoyda 500—2000 mm (ko‘p qismi yozda yog‘adi). G‘arb va shim.g‘arbga tomon iqlimning kontinentalligi ortib boradi. Yoz issiq (Turfon botig‘ida iyulning o‘rtacha temparaturaasi 34°), qishi sovuq. Yanvarning o‘rtacha temparaturasi Xitoy shimolida (Xaylar) — 28°, g‘arbida (Urumchi) — 14,9°. Yillik yog‘in 250 mm dan kam, Qashqar tekisligi va Saydamda 50 mm dan kam. Tibet tog‘ligida kish juda sovuq, yozi esa salqin. Gartokda (Hind daryosining yuqori qismi) yanvarning o‘rtacha temparaturasi — 11,8°, iyulniki 11,8°. Temparaturaning sutka davomidagi farqi katta. Kuchli shamollar esadi. Baland tog‘larida muzliklar bor, lekin yog‘in kamligidan ularning maydoni katta emas (100 ming km2 chamasida). Tuproqlari mamlakatning sharkiy qismida chimli podzol, qo‘ng‘iro‘rmon, sariqjigarrang , sariq va har xil qizil tuproklar, daryo vodiylarida esa allyuvial tuproqlar tarqalgan. Dengiz sohillarida sho‘rlangan tuproklar uchraydi. G‘arbiy qismining tuprog‘i cho‘lga xos kashtan, qo‘ng‘ir, sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlar, tog‘ oldi tekisliklari va tog‘larda bo‘z, tog‘kashtan va tog‘o‘tloq, Tibet tog‘ligida esa sovuq cho‘lga xos tuprokdar. Xiyoy hududida daryo ko‘p. Mamlakat sharqidagi daryolar sersuv va ularda kema qatnaydi.
Hayvonot dunyosi boy va xilma-xil. Umurtqalilarning 3500 turi (shundan 400 turga yaqini sut emizuvchilar) va qushlarning 1000 dan ziyod turi bor. Xitoyning janubi va janubi-g‘arbida tropik mintaqaga xos hayvonlardan har xil maymunlar, lemur, lori, karkidon, tapir, yo‘lbars; sharqida uchqir, mangust, qoplon va h.k. uchraydi. Xitoyning shimol-sharqida Sibir tayga faunasiga xos hayvonlar, cho‘llarda ot, qulon, jayran, ikki o‘rkachli tuya, yumronqoziq, dasht va tog‘ dashtida kiyik, qumsichqon, yovvoyi qo‘y, echki, turli yirtqich va sudralib yuruvchilar yashaydi. Bir necha ko‘rikxonalar bor.3 Qadimgi Xitoy aholisi. Er. avv. IV-III ming yilliklarda Xuanxe havzasida Yanshao madaniyatini bu yerda yashagan poliosiyo aholisini siqib chiqargan protosinotibetliklar yaratadilar. Er. avv. I ming yillikda Xuanxening o‘rta oqimida inlar va chjoularning o‘zaro ta'siri natijasida qadimgi Xitoy etnosi vujudga keladi. Bu etnosning shakllanishida shimolda poliosiyo va avstroosiyo janubiy Osiyo tillarida so‘zlashuvchi etnoslar ishtirok etadilar. Hozirgi kunda Xitoy — ko‘p millatli davlat. Jami aholining 95% i xitoylar; qolgan qismi turli til guruhi va oilalariga mansub bo‘lgan 56 xalqdan iborat. Xitoylarning ko‘pi mamlakatning sharkiy qismida yashaydi. Xueylar (7 mln.ga yaqin) ham xitoy tilida suzlashadi.
Xitoyning shimoli-g‘arbida turkiy tillar guruhiga mansub xalqlar — uyg‘urlar, qozoqlar, qirg‘izlar, salorlar va boshqalar, shimol va shimolisharqidagi dasht va chala cho‘llarda mongol guruhiga kiruvchi xalqlardan mongollar, dunsyanlar, tular, shimol-sharqida tungus-manjur xalqlari, g‘arbi (Tibet) va janubi-g‘arbida tibet-birma xalqlari, janubda tay tillarida so‘zlashuvchi xalqlar va boshqalar yashaydi. Sintszyanning janubi-g‘arbida pomir tojiklari xam bor.4 Dindor xitoylar buddizm (shimoliy Tarmog‘i), daosizm va konfutsiychilikka e‘tiqod qiladi. Tibetlar va mongollarning dini — buddizmlamaizm. Xueylar va turkiy guruhga kiruvchi xalqlarning ko‘pchiligi islom dinining sunniylik mazhabiga e‘tiqod qiladi (pomir tojiklari ismoiliya mazhabida).5 Qadimgi Xitoy haqida manbalar. Qadimgi Xitoy tarixiga oid juda ko‘p aniq davrlashtirilgan yozma yodgorliklar mavjud. Bu bizgacha kitob holida yetib kelgan tarixiy asarlardir. Yozma manbalar ichida qadimgi Xitoy yilnomalari eng avvalo Lu podsholigi davrida tuzilgan er. avv. VIII-V asrlar voqealari yoritilgan «Chunsyu» yilnomasi muhim ahamiyatga ega. «Chunsyu» matni bilan an'anaviy ravishda uning muallifi qadimgi Xitoy faylasufi Konfutsiya nomi bog`lanadi.


Yüklə 59,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə