I bob. Qadimgi xitoy geografik joylashuvi


II BOB. QADIMGI XITOY MADANIYATI



Yüklə 59,56 Kb.
səhifə4/5
tarix23.05.2023
ölçüsü59,56 Kb.
#112263
1   2   3   4   5
QADIMGI XITOY SHAN IN DAVLATI CHJOU VA SIN DAVLATLARI

II BOB. QADIMGI XITOY MADANIYATI
2.1.Qadimgi Xitoy yil hisobi.
Qadimgi Xitoy o‘ziga xos betakror madaniyat bilan jahon madaniyatini rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shdi. Uning ta‘siri ayniqsa Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari madaniyatining shakllanishi va riovjlanishida kuchliroq aks etdi. Xitoy tili va yozuvi. Xitoy tili murakkab tillar oilasiga mansub bo‘lib, ko‘plab saqlanib qolgan arxaik tillar oilasiga kiradi.
Xitoy tili Xitoy-Tibet tillar oilasiga mansub bo‘lib, 7 ta asosiy shevalarga bo‘linadi:

  1. Shimol shevasi;

  2. 2. Vu shevasi;

  3. 3. Sian shevasi;

  4. 4. Gang shevasi;

  5. 5. Hakka shevasi;

  6. 6. Yue shevasi;

  7. Ming shevasi;

Bundan tashqari asosiy va to‘g‘ri talaffuz qilinadigan shevalar han mavjud bo‘lib, bular quyidagilar:
1. Pekin shevasi;
2. Chiziyan shevasi;
3. Kantong shevasi;
4. Fuziyan shevalairdir.
Xitoy tili Xitoy Xalq Respublikasining rasmiy tili bo‘lib, unda davlatning 95% aholisi gaplashadi. Undan tashqari Tayvan, Indoneziya, Kombodji, Laos, Vetnam, Birma, Malayziya, Tayland va Singapur kabi davlatlarning xitoylik va unga mansub bo‘lmagan millatlar ham so‘zlashadi.
Xitoy tilining rivojlanish tarixi bir necha bosqichlarni o‘z ichiga oladi.
1. Mifik – ya‘ni, turli mif va afsonalar asosida vujudga kelgan til. Bu til faqat og‘zaki nutqda mavjud bo‘lgan.
2. Arxaik – qadimiy suyaklarga o‘yib yozilgan yozuvlardir. Bu eramizdan avvalgi XIV-XI asrlarga to‘g‘ri keladi. Bu yozuvlar qadimda Shanin va Ziyan deb atalgan.
3. Ilk klassikagacha bo‘lgan davr – buning asosini bronza idishlarga tushirilgan yozuvlar tashkil etadi va ular ermaizdan avvalgi X-VII asrlarga tegishlidir. Ushbu yozuvlar ―Jinven‖ deb nom olgan.
4. So‘nggi klassikagacha bo‘lgan davr – bu toshlarga bitilgan yozuvlar bo‘lib, ―Tarix kitobi‖ va ―Qo‘shiq kitobi‖larida saqlanib qolgan. Bu yozuvlar eramizdan avvalgi VII-VI asrlarga tegishlidir.
5. Erta klassik davr – bular tarixiy va xronologik yozuvlar bo‘lib, Konfutsiychili va Daosizm klassikasi hisoblanadi. Ular eramizdan avvalgi V-III asrlarda mavjud bo‘lgan.
6. So‘ggi klassik davr – bu davrga oid yozuvlar Sima Chianning ―Tarixiy yozuvlar‖ asarida saqlanib qolgan. Bu davr eramizdan avvalgi II asri va eramizning II asrini o‘z ichiga oladi.
7. Post klassik davr – eramizning III-V asriga to‘g‘ri keladi.
Bu davrda esa turli shoirlar, faylasuflarning turli she‘r va qo‘shiqlari paydo bo‘la boshlagan. Ushbu davrlar ichida eramizdan avvalgi V-II asrga doir yozma yodgorliklar eng muhimi hisoblanadi.
Qadimda hali qog‘oz paydo bo‘lib ulgurmagan bir paytda, barcha ma‘lumotlar, taxminiy yozuvlar va yozma yodgorliklar bronzaga, toshga, turli hayvon suyaklariga va toshbaqa kosalariga o‘yib yozilgan. Bu yozma yodgorliklar miloddan avvalgi 2000 yillikdan beri dunyoni hayratga solib kelmoqda. Quyidagi yozuvlar saqlanib qolgan Xitoyning qadimiy ―Shujing‖ (―Tarix kitobi‖) va ―Shijing‖ (―Qo‘shiq kitobi‖) kabi yodgorliklar eramizdan avvalgi 1000-yilning birinchi yarmiga mansubdir. O‘sha davrdagi mavjud shevatlar asosini qadimiy xitoy adabiy tili tashkil qilgan. U ―vengan‖ deb atalib, uzoq vaqt mobaynida muloqot vositasi bo‘lgan va asta-sekin og‘zaki nutqdan chiqa boshlagan. Eramizning 1000-yillariga kelib esa so‘zlashuvchilar orasida umuman tushunarsiz tilga aylangan.
Bu adabiy til o‘zida qadimiy xitoy tili me‘yorlarini o‘zida aks ettirgan va XX asrgacha adabiy til sifatida foydalanilgan. Bu vaqt mobaynida til bir qator o‘zgarishlarga uchragan. Buni birgina 雨 – yu – yomg‘ir ieroglifi misolida ko‘rishimiz mumkin. Qadimgi Xitoy tili (上古汉语) me‘yoriy adabiy xitoy tili miloddan avvalgi XIV asrda Huanghe daryolari bo‘yida paydo bo‘lgan. Keyinchalik butun Xitoy bo‘ylab tarqalgan. Qadimgi xitoy yozuvi esa o‘zining yozuv shakli bilan nafaqat Xitoy balki, unga chegaradosh bo‘lgan davlatlarga o‘z ta‘sirini o‘tkazgan. Jumladan, Sharqiy Osiyodagi Yaponya, Korea va Vetnam davlatlarini aytib o‘tish mumkin. Ushbu davlatlar uchun ham qadimgi xitoy adabiy tili asosiy til bo‘lib hisoblanadi. Bu holat esa XX asrning boshlariga qadar davom etib kelgan. 1919-yilning 4-mayidagi harakatlardan so‘ng, Xitoyda adabiy til deb ―Baihua‖ (―Tushunarli til‖) e‘lon qilindi. ―Baihua‖ Xitoyning shimoliy sheva asosida vujudga kelgan. Xitoy ierogliflari dunyodagi eng qadimiy yozuvlardan hisoblanib, dunyo tillari ichida o‘zining yozuv belgilari soni bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi.
Belgilarning soni hozirgi kunda 85000 dan ortiq va ularning 6000 ga yaqini umumqo‘llaniladigan ierogliflar hisoblanadi. Xitoy ierogliflari tarixi ―Piktogramma‖larga borib taqaladi. Piktogramma – bu biror narsa yoki hodisa ifodalangan belgili surat. Hozirgi kunga kelib bunday yozuv faqat 3400 yillik tarixga ega toshbaqa kosalarida saqlanib qolgan. Bundan shu ma‘lum bo‘ladiki, o‘sha paytlardayoq ma‘lum me‘yorlarga asoslangan yozuv mavjud bo‘lgan. Piktogrammalar to hozirgi davrga qadar o‘zgarib, yozuv belgilariga aylangan. Toshbaqa kosalariga yozilgan yozuvlar davridan to hozirgi zamonaviy yozuvlarga qadar 10 xil yozuv turi mavjud bo‘lgan. Ulardan asosiylari 5ta, bu usullar ham 2 ga bo‘linadi va 3tasi hozirda ham qo‘llaniladi. 2 tasi qadimiy yozuv hisoblanib, ularni faqatgina kalligrafiya san‘atida uchratish mumkin.
Quyida ularning 5tasiga to‘xtalib o‘tamiz:
1. Kaishu – bu namunaviy yozuv usuli bo‘lib, 1000 yildan beri qo‘llaniladi va zamonaviy xitoy ieroglif yozuvida keng qo‘llaniladigan asosiy usul hisoblanadi. Bu usul komputer shriftlari va tepografiyada ishlatiladi. Uning o‘ziga xos xususiyati belgilarning aniq tartibidir, ya‘ni ieroglifdagi har bir belgi aniq ko‘rinib turadi va sekin yoziladi.
2. Sinshu – bu yozuv turiga ―yuruvchi yoki yuguruvchi xat‖ nomi berilgan. Bu usulning o‘ziga xosligi ieroglifdagi nuqta yoki boshqa belgilar bir-biriga birikkan holda ifodalanadi. Bu usul tez yozilishi bilan ham boshqa yozuv turlaridan farq qiladi.
3. Tsao shu – ushbu yozuv turi ham tez yozuv usuli bo‘lib, bu usulda ko‘pincha ba‘zi bir belgilar tushib qolishi ham mumkin. Shuning uchun ham bu usuldagi yozuvlarni tushunish biroz qiyin.
4. Juangshu – bu yozuv qadimiy bo‘lib, ―qayd etuvchi yoki ish yozuvi‖ deb nom olgan. U toshbaqa kosalari va turli hayvon suyaklariga bitilgan yozuvdir. Bu yozuv usulidagi belgilarda hech qanday ilgaklar bo‘lmaydi. Bu usul faqat kalligrafiya va qadimgi san‘at asarlarida saqlanib qolgan.
5. Lishu – qadimda ma‘lum bir davlat hodimlarining qayd etish usuli bo‘lib, bunda ko‘proq davlat ishlari olib borilgan.
Bu usul Xan sulolasi davrida qo‘llanilib, eramizdan avvalgi I asrning o‘rtalarida mavjud bo‘lgan.Bu shriftlarning barchasi hozirgi zamon komputer yozuvlari orasida keng tarqalgan. Xitoy dini. Miloddan avvalgi II ming yillikning boshlarida Qadimgi Xitoy dini vujudga kelgan. Qabila ittifoqi davlatga o'sib o'tishi natijasida hukmron In qabilasining homiysi Shandi bosh xudo sifatida qabul qilingan. Qudratli xudolarga sig'inish urug'- qabila dinlari negizida shakllanganligi sababli unda totemiz va animizmning ta'siri kuchli bo'lgan. Xitoyliklar Shandini ulug' ajdod sifatida qadrlaganlar. U elat farovonligining himoyachisi, ajdodlar an'analariga amal qilinishining nazoratchisi sifatida mazkur tar- tibni buzganlarni jazolagan. Odamlar unga o'z kundalik muammolarini hal etishda ko'mak so'rab sig'inganlar. Shandining ulug' ajdod sifatidagi vazifasi keyinchalik ajdodlar ruhiga sig'inishning mamlakatda keng yoyilishiga shart-sharoit yaratgan. Miloddan avvalgi XI asrda Xitoyda Chjou sulolasining hukmronligi davrida Shandiga e'tiqod Osmon xudosi va ajdodlar ruhiga sig'inish bilan almashgan. Shu bilan birga, hukmdorning Osmon xudosi bilan nasliy bog'liqligi g'oyasi vujudga kelgan va Xitoy «osmonosti imperiya» deb ataladigan bo'lgan. Osmon xudosi borliqni belgilovchi o'zgarmas koinot tartibini ifodalaydi. Koinotda amal qiluvchi tartib jamiyatda axloq normalarida namoyon bo'ladi. Fozillikka intilish Osmon qonuniyatlariga amal qilish bilan ayniylashtirilgan. Bunda kishining asosiy vazifasi Osmon bilan to'g'ri munosabatda bo'lish, jahoniy tartibga mos kelishdir. Jahoniy tartib borliqda, tabiatda o'zini namoyon qiladi.
Zero, borliq va tabiat ilohiy mukammallikning bir ko'rinishi ekan, inson bu tartibni buzishga haqli emas. Kishi tabiat bilan uyg'un yashashi, undagi mukammallikka intilishi kerak. Tabiatdagi mukammallikka intilish odamlar o'rtasidagi munosabatlarga ta'sir etgan. Xitoyliklar har bir odamda ijtimoiy ahvolidan qat'i nazar mukammallik mavjud deb qaraydilar. Qadimgi Xitoy dinining xususiyatlaridan yana biri shundaki, kohinlar tabaqasi jamiyatda kuchli mavqega ega, lekin bu yerda kohin va davlat xizmatchisining vazifasi bir bo'lgan. Chunki imperator Osmon xudosining yerdagi vakili, birinchi kohin sifatida diniy marosimlarni bajarish vazifasini davlat xizmatchilarining zimmasiga yuklagan. Ularning asosiy vazifasi davlatning barqarorligini ta'minlash bo'lganligi sababli Osmon xudosiga sig'inish rasmiy-byurokratik mazmun kasb etgan. Shandi, Osmonga va ajdodlar ruhiga sig'inish Qadimgi Xitoy madaniyatining asosi vazifasini bajargan. Ularning asosida daosizm va konfutsiylik diniy-falsafiy ta'limotlari shakllangan. Qadimgi Xitoy diniy falsafiy ta'limotlardan biri daosizmdir. U falsafiy ta'limot sifatida miloddan avvalgi VII asrda vujudga kelgan.
Miloddan avvalgi IV-III asrlarda diniy ta'limot sifatida mustahkamlangan. Daosizm ta'limotning asoschisi - mutafakkir murabbiy Lao-szti. Mazkur diniy ta'limotning asosini Dao to'g'risidagi qarashlar tashkil etadi. Dao - borliq, koinot to'g'risidagi qonun, dunyoning universal birligi, ilohiy absolut (lotincha absoluts - cheklanmagan, so'zsiz, shubhasiz degan ma'nolarni anglatadi, borliqning abadiy ibtidosi)dir. Daoni hech kim yaratmagan, borliq undan boshlanadi va unga qaytadi. Dao ilohiy ibtido va ayni bir vaqtda ilohiy «yo'l»dir. Dunyodagi barcha narsa va hodisalar, jumladan buyuk Osmon ham shu yo'ldan boradi. Baxtga erishishni orzu qiladigan barcha odamlar shu yo'ldan borishi, Daoni anglashi va unga qo'shilishi kerak. Odam mikrokosm, Dao makrokosm va abadiydir. Uning o'limi bu ruhning tanadan ajralib chiqishi va makrokosmga singib ketishidir. Odamning vazifasi ruhning jahon tartibi bilan qo'shilib ketishiga harakat qilishdan iborat. Bunga quyidagicha erishiladi. Dao ta'limotiga ko'ra, Dao yo'liga De kuchi xosdir. De orqali har bir kishida Dao namoyon bo'ladi. De odamlarni maqsadga erishishlarida faollikka undamaydi. De ularni tabiat tartiblarini buzishdan saqlaydigan faolsizlikka chorlaydi. Odam o'zligini anglashdan borliqni bilish sari boradi.
Daoning ideali - tabiat bilan uyg'unlikda, uning maromiga monand yashaydigan kishilar. Doasizm Qadimgi Xitoy diniy tizimining diniy mistik sohasi rivojlanishiga katta hissa qo'shgan bo'lsa, konfutsiylik diniy e'tiqoddagi hayotiylik, ijtimoiylik va axloqiylik jihatlarini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo'lgan. Konfutsiylikning asoschisi Qadimgi Xitoy mutafakkiri Kun-sztidir. Konfutsiy qarashlarini shogirdlari bilan o'zaro suhbatlarda bayon qilganligi sababli yozma manbalarni qoldirmagan. Uning g'oyalarini shogirdlari va do'stlari yozib borgan. Mazkur hujjatlar asosida keyinchalik «Lun'-yuy» («suhbat va mulohazalar») nomli kitob chop qilingan. O'sha davrda davlatda o'zaro urushlar kuchayib, ijtimoiy barqarorlik yo'qolgan. Shu bois Konfutsiy jamiyatni mustahkamlashning diniy- axloqiy asoslarini ishlab chiqishga, ijtimoiy barqarorlikka esa qadimgi e'tiqod va an'analarni qayta tiklash bilan erishishga intilgan. Mutafakkir kishilarni osmonga va ajdodlar ruhiga sig'inishning ilgarigi ahamiyatini qayta tiklashga da'vat etgan.
Qadimgi an'analarga ko'ra, dunyo tartibli va o'zaro aloqador abadiy ibtido bo'lib, bir xil qonuniyatlar asosida spiralsimon rivojlanadi. Odam o'zaro aloqador va tartibli olamda o'z o'rnini topishi kerak. Buning uchun u mukammallikka intilishi zarur. Konfutsiy mukammallikka intiluvchi «ideal kishi» to'g'risidagi g'oyani ishlab chiqqan. Olam bilan hamohang yashashga qodir bo'lgan insonni «olijanob er», uning antipodini «past kishi» deb atagan. Ideal kishiga quyidagi beshta sifat xos: hissiylik, burch, bilim, me'yorni bilish hissi va ishonch. Olijanob inson burch va qonunga itoat etadi. Past kishi «yog'li» joyni egallashga va ko'proq foyda olishga intiladi. Birinchisi o'ziga ikkinchisi odamlarga talabchandir. Olijanob inson to'g'risida uning mayda ishlariga qarab baho berib bo'lmaydi, lekin katta ishlarni unga ishonib topshirish mumkin. Past kishiga katta ishlarni ishonib topshirib bo'lmaydi, uning mayda ishlariga qarab xulosa chiqarsa bo'ladi. Birinchisi odamlar bilan kelishib yashaydi, lekin ularga taqlid qilmaydi. Past kishi boshqalarga ergashadi, lekin ular bilan kelishib yashay olmaydi. Olijanob insonga xizmat qilish oson, lekin uni xursand qilish qiyin, chunki u zaruratdan shodlanadi. Ikkinchisini xursand qilish oson, lekin unga xizmat qilish qiyin. Olijanob inson insonparvarlik va zarurat sababli o'limga tik boradi, ammo past kishi umrini o'z joniga qasd qilish bilan yakunlaydi. Olijanob inson uch narsadan: Osmon amridan, buyuk insonlardan va aqlli so'zlardan qo'rqadi. Past kishi Osmon amrini bilmaydi va undan qo'rqmaydi, amali katta aqlli odamlardan nafratlanadi, ularning maslahatlariga amal qilmaydi . Barqaror jamiyat to'g'risidagi g'oyalar ijtimoiy tartibotning asosiy tamoyilini ishlab chiqilishiga asos bo'lgan. Ota otaligini, farzand farzandligini, hukmdor hukmdorligini, xizmatchi xizmatchiligini qilsin, ya'ni har bir kishi o'z vazifasi va huquqini bilsin hamda talab qilingan ishni bajarsin. Jamiyat shu asosda yuqori (boshqaruvchi) va past (mehnatkash) tabaqalarga ajratilgan. Tabaqalar o'rtasidagi tafovut nasl- nasabi, davlati bilan emas, balki bilimi va fazilatlari bilan belgilangan. Bu past tabaqa vakillarining iste'dodi va fazilatlari bilan mansab shohsupasidan imperatorgacha ko'tarilishiga imkon bergan.
Xitoy tarixida past tabaqa vakillarining imperator taxtini egallab, o'z sulolasiga asos solgan yoki davlat boshlig'i lavozimiga ko'tarilganligi to'g'risida ko'plab misollar keltirish mumkin. Konfutsiylikda ajdodlar ruhiga sig'inish marosimlari asosiy o'rinni egallagan va ularning aniq bajarilishiga katta e'tibor berilgan. Marosim orqali har bir kishi koinotning cheksiz oqimida o'z o'rnini topadi, deb hisoblangan. Diniy etikada «syao» ta'limoti qabul qilingan. Unga ko'ra, har bir farzand ota-onasini hurmat qilishi va doimo ularga sodiq qolishi talab qilinadi. Oqil farzand ota-onasi kim bo'lmasin, ulardan voz kechishga haqli emas. Xitoy diniy rivoyatlarida ota-onasi och qolganda, ularga tanasini kesib, undan taom tayyorlab bergan farzandlar to'g'risida hikoya qilingan. Ajdodlar ruhiga sig'inish va «syao» ta'limoti oilaviy qadriyatlarning jamiyatda mustahkamlanishiga yordam bergan. Oila jamiyatning negizini tashkil qilgan va shaxs manfaatlaridan oila manfaatlari ustun qo'yilgan. Oilaviy munosabatlarni tashkil etishda hissiyot, tuyg'ular muhim emas. Muhabbat o'tkinchidir. Uning yo'qligi er-xotinning asosiy burchi hisoblanuvchi ko'p farzandli bo'lish va ularga tarbiya berish vazifasining bajarilishiga xalaqit bermasligi lozim. Ajdodlar ruhiga sig'inishning muhim jihatlaridan biri - kattalarga so'zsiz bo'ysunish. Har qanday katta kishiga, ota-ona, davlat xizmatchisi yoki hukmdorga kichik, xodim yoki fuqaro so'zsiz itoat etishi lozim. Yoshlarni kattaga ko'r-ko'rona bo'ysunishi fozillik hisoblangan.
Qadimgi Xitoyda ham qamariy kalendardan foydalanilgan. Dastlab Xitoy dehqonlari baxor kirib kelishini Gidra yulduzining chiqishhi bilan boshlangan va xо`jalik yili 4 mavsumga bо`lingan: baxor, yoz, kuz, qish. Keyinchalik 3 ming yillikda vaqtni hisoblashda oy fazasidan foydalanilgan, 1 yil 12 qamariy oydan iborat bо`lgan. Xitoy kalendarida, shuningdek, 13-oy kiritilgan. Har 19 yil davomida 7 yili 13 oydan bо`lgan. Xitoy astronomlari birinchi bor eramizdan avvalgi VI asrda yangi oy, yozgi Quyosh turishi bilan har 8 yilda emas, balki har 19 yilda yoki 235 qamar oyig`a muvofiq kelishini aniqlaganlar. Shunday qilib, qadimgi xitoyliklarning qamariy-shamsiy kalendari bо`lgan. Keyinchalik taxminan eramizdan avvalgi III asrda Xitoy qishloq aholisining о`z xо`jalik yili bо`lib, 24 mavsumga bо`lingan. Bundan tashqari har bir yil xayvonlar nomi bilan atalib, hisob 60 yillik sikl bо`yicha olib borilgan. Mavsumiy qishloq xо`jaligi kalendari dehqonlarga ekin yig`ish, qishloq xо`jalik ishlarida vaqtni belgilashlarini osonlashtirgan. Bizning davrimizda ham qishloq joylarida axyon-axyonda mavsumiy kalendar kо`llaniladi. Kalendar yillarini iklim mavsumiga qarab bо`linishi Xitoy kalendarining о`ziga xos xususiyatlaridan biridir. Chjan Go zamonida (eramizdan avvalgi IV-III asrlarda) kalendar tizimi aniqlangan, hamda takomillashgan.
Kalendarning keyingi rivojlantirish goyalari Lo Sya–Xun, Den Pin, Sima Syan Kxi, Tszi Chun-chji, Go Shou-Tszin nomlari bilan bog`liq. Eramizdan avvalgi 104 yilda Xitoyda kalendar islohoti о`tkazilib va ―Taychu-li‖ kalendari joriy etilgan. Uni yaratishda taniqli olimlar Lo Sya Xun, Den Pin va Sima Syanlar ishtiroq etgan. Qamar oyining о`rtacha davomiyligini 29.43/81 sutkaga tengligi qabul qilindi. U Hozirgi ahamiyatdan atigi 24 soniya farq qiladi. Yilning davomiyligi 365,25 sutka о`zgarishsiz qoldi. Bu kalendar ba`zi bir о`zgarishlar bilan 200 yil amal qildi. Xitoy xronologiyasini aniqlash uchun tayanch nuqta bor. Yilnomalarda quyosh kuyganligi tilga olingan. Hozirgi zamon astronomlarining hisobi bо`yicha, bu voqea eramizdan avvalgi 776 yilda yuz bergan.
Sima Syaning ―Tarixiy yozishmalari‖ bizgacha saqlanib qolgan. Xitoy tarixi bо`yicha adabiyotlar о`rganilganda voqealarni yozib borishning о`ziga xosligiga duch kelinadi. Xitoyda qadimgi davrlarda eramizning boshlariga qadar yagona vaqt hisobi yuritilmagan, ularda aloxida era ham yо`q edi. Tarixiy voqealarni yozib borish yil sikllari va imperatorlar xukmronligi davri va sulolalar bо`yicha olib borilgan. Xitoy san’ati. Qadimgi Xitoy san‗ati tarixi eramizdan avvalgi 4–3 minginchi yillardan eramizning Sh asrigacha bo‘lgan davrni o‘rganadi, tahlil etadi. Eramizdan avvalgi 4–3 minginchi yillarda Xuanxe daryosi vohasida odamlar dehqonchilik bilan shug‘ullana boshladilar, ayrim qabilalar esa o‘troq hayot kechira boshladilar. Bu davrda odamlar yashaydigan uylar dumaloq shaklda va ko‘proq yerto‘la tipida bo‘lgan, ular yerni 3–4metr qazib ishlangan. Asta-sekin yarim yerto‘la tipida va nihoyat, yer ustida karkas uslubidagi uylar yuzaga kelgan.
Ular to‘rtburchak yoki kvadrat shaklida qurila boshlangan. Tepa tomi shox-shabbalar yoki loydan pishirilgan plitalar bilan yopilgan. Ustun-to‘sin sistemasi ham shu davrlarda me‗morlikda keng qo‘llanila boshlangan. Xitoyning eng qadimgi san‗at namunalari bizgacha kulolchilik buyumlari orqali yetib kelgan. Qo‘lda, dastgohsiz yasalgan turli xum, ko‘za, tovoq, vazalar rangdor naqshlar bilan bezab chiqilgan. Bu kulolchilik buyumlarining yuzasi spiralsimon, to‘lqinsimon, tursimon chiziqlar bilan bezalgan, soddalashtirilgan odam, xayvon va qushlar rasmi ham ishlangan. (Bunday kulolchilik yodgorliklari Yanshao manzilidan topilgani uchun ham ular «Yanshao madaniyati yodgorligi»deb yuritiladi. Shu madaniyat keyingi Xitoy kulolchiligi rivojida ham muhim o‘rinni egalladi. Xitoyning ayrim viloyatlarida kulolchilik buyumlari qora loydan dastgohda ishlangan. Bu buyumlar nafisligi va nisbatlariping qat‗iyligi bilan ajralib turadi. Bunday idishlar Lunshan manzilidan topilgani uchun «Lunshan madaniyati yodgorliklari» deb yuritiladi.
Eramizdan avvalgi 4–3 minginchi yillarda Xitoyda loydan ishlanib, olovda toblab pishirilgan odam haykallari (terrakotalar), odam boshini eslatuvchi ko‘zalar, toshdan ishlangan turli badiiy buyum va haykallar uchraydi. Bular qadimgi Xitoy madaniyatining boy va rang-barang bo‘lganligidan dalolat beradi. Hunarmandchilik. Boy-zodagonlar, qahramonlarga atab qurilgan maqbaralar serhasham bo‘lgan. Maqbaralar minoralar (pilon) bilan boshlanib, ularga bezak berilgan, old tomoniga haykallar o‘rnatilgan. Maqbaraning yer osti qismi ham pishiq g‘isht yoki tosh bilan pardozlangan. Sag‘anaga ko‘milgan marhumning buyumlari ham qo‘yilgan. Ayrim sag‘analarda juda ko‘plab haykaltaroshlik va rassomlik namunalari mavjud bo‘lgan. Maqbaralardan loydan ishlab pishirilgan va bo‘yalgan ko‘p qavatli uy va minoralarning modellari ham topilgan. Dastlabki san‗at asarlari birmuncha sodda, qo‘pol ishlangan bo‘lsa ham, haqiqiy hayot to‘g‘risida tasavvur bera oladi. Loyan yaqinidagi Shandun va Sichuan maqbaralari, ayniqsa, tasviriy san‗atga boy.
Shandundagi zodagon U Lyan-tsi maqbarasining releflarida afsonaviy qahramonlar, podsholar orasidagi janglar, ov va bazm paytlari, farzandlarning o‘z ota-onalariga muxabbati va shunga o‘xshash voqealar tasvirlangan. Bo‘rtma tasvirlar friz…… tarzida bo‘lib, ular ustma-ust joylashtirilgan. Har bir voqeaga tushuntirish yozuvi berilgan. Kompozitsiyada xudo va podsholar tasviri oddiy ommadan kattaroq qilib ishlangan. Sichuandagi maqbara releflari birmuncha dinamik xarakterga ega bo‘lib, u yerda ov manzaralari, yig‘imterim ko‘rinishlari tasvirlangan. Xan davri maqbaralarida ko‘plab devoriy surat namunalari uchraydi. Xan davrida portret rassomligi ham rivojlandi. Maqbara va saroy devorlariga portretlar ishlash keng odat tusiga kirdi. Devorga ishlangan shunday portretlardan biri Loyan yaqinidagi Xan davri maqbarasida saqlanib qolgan. Shunday portret ishlashda tanilgan rassomlardan biri eramizdan avvalgi I asr oxirlarida yashab ijod etgan Mao-Yan-shou bo‘lgan. U odamlarni o‘ziga juda o‘xshatishga, hatto ideallashtirishga usta bo‘lgan. Uning portretlaridan tasvirlanuvchi odamning yoshi va hatto, xulqini bilish mumkin bo‘lgan. Maqbaralardan topilgan terrakotalar ham diqqatga sazovor. Ular o‘zining ifodali va hayotiy ishlanganligi bilan qatni tortadi.
Xan davrida amaliy-dekorativ san‗atda ham jiddiy o‘zgarish yuz berdi, buyumlarning foydali tomoniga e‗tibor ortdi, bezak va relefli tasvirlar kamaydi. _Bronzadan ishlangan jimjimador ko‘zgular ham keng tarqalib, bu ko‘zgular inkrustatsiya qilingan, oltin, kumush va qimmatbaxo toshlar bilan bezatilgan. Bu davrda bronzadan ishlangan buyumlar, idishlar avvalgi davrga nisbatan yanada nafis va jimjimador bo‘lgan, ayniksa inkrustatsiya uslubi keng qo‘llanilgan. Turli xildagi amaliy buyumlar–idishlar, muzika asboblari, lak bilan bezatilgan buyumlar ham boylar xonadonini bezagan. 17 Kulolchilikda rang keng qo‘llanila bordi. Badiiy kashtachilik va tuqimachilik Fapbiy Osiyo va Yevropa mamlakatlarida yuqori baholandi. Nefritdan ishlangan turli buyum va haykalchalar ko‘pchilikka manzur bo‘ldi. Buyuk xitoy devori. Buyuk Xitoy devori haqida eshitmagan kishi bo`lmasa kerak. Uni chet elliklar uchun ham, xitoyliklar uhun ham mamlakat ramziga aylangan desak mubolag`a bo`lmaydi. Devorning ta`mirlangan qismiga kirishda Mao Tsze Dun yozdirgan xatni o`qish mumkin: "Buyuk Xitoy Devorida bo`lmading-mi, demak sen haqiqiy xitoylik emassan". O`ylab qarasangiz haqiqatdan ham shundayligiga amin bo`lasiz. Agar tarixga nazar tashlaydigan bo`lsak, Xitoyning butun tarixi mobaynida uchta asosiy devori bo`lganligi oydinlashadi. Ularning har biri 10 000 m (5 000 km) uzunlikda bo`lgan. Xitoy an`analariga ko`ra 10 000 raqami alohida mazmunga ega bo`lgan. Devor umumiy hisobda 2000 yil mobaynida qurilgan (eramizgacha III asrdan to eramizning XVII asrigacha). Birinchi devor "Xitoy zaminini birlashtiruvchi" deb ataluvchi imperator Tsin Shi Xuan nomi bilan bog`liq. Uning qurilishiga 500 ming odam jalb qilingan. Minglab olimlar ham devor qurilishiga o`z hissalarini qo`shishgan.
Devor o`z vaqtida muhim harbiy-strategik ahamiyatga ega bo`lgan. Qurilishga jalb qilinganlarning ahvoli nihoyatda og`ir bo`lgan. Holsizlikdan yoki biror boshqa sabab bilan o`lganlar to`g`ridan-to`g`ri devorga "qalab" ketaverilgan. Shuning uchun bu "Buyuk qurilish" xalq tilida "Qayg`u devori" deb ham nom olgan. Ikkinchi devor Tsin Shi Xuan tomonidan qurilgan devorni buzib, xitoyliklar ustiga muntazam hujum uyushtirib turgan xunnlardan himoya qilish uchun qurilgan. Uchinchi devor qurilishida 1 millionga yaqin odam ishtirok etgan. Qurilishda har bir minora ikki tomondagi minoradan ko`rinib turishiga katta ahamiyat berilgan. Bu turli xabarlarni tutun yoki nog`ora ovozi yordamida bir-biriga yetkazish uchun kerak bo`lgan. Bundan tashqari xabarchi markaziy shaharga axborotni o`z vaqtida yetkazishi uchun otlarni almashtiruvchi tayanch nuqtalari qurilgan. Pekin atrofida devorning bir qancha qismi sayyohlar uchun ochib qo`yilgan. Bu yerda ta`mirlanmagan Simatay qismi ancha qiziqarli. Devorning ta`mirlangan, ya`ni bo`yalgan qismlarini ko`rib, uni ming yillardan beri yashab kelayotganligiga ishongingiz kelmaydi. Simatay qismida esa o`zingizni huddi mo`jizaga duch kelganday his qilasiz. Xitoy adabiyoti. Xitoy adabiyoti jahonda eng qad. adabiyotlardan biri bo‘lib, uch ming yillik an‘analarga ega. Qadimgi Xitoy adabiyotining birinchi yirik she‘riy asari "Shitszin" ("Qo‘shikdar kitobi", mil. av. 11—6-a.lar) xalq qo‘shiqlari va diniy marosim madhiyalari majmuasidan iborat. Mil. av. 1-ming yillikka mansub badiiy nasr falsafa, tarix, geografiya va boshqaga doir asarlar bilan uzviy bog‘liq ("Shan shu" — "Tarixiy rivoyatlar kitobi" va b.). Sima Syanning (mil. av. 1-a.) "Shi szi" ("Tarixiy xotiralar") kitobi Xan davri (mil. av. 206 — mil. 220-y.lar) nasrining yirik yodgorligi hisoblanadi. She‘riyatning muhim qismini tashkil etgan lirik va satirik xalq qo‘shiqlari (yuefu)da xalq hayoti o‘z ifodasini topgan. 4-a. oxiri — 5-a. boshlarida yashagan yirik novator shoir Tao Yuanmin (365—427) she‘riyati hayot haqidagi falsafiy mushohadalardan iborat bo‘ldi.
Mamlakatni Tan sulolasi (618— 907) birlashtirgach, adabiyot rivoji uchun qulay sharoit yaratildi. Xuddi o‘sha davrda ven yan — xitoy adabiy tili uzilkesil shakllandi. 7—10-a.larda Chen Szian, Van Vey she‘rlari mashhur bo‘ldi. Adabiyotning yanada taraqqiy etishida Li Bo, Du Fu va Bo Szyuyi kabi shoirlarning ta‘siri katta bo‘ldi. 8—9-a.larda novella janrida yuksak yutuqlarga erishildi (Yuan Chjen, Bo Sinszyan, Li Gunszo), 10—13-a.larda shoirlardan Van Anshi, Su Shi, Lyu Yun, L u Yu, shoira Li Sinchjao mashhur bo‘lgan. Ouyan Syu tarixiy va falsafiy mavzuda asarlar yaratdi. Mo‘g‘ullarning Yuan sulolasi hukmronligi davri (1280—1368)da shaharlar rivoj topdi. 13-a.da mamlakat shim. da qahramonlik va maishiy mavzularda musiqiy drama janri vujudga keldi. 14-a.da epopeyaroman janrining shakllanishi adabiyotda muhim voqea bo‘ldi. 16-a. oxirlaridan nasr yangi boskichga ko‘tarildi, tarixiyfantastik, ijtimoiymaishiy romanlar yaratildi. Xitoyni manjurlar bosib olgan (1644)dan keyin muxolif kayfiyatdagi shoirlar paydo bo‘ldi, ma‘rifatparvarlik ruhi avj oldi. Klassik roman cho‘qqisi bo‘lib maydonga kelgan Sao Syuetsin (taxm. 1715—62)ning "Qizil ko‘shkdagi uyqu" romanida zodagonlarning axloqiy va iqtisodiy tushkunligi ifodalandi.
Yangi davr adabiyoti (19-a. o‘rtalari — 1917) manjur Xitoy zodagonlari, imperialistik davlatlar zulmiga qarshi ozodlik harakatini, jamiyat tushkunligini aks ettirdi. G‘arb madaniyati bilan birinchi tanishuv boshlandi. 1900-y.larning boshlaridagi inqilobiy ko‘tarilish ko‘pgina adiblar ijodida o‘z ifodasini topdi. 1919 y.da boshlangan "4 may" ozodlik harakati davridan e‘tiboran eng yangi adabiyot vujudga keldi. Bu adabiyotning idk yirik namoyandasi Lu Sin (1881 — 1936) asarlarida oddiy kishilar Xitoy adabiyoti tarixida birinchi marta asar qahramonlari qilib qalamga olindi. 1922 y.da "Ijod" guruhiga uyushgan adiblar romantik ruxda asarlar yaratdilar. 20-y.lar boshlaridan she‘riyatdagi so‘zlashuv tiliga asoslangan yangi shakl klassik she‘riyat shakllarini siqib chiqardi. Xitoy xalqining yapon bosqinchilarga qarshi milliy ozodlik urushi (1937) davrida vatanparvarlik ruhida yozilgan kichik hajmdagi asarlar keng yoyildi.
Yaponiya tormor etilgach (1945), adabiyot mamlakatni demokratik rivojlantirish uchun kurashni avj oldirdi. Xitoy Kompartiyasi rahbarligida xalqning ozodlik uchun kurashiga yordam beradigan inqilobiy adabiyot rivojlana boshladi. 1949 y. XXR tashkil kilinishi sotsialistik qurilishni aks ettiradigan, yangi kishini tarbiyalashga xizmat qiladigan yangi adabiyot rivojiga imkon yaratdi. Chjao Shuli (1906—70)ning "Sanlivan qishlog‘i", Chjou Libo (1908—79)ning "Po‘lat oqim" roman larida ishchi va dehqonlarning yangi hayoti va mehnati ifodalandi. Tarixiyinqilobiy syujetlarda romanlar (Yan Moning "Yoshlik qo‘shig‘i") yaratildi. 50-y.larning boshlarida tinchlik va xalklar do‘stligi mavzularida, ayniqsa, she‘riyatda muhim asarlar ijod qilindi. Lekin 1958 y.da "inkilobiy romantizm bilan inqilobiy realizmning uyg‘unligi" Xitoy adabiyotida birdan bir ijodiy metod deb e‘lon qilindi.
Amalda esa ijod axlidan xaspo‘shlab aks ettirish, voqealarni ideallashtirish talab qilindi. 60-y.lar o‘rtalaridan "madaniy inqilob" boshlanishi munosabati bilan yangi badiiy asarlar yaratilmay qo‘ydi, tarjima asarlarini nashr etish to‘xtatildi, ko‘pgina adabiybadiiy jur.lar yopildi. Xitoy yozuvchilari uyushmasi (1953 y.dan tashkil qilingan)ning faoliyati ham, asosan, to‘xtab qoldi. 1970y.larning boshlaridan adabiy hayotda bir oz jonlanish yuz berdi. "Madaniy inqilob" yillarida quvg‘inga uchragan yozuvchi va shoirlarning katta guruhi oklandi, ularning faoliyati qayta tiklandi. Ular tomonidan yozilgan asarlar nashrdan chikarildi. Xalqning ongini bozor munosabatlariga moslashtirish, o‘tgan davrga tanqidiy yondoshish, milliylikni saqlab qolish kabi masalalar yangi adabiyotning asosiy g‘oyasiga aylandi. Jahon adabiyotining xitoy adabiyotiga bo‘lgan ta‘siri kuchaydi. 1977 y.dan pyesa, she‘r, nasriy va publitsistik asarlar paydo bo‘la boshladi. Bu yillarda yaratilgan asarlarda o‘n yillik tartibsizliklar davridagi turmush ochib beriddi. Nasr, ayniqsa, hikoya janri jonlandi. Lyu Sinuning "Sinf rahbari", Van Menning "Sartarosh hikoyasi", Ju Chjitszyuanning "Kutilmagan voqea" kabi hikoyalari shuhrat qozondi.



Yüklə 59,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə