I bob. Qadimgi xitoy geografik joylashuvi


Qadimdi Sin va Xan davlatlari



Yüklə 59,56 Kb.
səhifə5/5
tarix23.05.2023
ölçüsü59,56 Kb.
#112263
1   2   3   4   5
QADIMGI XITOY SHAN IN DAVLATI CHJOU VA SIN DAVLATLARI

2.1. Qadimdi Sin va Xan davlatlari.
Qadimgi sin davlati - (miloddan avvalgi 221-207 yillar) Sin podsholigi Sharqiy Chjouning g`arbiy qismida - Xuanxe irmoqlaridan biri Vey daryosi havzasida joylashgan edi. Miloddan avvalgi IV asr o`rtalarida Sin podsholigi birmuncha kuchayadi. Podsho Sao-gun (361-338 yillar) davrida davlatning nufuzli amaldori Shan Yan tomonidan bir qancha islohotlar o`tkazilgan. Bu islohotlar kuchli markazlashgan davlatning tashkil topishiga ko`maklashgan. Bu islohotlar quyidagilarni o`z ichiga olgan. Islohotga ko`ra, yerni istagancha xususiy mulk qilib olish, uni erkin sotish va sotib olishga ruxsat berilgan. Bu esa jamoa yer egaligiga berilgan qattiq zarba edi. Jamoalarning yemirilishini, shuningdek, katta oilalarning majburiy bo`linishi haqidagi qonun ham tezlashtirgan. Davlatni markazlashtirish maqsadlarida hududiy tamoyil bo`yicha yangi ma‘muriy bo`linish amalga oshirilgan. Soliqlar undirish tizimi o`zgargan. Hosildan olinadigan soliq yer solig`iga almashtirilgan.
Yangi soliq ishlov beriladigan yerning miqdoriga qarab belgilangan. Qo`shin qayta tuzilib, qurollantirilgan, harbiy xizmatlar uchun 18 darajali zodagonlik tashkil etilgan. Bu islohotlar markaziy, ya‘ni podsho hokimiyatini ancha mustahkamlagan. Davlatdagi ijtimoiy-siyosiy hayot umumiy qoidalarga bo`ysungan. Imperator yagona yozuv belgilarini jrriy qilgan, og`irlik va uzunlik o`lchovlarini tartibga keltirgan, hamma uchun majburiy qonunlar tasdiqlagan, hatto marosimlarga oid asbob-anjomlar va qurol-yarog`lar yagona namuna bo`yicha tayyorlangan.
Qonunlarga qat‘iy rioya qilish mamlakatda tartib saqlanishining eng muhim sharti hisoblangan. Biroq Shan Yan islohoti eski zodagon, mehnatkash xalq va qullarning, shuningdek konfutsiychi oqim namoyandalarining qarshiligiga uchragan. Podsho Syao-gun vafotidan keyin Shan Yan ham zodagonlar tomonidan qatl etilgan. Shunday bo`lsada, Shan Yan tomonidan o`tkazilgan islohotlar davlatni ancha mustahkamlagan. Podsho In Chjen davrida (241-210 yillar) Sharqiy Xitoy yerlari birlashtirilgan. In Chjen - Sinning birinchi podshosi (Sin Shi Xuandi) degan nom olgan. U Sharqiy Xitoydagi oltita podsholikni o`ziga qaratib olgach, shimoldagi syunni (xunn) qabilalariga qarshi zafarli urushlar olib borgan. Janubda esa u Yuz podsholigini ham o`ziga itoat ettirgan. Shu tariqa yirik imperiyaga asos solingan. Davlat boshlig`i imperator (xuandi) bo`lgan; u juda katta vakolatlarni qo`lga kiritib olgan. Qonun chiqarish, ijro etish va sud hokimiyati unga tegishli edi. Imperiya juda keng tarmoqli davlat apparati tomonidan idora etilgan. Davlat apparatida o`n minglab chinovniklar xizmat qilgan. Boshqaruv apparati tepasida o`ng va so`l chensyanlar (ministrlar) turgan.
Chensyanlarning o`rinbosarlari kotiblar bo`lgan. Saroy qo`riqlash xizmatining boshlig`i, imperator avlodlarining marosimlarini o`tkazishni yurituvchi chinovnik, tashqi munosabatlarni yurituvchi chinovniklar davlatda oliy chinovniklar hisoblangan. Davlat apparati faoliyatida imperator maslahatchilari katta rol o`ynagan. Qadimgi Xitoy podsholiklari bosib olingandan so`ng imperiyada Shan Yan islohotlari namunasida bir qator ma‘muriy, agrar, moliya va harbiy islohotlar o`tkazilgan. Ilgarigi podsholiklarning chegaralari yo`q qilingan. Butun imperiya hududi o`ttiz oltita viloyatga bo`lingan. Viloyatlar o`z navbatida uyezdlarga, uyezdlar - volostlarga, volostlar esa - tin (eng quyidagi ma‘muriy birlik)larga bo`lingan. Har bir viloyat tepasida ikkitadan boshqaruvchi - harbiy va fuqarolik hokimiyati vakillari turgan. Ular poytaxtlardan tayinlangan va imperator tomonidan xohlagan vaqtda almashtirilishi mumkin bo`lgan. Eski aristokratiya imperiya chinovniklarining qattiq nazorati ostiga olinib, eski zodagonlik unvonlari bekor qilingan. Boylik va davlat xizmatlari aslzodalik mezoni bo`lib qolgan. Zarracha ayb yoki nojo`ya ish uchun jazolovchi juda qattiq qonunlar joriy etilgan. Chinovniklar o`z faoliyatlarida qattiq o`rnatilgan yagona qonunlarga amal qilganlar. Bu davrning davlat apparati kattaligi, murakkabligi bilan ajralib turgan, unda juda ko`p miqdordagi chinovniklar xizmat qilgan.
Markazlashgan davlatning tashkil topishi dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdosotiqning rivojlanishiga imkon yaratgan. Ijtimoiy mehnat taqsimotining chuqurlashuvi aholining tabaqalashuvini kuchaytirgan. Shu bilan birga yirik yer egaligi rivojlanib, jamoalar xonavayron bo`lishda, qullarning soni ko`payib borishda davom etgan. Ayniqsa, Sin podsholigi davridagi to`xtovsiz urushlar, Buyuk Xitoy devoriga (uni qurish ishlari miloddan avvalgi IV asrda boshlangan edi) sarflangan sarfharajatlar va soliqlar mehnatkashlarni og`ir ahvolga solib qo`ygan.
Ular o`rtasida qattiq noroziliklar kelib chiqqan. Oqibatda kuchli xalq qo`zg`olonlari - dehqonlarning ulkan miqyosdagi urushlari boshlanib ketgan. Ana shunday urushlardan biri miloddan avvalgi 209 yilda butun mamlakat bo`ylab boshlanib, Sin davlatini halokatga olib kelgan. Unga Lyu Ban degan qishloq oqsoqoli rahbarlik qilgan edi. Miloddan avvalgi 202 yilga kelib Lyu Ban tarafdorlari g`olib chiqib, u o`zini yangi Xan sulolasining podshosi deb e‘lon qilgan. Shu tariqa Sin podsholygi tugatilib, o`rnida Xan podsholigi paydo bo`lgan. Qadimgi Xan davlati (miloddan avvalgi 206-yildan-miloddagi 220 yiligacha) Xan podsholigining asoschisi Lyu Ban mamlakatni markazlashgan davlatga aylantirish uchun ko`pgina chora-tadbirlar o`tkazgan. U o`z hukmronligining boshida qullar va dehqonlar ahvolini yaxshilashga qaratilgan qator islohotlar amalga oshirgan. Sin Shi Xuandi davrida zarar ko`rgan jabrdiydalar manfaatini ko`zlab, ularga ancha yengilliklar berilgan, qarzlari va arzimagan jinoyatlari uchun qullarga aylantirilgan kishilar ozod qilingan. Ayni paytda og`ir soliqlar bekor qilingan, yer solig`i kamaytirilgan.
Mahalliy ishlar saylab qo`yiladigan oqsoqollar tomonidan boshqariladigan bo`lgan. Biroq bu islohotlar quldorlikning va yirik xususiy yer egaligining - ijtimoiy ziddiyatlarni tug`diradigan asosiy sabablarning o`sishini to`xtata olmagan. Xalq ommasining ahvoli oradan biroz vaqt o`tgach yana yomonlashgan. Miloddan avvalgi I asrning oxirida imperator U Di maxsus farmon chiqarib, yirik mulkdorlar ixtiyoridagi yerlarning miqdorini va qullarning sonini ancha qisqartirgan: hech kim 138 gektardan ortiq yerga va ikki yuzdan ko`p qulga ega bo`lishi mumkin emas edi. Ba‘zilarga o`ttiz nafardan ko`p qulga ega bo`lmasligi lozimligi o`rnatilgan edi. Bu miqdor quldorning ijtimoiy holatiga qarab belgilangan. Markaziy va mahalliy davlat apparati tizimi ilgarigidek saqlanib qolgan. Podsho hokimiyatining maqsadi, asosiy ishtiyoqi mamlakatni markazlashtirishga qaratilgan edi. Bunga Xitoyning yangi ma‘muriy bo`linishi ko`maklashgan. Mamlakat xududi o`n uchta yirik okrugga bo`lingan. Okruglarga mahalliy ma‘muriyat ustidan nazoratni amalga oshiruvchi okrug taftishchi - podshoning noiblari boshchilik qilgan.
Viloyatlar, okruglar, uyezdlar soni ko`paytirilgan. Viloyatlar va uyezdlar tepasida markazdan tayinlangan uchta chinovnik - hukmdor va uning fuqarolik va harbiy ishlar bo`yicha yordamchilari turgan. Mahalliy ma‘muriyat faoliyati markazdagi nazoratchilar tomonidan nazorat qilingan. U Di vafotidan so`ng Xitoyda ahvol yanada og`irlashgan. Qullar va mehnatkash xalqning sabr kosasi to`lib, mamlakatda dahshatli qo`zg`olonning boshlanishi xavfi tug`ilgan. Miloddan avvalgi I asrning ikkinchi yarmida ahvol shunday dahshatli tus olganki, bundan podsho va hukmdor tabaqa vakillari cho`chigan. Ular mehnatkashlarga yon berib, ba‘zi ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar o`tkazishga majbur bo`lganlar. Bu jihatdan Dun Chjun-shu, Van Chun va Van Man islohotlari diqqatga sazovordir.
Dun Chjun-shu katta yerlarning bir kishi qo`lida bo`lishini taqiqlashni, tuz va temirga nisbatan yakka hokimlikni bekor qilishni taklif etgan. U quldorlarning o`z qullarini o`ldirishlarini bekor qilib, qullikni bitirishni, soliqlarni kamaytirishni, harbiy va ortiqcha mehnat majburiyatlarini yengillashtirishni talab qilgan. Sinfiy ziddiyatlarni tepadan turib islohotlar yo`li bilan yumshatishga qaratilgan ancha dadil urinish miloddan 8 yilda saroy to`ntarishi natijasida hokimiyat tepasiga kelgan Van Man tomonidan qilingan edi. Van Man milodning 9 yilida o`zini "Yangi" sulolaning imperatori deb tantanali suratda hammaga ayon qilgan va qat‘iy islohotlar siyosatini o`tkazish niyatini e‘lon qilgan. Konfutsiylar islohotlarning g`oyaviy ilhomlantiruvchilari bo`lishgan. Islohotlarning mohiyati quyidagilarni o`z ichiga olgan. Ularga ko`ra yirik yer egalariga qarashli yerlar musodara etilgan. Mamlakatdagi barcha yer "podsho yeri" deb e‘lon qilingan. Yerlarni qayta taqsim qilishga, yer egaligini cheklashga harakat qilingan. Shular bilan bir vaqtda jamoa yer egaligining qadimiy tizimi qayta tiklangan. Yer va qullarni olish-sotish man etilgan. Shu bilan birga qullarni "shaxsiy qaram kishilar" deb atash buyurilgan. Bu Xitoyda qulchilikni bekor qilish haqidagi birinchi qadam edi. Biroq Van Man xususiy qulchilikka qarshi kurash olib borib, davlatning qul egaligini cheklashga mutlaqo harakat qilmay, balki, hatto davlatning qulga egaligini uning qonuniy huquqi sifatida asoslashga urindi. Davlat qullarining soni ko`paydi.
Ulardan armiya tuzila boshlandi. Bir necha marta pul islohotlari o`tkazildi, yangi soliqlar joriy qilindi, ba‘zi soliqlar kamaytirildi, bozor narxlarini tartibga solishi va ssuda foizlarini qat‘iy belgilashi lozim bo`lgan maxsus boshqarmalar ta‘sis etildi. Bularning hammasi barcha daromad manbalarining, xususan, ssuda operatsiyalarining katta qismini davlat qo`lida to`planishiga imkon tug`dirdi. Van Man kuchli byurokratik imperiya tuzishga intilgan. Davlat apparati o`sgan, mansablarni sota boshlagan. Davlat xizmatchilari mansablarni egallash uchun imtihon topshirganlar. Bunda ular Konfutsiy ta‘limotini mukammal bilishlari lozim edi. Bu tadbirlar eski urug`chilik va chinovniklik aslzodalarning qudratini sindirgan va boyigan savdogarlarning, hunarmandlarning, aslzoda bo`lmagan dehqonlarning davlat boshqaruviga kirib kelishini ta‘minlagan. "Yangi qonunlar"ni buzganlik uchun qattiq jazolar joriy qilingan va o`n minglab kishilar qatl etilgan yoki davlat qullariga aylantirilgan. Lekin Van Man islohotlari oxirigacha yetkazilmagan, o`ylangan natijalarni bermagan va zodagonlar, nufuzli kishilar hamda harbiylarning qarshiligiga uchragan. 12 yilda yer islohoti bekor qilinib, qul savdosiga yana ruxsat berilgan. Islohotlar sinfiy qarama-qarshiliklarni bo`shashtirmadi, aksincha, ularni chuqurlashtirdi va keskinlashtirdi, mamlakat iqtisodiyotining buzilishiga olib keldi.
Islohotlarning amalga oshmaganligi, qurg`oqchilik, chigirtka bosish natijasida ro`y bergan hosilsizlik ochlik va nihoyasiz jabr-zulmlar mehnatkash ommaning sabr-kosasini to`ldirgan. Bu hol Xitoyda podsho hokimiyatiga, zamindor zulmkorlarga qarshi xalq harakatining boshlanishiga olib kelgan. 18 yilda boshlangan va "qizil qoshlar" nomi bilan mashhur bo`lgan qo`zg`olon ana shunday harakatlardan biri edi. Qadimgi Xitoy yilnomalarida yozilishicha, qo`zg`olonda Van Man tomonidan ag`darib tashlangan Xan sulolasi vakillari ham qatnashgan. Ularning asosiy maqsadi o`z hokimiyatlari qayta tiklanishiga erishish edi. 23 yilda Xan sulolasi taxtni qaytadan egallab, Van Manning farmonlari va buyruqlarini bekor qilgan. Mamlakat iqtisodi barqarorlasha boshlagan. Davlat apparatida muhim o`zgarishlar yuz bergan. Mamlakatni idora etish bo`yicha funksiyalar beshta mahkama o`rtasida taqsimlab olingan, imperator huzurida oliy maslahatchi organ - imperatorlik kengashi tuzilgan.
II asrning ikkinchi yarmida Xitoyda yana og`ir vaziyat vujudga keladi, siyosiy guruhlar o`rtasidagi kurash chuqur siyosiy inqirozga olib keladi. Mamlakatning xo`jalik tizimi tushkunlikka uchraydi. 184 yilgi kuchli "sariq ro`molliklar" qo`zg`oloni butun mamlakatni qamrab olgan. Qo`zg`olon hukumat qo`shinlari tomonidan katta talofotlar evaziga zo`rg`a bostirilgan. Jang natijasida 80 mingdan ortiq kishi halok bo`lgan, yerlar bo`shab qolgan, ba‘zi yirik shaharlar vayron etilgan. 188 - 207 yillarda ham Hitoyning ko`p joylarida kuchli qo`zg`olonlar bo`lib o`tgan. Ammo ularning hammasi hukumat qo`shinlari tomonidan shafqatsizlarcha bostirilgan. Lekin shunga qaramay, qo`zg`olonlar Xan saltanatini zaiflashtirib yuborgan va oxir oqibatda uning qulashiga olib kelgan. 220 yilda Xan podsholigi Vey, Shu va U kabi davlatlarga bo`linib ketgan. Bu Xitoy tarixida Uch podsholik davri deb ataladi. Shu bilan qadimgi Xitoy tarixi o`z nihoyasiga yetgan.

XULOSA
Qadimgi Xitoy haqida xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, qadimgi Sharq madaniyati, davlatchilik tarixini u davlatsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Chunki qadimgi Xitoy alohida ahamiyat kasb etgan o‘ziga xos madaniyatni o‘zida mujassam etgan. Qadimgi Xitoy davri dastlabki davlat birlashmalari bo‘lgan o‘sha qadimgi Shan davlati, undan so‘ng Chjou davlati, Sin sulolasi va Xan sulolalari davlati yashagan davrlarni o‘z ichiga oladi ya‘ni mil. avv uchinchi mingyillik o‘rtalaridan boshlab to milodiy 220-yilgacha, Xan davlati uchta davlatga bo‘lib ketgungacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu katta davr ichida Xitoyda ancha o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Uning sivilizatsiyasi ham boshqa Sharq davlatlari singari daryo bo‘yida boshlangan.
Daryodan oqib keluvchi serunum tuproq sun‘iy sug‘orma dehqonchilik uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Rivojlangan sun‘iy sug‘orma dehqonchilk keyinchalik o‘ziga xos madaniyat yutuqlariga erishishga asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu davrda xitoyliklar dunyo ahamiyatiga molik kashfiyotlar qilishgan. Bularga misol tariqasida mil. avv 5 asrda kashf qilingan ipak, mil. avv 1 asrda qog‘ozni, yer qimirlashini avvaldan biluvchi seysmograf, dunyo tomonlarini aniqlab beruvchi kompas( u har doim janubni ko‘rsatib turgan), iyerogliflardan iborat yozuv ( keyinchlik bu yozuv koreys, yapon hamda vetnam yozuvlariga asos bo‘lib xizmat qilgan)ni va boshqa ixtirolarni keltirishimiz mumkin. Xan sulolasini buyuk imperatori U Di (mil. avv 140-87 yy) hukumronligi davrida nafaqat Sharqda balki butun Osiyo va Yevropada katta ahamiyatga ega bo‘lgan Buyuk ipak yo‘lini ochilishi savdo-sotiq, madaniy aloqalarni almashishiga xizmat qilgan. Buyuk ipak yo‘li orqali sharqiy Osiyodagi Sariq dengizi bo‘yidagi davlatlar Xitoy hududidan o‘tib, sharqiy
Turkiston, O‘rta Osiyo, Eron, Old Osiyo, Kichik Osiyo hududidan o‘tib Yevropa hududlarigacha borgan. Uni yo‘nalishidagi davlatlar ancha rivojlangan, bir-birlari bilan doimo aloqalar qilib turishgan.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Каримов И. Юксак маънавият – енгилмас куч. –– Т.: Маънавият, 2008.
2. O‘zbekiston Respublikasi Ensiklopediyasi. – Toshkent, Sharq, 2000-2004.
3. Sagdullayev A. Qadimgi dunyo tarixi. – Toshkent: Sharq, 2008.
Internet ma’lumotlari:
- www.kitob.uz
- www.ziyonet.com
- www.tarix.uz
- www.arxiv.uz
Yüklə 59,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə