I bob. Qo‘shma gaplar uslubiyati


Gapning shakllanishida leksik omil



Yüklə 322,37 Kb.
səhifə17/18
tarix04.07.2023
ölçüsü322,37 Kb.
#119234
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Qo\'shma gapni bog\'lovchi vositalar.

Gapning shakllanishida leksik omil. Fikr tushunchalarsiz bo‘lmagani kabi gapning ham asosida, avvalo, so‘z yotadi. Zero, gapning asosidagi atov birligi voqelangan leksemalardir. Leksemalarning guruhlanishida ham yetakchi omillardan biri sifatida ularning sintaktik imkoniyatlari yotishi bejiz emas. Shu boisdan tilshunoslikda gap bo‘laklari va so‘z tushunchalari munosabati ustuvor masalalardan biri sifatida qaraladi. Gap bo‘laklari turli mustaqil so‘z turkumlari bilan ifodalanaveradi. Biroq har bir gap bo‘lagi uchun ma’lum bir so‘z turkumi ko‘proq xoslangan bo‘ladi – semantik va grammatik xossalari bilan ma’lum bir gap bo‘lagi vazifasiga mos so‘zlar bor. Masalan, «kesim vazifasida kelish uchun ko‘proq fe’l xoslangan» (I.Meshchaninov.) Ega, to‘ldiruvchi vazifasida, asosan, ot va ot vazifasidagi so‘zlar keladi. Bu so‘z turkumlarining umumiy ma’noviy tabiati va grammatik xususiyatlari bilan belgilanadi. Masalan, ot turkumi ko‘proq tobe bo‘lak (ega, to‘ldiruvchi, aniqlovchi) vazifasida kelganligi bois tobelovchi vosita bo‘lgan kelishik qo‘shimchalari faqat otga, kesim vazifasida ko‘proq fe’l kelganligi bois kesimlik shakllari faqat unga xosdek tasavvur uyg‘otadi. Bu turkumlarning qaysidir vazifaga ko‘proq xoslanganligi bilan belgilanadigan «aldamchi» tasavvurlardir.
Aytilganlar asosida shunday pirovard xulosaga kelish mumkin: har bir so‘z turkumi muayyan gap bo‘lagi vazifasiga ko‘proq xoslangan bo‘lsa-da, bu vazifada boshqa turkum so‘zlari ham kelaverganligi kabi, ma’lum vazifaga xoslanganlik uni nutqda boshqa mavqe egallashdan mahrum qilmaydi. Shu boisdan so‘zning qaysi turkumga xosligini belgilashda uning qaysi gap bo‘lagi vazifasida kelishi nisbiy, barqaror bo‘lmagan asos vazifasini o‘taydi.
Gapning shakllanishida morfologik omil. Gapni so‘z, so‘z birikmasidan farqlovchi belgi uning maxsus morfologik ko‘rsatgich – kesimlik qo‘shimchalari bilan shakllanganligidir. Zero, eng «kichik» gap morfologik shakllangan atov birligidir. Misollar: O‘qituvchiman. Ishladim. Bu «kichik» gaplar atov birligi (o‘qituvchi, ishla)dan mahrum etilsa, bu o‘z holicha hech qanday qiymat kasb etmaydigan morfologik shakl – [-dim] qoladi. So‘z birikmasida shu hol yuz beradi. Biroq mazkur gaplar morfologik shakldan ajratilsa, tilning boshqa sathi birliklari (so‘z, SB)dan farqlanmay qoladi. Demak, kesimlik shakli bamisoli qaratqich va tushum kelishiklari qo‘shimchalari kabi gapda asosiy sintaktik vazifa – kesimni shakllantirishga ixtisoslashgan shakldir.


XULOSA
Xulosa qilib aytsak, gapdagi zidlov bog`lovchilari bog`langan qo`shma gap qismlarini bog`lash bilan birga, ular o`rtasida zidlik munosabati mavjudligini ham ifodalaydi. Zidlov bog`lovchilari qo`shma gapning ikkinchi qismi boshida qo`llanadi va qo`shma gap qismlari vergul bilan ajratiladi.
Kesimlaming birdan ortiqligidan tashqari,har bir qo'shma gapda ifodalanayotgan Birdan ortiq fikr,axborotning o'zaro zich munosabati, gaplararo grammatik taqozo etuvchilik hamda intonatsion yaxlitlik kabilar ham bu sintaktik qurilmalaming qo'shma gapligini ta' minlaydi.Kommunikativ nugtayi nazardan sodda gap bir fikmi,axborotni uzatish vazifasini bajarsa, qo'shma gapda birdan ortiq
o'z ifodasini topgan bo'ladi. Shuningdek,bu alohida axborotlar asosidagi munosabat ham qo'shma gapda qaysidir darajada bo'rtib turadi. Masalan: Jahongir keldi. Men shu ondayog’ jo'nadim gaplarida ifodalangan fikrlar bir-biriga o'zaro bog’liq bo'lib, gaplaring biri ikkinchisini tagozo etadi. Bu jihatdan ular Jahongir keldi va men shu ondayoq ketdim gapidan ajralib turadi, Demak, qo'shma gap grammatik shakllangan va birdan ortiq axborotni tashish uchun mo'ljallangan nisbiy mustagil soda gapning grammatik, semantik, intonatsion va kommunikativ jihatdan yaxlitlangan butunligidir.
Qo'shma gap tarkibidagi sodda gap alohida olingan sodda gapdan nisbatan mustaqil ajralib turadi. Avvalo, bu – grammatik va intonatsion nomustaqillik. Bahor keldi, shuning uchun dala ishlari qizib ketdi qurilmasiga ergash gapli qo'shma gap
tusini bergan jihat mazmuniy va grammatik tagozo etish va birdan ortiq axborot mavjudligi.Birinchi gapdagi mazmun ikkinchi gapdagi mazmun uchun sabab magomida. Shuning uchun bog'lovchisi qo'shma gap a'zolarini grammatik jihatdan zich munosabatga kiritgan .Demak, ma'lum bo'ladiki, go'shma gap tarkibidagi sodda gapning o’zaro zichlashuvi mazmun,grammatik shakl va intonatsiya nuqtayi nazaridan boladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 12-iyundagi "Oliy ta`lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-4732-son farmoniga ko‘ra mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlarining rahbar va o‘qituvchilarini qayta tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlarini tashkil etish borasidagi ishlarni aniq va samarali muvofiqlashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida doimiy faoliyat yuritadigan Idoralararo komissiya tashkil etildi va uning zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatildi: - oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilarining zamonaviy talablarga muvofiq o‘z kasb darajasini muntazam oshirib borishdan manfaatdorligiga alohida e`tibor qaratgan holda, oliy o‘quv yurtlarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha mazkur Farmonda ko‘zda tutilgan vazifalar bajarilishining tegishli nazoratini ta`minlashni tashkil etish; -oliy o‘quv yurtlarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish bo‘yicha Tayanch oliy o‘quv yurtlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning o‘quv-uslubiy va moddiy-texnik bazasini yanada rivojlantirish hamda mustahkamlashga ko‘maklashish;
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, men ham mazkur farmon ijrosi yuzasidan "O‘zbek tilshunosligi" yo‘nalishi bo‘yicha tahsil oldim. Kurs ishining mavzusi ixtisoslik fanini o‘qitishda grafik organayzerlardan foydalanish masalalarini yoritishga bag‘ishlanadi.
Mavzuni o‘rganish natijasida o‘qituvchi mahoratli pedagog sifatida quyidagi talablarga javob berishi lozimligi haqida xulosalarga keldim:
1. Yuksak pedagogik mahorat har bir o‘qituvchining shaxsiy e`tiqodi va ehtiyojiga aylanishi.
2. O‘qituvchida pedagogik mahorat egallash uchun bilim, ko‘nikma, malakalar shakllangan bo‘lishi.
3. O‘qituvchi pedagogik mahorat egasi bo‘lishi uchun tinmay izlanishi, pedagogik-psixologik, usuliy ma`lumotlarni faoliyatning bosh mezoni deb bilishi.
4. Muntazam ravishda o‘z faoliyati oldida turgan vazifalarni yangicha yo‘l bilan hal etishga intilishi.
5. Pedagogik mahoratni bosqichma-bosqich qo‘lga kiritish uchun tizimli mustaqil ish olib borishi.
6. Muntazam o‘z faoliyati natijalarini tahlil qilish malakalari shakllangan bo‘lishi.
7. Ilg‘or, ijodkor pedagoglar faoliyatini o‘rganib shaxsiy faoliyatga imkoniyati chegarasida qo‘llash malakasi hosil bo‘lgan bo‘lishi;
8.O‘qituvchining mustaqil bilim olishi, ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganib, faoliyatga qo‘llashi uchun shart-sharoitlar yaratishi;
9. O‘qituvchi shaxsiy pedagogik tajribaga ega bo‘lishi va h.k.
Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo‘yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak kafolatli natijalarga erishishdir, bu talabni yuzaga keltirishda pedtexnologiyalar to‘la ishonchli vosita bo‘la oladi. Kurs ishida tavsiya qilingan interfaol metodlardan o‘rinli, maqsadli, samarali foydalanish ta’lim oluvchida muloqotga kirishuvchanlik, jamoaviy faoliyat yuritish, mantiqiy fikrlash, mavjud g‘oyalarni sintezlash, tahlil qilish, turli qarashlar orasidagi mantiqiy bog‘liqlikni topa olish qobiliyatlarini tarbiyalash uchun keng imkoniyat yaratishga xizmat qiladi.
Ishimizning tavsiyalari talabalarni kichik guruh va jamoada ishlash, o‘rganilayotgan mavzu, muammolar bo‘yicha shaxsiy qarashlarini dadil, erkin ifodalash, o‘z fikrlarini himoya qilish, dalillar bilan asoslash, tengdoshlarini tinglay olish, g‘oyalarni yanada boyitish, bildirilgan mavjud mulohazalar orasidan eng maqbul yechimni tanlab olishga rag‘batlantirish imkoniyatiga egaligi bilan alohida ahamiyat kasb eta oladi.


Yüklə 322,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə