SHAXMAT VA SHASHKA
8.32.
(5)
5 × 5
jadvalni
1 × 2
dominolar bilan to’liq qoplab chiqish
mumkinligini ko’rsating.
8.33.
(10) Shaxmat doskasining ikki qarama-qarshi uchlari qirqib olindi.
Hosil bo’lgan shaklni
1 × 2
dominolar bilan qoplab
chiqish mumkin emaligini
ko’rsating.
8.34.
(10) Shaxmat doskasidagi ot
𝑨𝟏
xonadan boshqasiga harakatlandi va
shunday bir necha qadamlardan so’ng u yana dastlabki holatiga qaytdi. Uning bu
vaqt davomidagi yurishlari soni juft ekanligini ko’rsating.
8.35.
(10) Ot
𝐴1
xonadan
𝐻8
ga qolgan
hamma xonalarni aniq bir
martadan bosib o’tgan holda borishi mumkinmi?
8.36.
(15) (BO 89) Shaxmat doskasiga bir-birini urolmaydigan qilib 8 ta
ladya qo’yilgan. Qora rangli xonalardagi ladyalar soni juft ekanligini ko’rsating.
8.37.
(15) a) 25x25 jadvalga bosh diaganalga nisbatan simmetrik qilib 25 ta
shashka qo’yilgan. Qaysidir shashka dioganalda joylashganligini ko’rsating.
b) Agar shashkalar joylashishi bo’yicha har ikki dioganalga nisbatan
simmetrik bo’lsa jadvalning markazida shashka borligini ko’rsating.
8.38.
(15) (BO 93) 10x10 jadvalning bosh dioganalidagi
har bir xonasiga
bittadan shashka qo’yilgan. Har qadamda istalgan ikki shashka tanlanib ularning
har birini bir xona pastga tushirishga ruxsat berilgan (agar bunday qilish mumkin
bo’lsa, albatta) Shunday qadamlar yordamida barcha shashkalarni jadvalning quyi
satriga olib kelish mumkinmi?
Dostları ilə paylaş: