I bob syujetli mantiqiy masalalar (TO’plamlar orasidagi munosabatlarga keltiriladigan masalalar)



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/56
tarix11.12.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#147107
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Gorbachev(O\'zbekcha) (1)

1.17.
 
Quyida keltirilgan mulohazalarning ko’pi bilan nechtasi rost bo’lishi 
mumkin? 
i)
Otabek yolg’onchi; 
ii)
Otabek adashmayapti; 
iii)
Otabek adashyapti, ammo u yolg’onchi emas; 
iv)
Agar Otabek yolg’onchi bo’lsa u holda u adashmayapti; 
v)
Otabek yolg’onchi bo’ladi faqat va faqat u adashayotgan bo’lsa; 
vi)
Yoki Otabek yolg’onchi yoki u aybdor ammo bularning ikalasi 
birgalikda rost bo’lishi mumkin emas; 


1.18.
 
Uch do’st: Orif, Shaxrizod va Shahboz bir firmada bugalter, kassir va kotib 
bo’lib ishlashadi. Agar Shahboz-kassir bo’lsa Shaxrizod-kotibdir, agar Shahboz-
kotib bo’lsa Shaxrizod-bugalterdir. Agar Shaxrizod kassir bo’lmasa u holda Orif 
ham kassir emas . agar Orif-bugalter bo’lsa u holda Shahboz-kotibdir. Kim qanday 
lavozimda ishlaydi?
1.19.
 
Stol ustida 4 ta kartochka bor, ularning ustiga A, B, 4, 5 deb yozilgan. 
“Agar kartochkani bir tarafiga juft son yozilga bo’lsa, unda uning ikkinchi tarafiga 
unli harf yozilgan” ushbu jumlani to’g’riligini isbotlash uchun eng kamida nechta 
kartochkani chapparish kerak? 
1.20.
 
Birinchi chuqurchada ikta oq tosh bor, ikkinchisida ikta qora va 
uchinchisida bitta oq bitta qora tosh bor. Har bir chuqurchani oldida undagi 
toshlarni ko’rsatib turadigan kartochkalar bor. Bitta shumtaka kelib kartochkalarni 
hammasini joyini o’zgartirib qo’ydi. Eng kamida chuqurchalardan toshlarni bitta-
bitta olib qaysi chuqurda qanaqa toshlar borligini aniqlash mumkin? (toshlar har 
olinganda yana qaytarib joyiga solinadi) 
1.21.
 
Birinchi chuqurchada 3 ta oq, ikkinchisida 2 ta oq va bitta qora, 
uchinchisida 1 ta oq va 2 ta qora, to’rtinchi chuqurchada esa 3 ta qora sharchalar 
bor. Shumtaka yana kelib kartochkalarni chalkashtiirb yuborda va natijada har bir 
kartochka xato ko’rsatib qoldi. Uch yo’lovchi kelib (har biri bir chuqurchaga) 
chuqurchalar qarshisiga turishdi. Yo’lovchilar o’zchuqurchalaridan ikki sharchani 
olib ko’rishi mumkin, ularda xato kartochkalar ham bor. Yo’lovchilarning uchtasi 
kar va to’rtinchisi ko’r edi. Birinchi yo’lovchi dedi: “Menda ikkita qora shar 
chiqdi va men uchinchi sharchaning ham rangini aniqlay olaman” Ikkinchi 
yo’lovchi dedi: “Men bitta oq va bitta qora sharcha oldim va men chuqurchada 
qolgan sharchaning ham rangini aniqlay olaman”. Uchinchi yo’lovchi dedi ; 
“Menda ikkita oq shar chiqdi va chuqurchada qolgan sharchaning rangini aniqlash 
imkoni yo’q”. To’rtinchi yo’lovchi ko’r bo’lganligi sababli ‘z sharchalar rangini 
hattoki kartochkasini ham ko’ra olmadi, ammo u shunday dedi- “men o’z 
chuqurchamdagi 
sharlarning 
rangini 
bilaman. 
Bundan 
tashqari 
men 
hamrohlarimning chuqurchalaridagi sharchalarning ham rangini aytib berishim 
mumkin” U bunday xulosaga qanday qilib kelganligini aniqlang. 

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə