I bob. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida turkistonda ijtimoiy-pedagogik jarayon va jadidchilik


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RUYXATI



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə2/12
tarix11.02.2022
ölçüsü0,57 Mb.
#83679
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
munavvar qori abdurashidxonovning mar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RUYXATI ……………………...55

ILOVALAR………………………………………………………………………………………………...56

KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. Respublikamiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritgach, jadid tarbiyashunosligini tadkik etish va o’rganish imkoniyatiga ega bo’lindi. Pedagogikamiz tarixida uchmas iz qoldirgan jadidlar pedagogikasini atroflicha o’rganish maqsadga muvofikdir. Demak, bizning vazifamiz, avvalambor, mana shu ma’naviyatimiz sarchashmalarini va bobokalonlarimizning boy an’analarini davom ettirishdir.

XX asr, avvalo, kupchilik xalq ommasini savodxon qilish va ayni paytda yangilanayotgan zamonning munosib farzandlarini tarbiyalash masalasini kun tartibiga quydi. Boshqacha aytganda, ma’rifat, tenglik, ozodlik degan va xuddi shu davrda aniq mazmun -mundarijaga ega bo’lgan yuksak tushunchalar bilan birgalikda talqin qilinishi shart bo’lib qoldi, Turkistonda qisqa muddatda o’zbek ma’rifatchilarining butun bir avlodi yetishib chiqdi,Faoliyati o’tgan asrning sungidan boshlanib, inkilobdan keyingi yillargacha kelib ulangan bu avlod xalqimizning umumiy ma’rifatidagina emas, ijtimoiy-siyosiy ma’rifatida yangi turmushga tayerlashda ham buyuk xizmat edi.

Jadidlar harakati ijtimoiy-tarbiyashunoslikda alohida oqim sifatida XX asr boshlarida Krim, Kozon, Kavkaz va Markaziy Osiyoda shakllandi. Jadidchilikning otasi Krim-tatar Ismoilbek Gasprali edi. U o’zi nashr etgan Tarjimon” ruznomasida musulmon maktab va madrasalarida diniy bilimlarni arab, fors, rus tillarini o’rganish bilan birga tibbiyot, kimyo, nabotot, nujum, xandasa ilmlarini o’rganishni ham keng targ’ib qildi.

I, Gaspralining g’oyasini quyidagi ma’rifatparvarlar o’zlarining ijodiy faoliyatlari bilan davom ettirganlar. Bu ma’rifat darg’alarining bizga qoldirgan noyob asarlari, faoliyatlari bugungi kun ilmiy pedagogikamiz tarixida, ma’naviy barkamol insonni tarbiyalashdagi savobli ishimizda bizga dasturilamal bo’ladi deb o’ylaymiz. Isxoqxon Ibrat, Siddikiy-Ajziy, Saidrasul Aziziy,Muhammadsharif Sufizoda, Abdultsodir SHakuriy, Abdulla Avloniy, Sadriddin Ayniy, Maxmudxoja Bexbudiy, Hamza Xakimzoda Niyoziy kabilar shular jumlasidandir. Bu ruyxatning boshida, ehtimolki, hayoti va ijodiy faoliyati hozirgacha o’rganish bosqichida bo’lgan Munavvar Qori Abdurashidxonov turadi.

Munavvar Qori ilg’or fikrli, millatning kelajagini oldindan ko’ra bilgan taraqqiyparvar edi. U o’z faoliyatini Turkiston ulkasida ayni paytda eng zarur bo’lgan yangi usuldagi maktab tashkil qilish va shu kabi maktablar uchun o’quv darsligi yozishdan boshladi. Uning «Adibi avval» “Birinchi muallim”, «Adibi soniy», “Ikkinchi muallim”, «Alifbo», «Jug’rofiya»kabi darslik kitoblari shu jumladandir. Yetuk ustoz va ilg’or tashkilotchi bo’lgan Munavvar Qori nazariya bilan amaliyotni birday olib bordi. Ayni davrdagi Turkiston ulkasidagi sharoitdan, bolalarning hayotiy ehtiyojlaridan kelib chikib. darsliklar ijod qildi,

Munavvar Qori, zamondoshlaridan biri ta’kidlaganidek, kuchli siyosatdon ham edi. Uning inqilobgacha bo’lgan asosiy faoliyati maorif va uni yuksaltirish yo’lida kechdi.Turkiston jadidlari ozodlik, ma’rifat uchun kurashlarini ma’lum dastur asosida ikki yunalishda madaniy taraqqiyotni rivojlantirish, buning uchun ma’rifatparvarlikka asoslanish va bu boradagi faoliyatni amaliyot bilan bog’lik holda olib borish orqali amalga oshiradilar. Ular milliy uyg’onishning asosini ta’lim o’quv dasturlarini isloh qilishda kurdilar, shu tariqa Turkistonda ijtimoiy ong taraqqayotini boshlab beradilar. Ular kishilar qalbini harakatga keltirish, milliy iftixor tuygusini uygotish uchun kurashdilar.

Turkistonda vujudga kelgan milliy uygonish vakillari-jadidlarning aksar qismi maorifning mavjud xolatiga qarshi bosh kutarib, isloxotlar o’tkazish, yangi usul maktablari tashkil etish, Turkistonliklarni qisqa fursatda rivojlangan madaniyatli va farovon turmush kechiradigan ulkaga aylantirish yo’lida harakat qildilar. Ularning ezgu amallari, pokiza niyatlari, ilg’or g’oyalari avlodlar tomonidan unutilmaydi va mustaqil Vatan ta’limini yo’lga qo’yish amaliyotida, hech shubxasiz, foydalaniladi. Jadidchilik harakatining turli soxadagi g’oyalarini bir qator olimlar uzlarining risolalari va ilmiy-metodik qo’llanmalarida ishlab chikdilar. Begali Qosimov, Naim Karimov, Sotimjon Xolboev, Sirojiddin Axmedov, Ulug’bek Dolimov, SHuxrat Rizaevlarning Turkiston jadidchilik harakatining otasi Munavvar Qori haqida ayrim maqolalari mavjud. Mustaqil O’zbekistonning milliy mafkurasi va Munavvar Qorining pedagogik qarashlarining zarurligini hisobga olib BMImiz mavzusini «Munavvar Qorining ma’rifiy va pedagogik qarashlari» deb nomladik,


Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə