I bob. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida turkistonda ijtimoiy-pedagogik jarayon va jadidchilik



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə5/12
tarix11.02.2022
ölçüsü0,57 Mb.
#83679
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
munavvar qori abdurashidxonovning mar

Tadqiqotning metodologik asosi. O’zbekistan Respublikasining «Ta’lim to’g’risida» gi Qonun. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining va xukumatimizning madaniyat, va xalq ta’limi to’g’risidagi farmon va qarorlari. SHaxs kamolotiga doyr ilg’or xalq pedagogikasi.

Tadqiqot metodlari. O’zbekiston Respublikasi Davlat xujjatlaridagi manbalarni ijodiy o’rganish. Adabiy, falsafiy, etnografik va pedagogikaga doir ilmiy-nazariy adabiyotlar taxlili. Turkistondagi jadid maktablari dastur va rejalarining taxlili.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Tadqiqot ishimiz O’zbekiston Respublikasida Munavvar Qorining ma’rifiy va pedagogik qarashlarini o’rganishda birinchi urinishdir. Munavvar Qorining ijodi va pedagogik faoliyatini o’rganish orqali Turkistonda barkamol insonni tarbiyalab yetishtirishda tutgan o’rniii asoslash. Rossiya ta’siri ostida bo’lgan ijtimoiy sharoitda ma’rifat va madaniyat rivojlanishida milliy maktab uchun kurash mazmuni va undagi asosiy tamoyillar kay darajada ekanligini xozirgi davr ta’lim mazmuniga taqqoslash va undan ijodiy foydalanish yo’llarini ko’rsatish.

Tadqiqotning amaliy ahamiyati. Munavvar Qorining ma’rifiy va pedagogik qarashlariga doir ilmiy-tadqiqot natijalari o’qituvchilarga, talabalarga pedagogika tarixini o’rganishlarida qo’l keladi. Munavvar Qorining ilmiy-nazariy merosidan boshlang’ich sinflarda odob saboqlari, o’qish va tabiatshunoslik darslaridagi mavzularni boyitish maqsadida respublika maktablarida foydalanish mumkin.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə