I bob Yosh avlodni tarbiyalashda pedagogik texnologiyani qo’llash jarayonining o’ziga xos xususiyatlari


Maktabgacha ta’lim tashkilotida pedagogik texno-



Yüklə 41,21 Kb.
səhifə3/7
tarix11.05.2023
ölçüsü41,21 Kb.
#109534
1   2   3   4   5   6   7
Kurs ishi.loyiha3

1.2 Maktabgacha ta’lim tashkilotida pedagogik texno-
logiyalarni ta’lim-tabiya jarayoniga tadbiq etish.
Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo’g’ini hisoblanib, u har tomonlama sog’lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi “Maktabgacha ta‟limni o’qitish texnologiyalari va loyihalashtirish” fanining maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
- Bo’lajak pedagog-tarbiyachilarni zamonaviy pedagogik texnologiyalarning nazariy asoslari bilan qurollantirish; - MTTlarda pedagogik jarayonlarni samarali tashkil etishlari uchun zarur mahoratlarga ega bo’lishlarini ta‟minlash;
- Zamonaviy pedagogik texnologiyalar, g’oyalar maktablar, yo’nalishlar, keng turlarida yo’l topa bilish mahoratini shakllantirish;
- Pedagogik faoliyatni ijodiy va metodik to’g’ri bajarish ko’nikma va malakalarini shakllantirish;
- Mustaqil ishlash, mustaqil bilim olish, o’zini tarbiyalash va o’zini mutaxasislik darajasini doimiy oshirib borishga intilishni faollashtirish.
Pedagogik amaliyotda yangi yo’l va vositalarini jadal tatbiq etilayotganligini kuzatish mumkin. Biroq ba’zi ta’lim shakl va faol usullar o’rniga bo’linmas ta’limiy texnologiyalar zarur. Lekin ta‟limiy jarayonni texnologiyali loyihalashtirish va rejalashtirishni, faqat texnologik bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lgan tarbiyachibajara olishi mumkin.
Texnologik bilimlar tizimi quyidagi tashkil etuvchilardan iborat:
tushunchaga oid qism - texnologiyalashtirishning murakkabroq bo’lgan toifa va qoidlarini o’rganishga yo’l;
ta’lim texnologiyasining tarkibiy qism va harakatlanuvchi tuzilma – ta’lim jarayonini bashoratlash va loyihalashtirish asosi to’g’risida tushuncha;
talimiy texnologiyalarning konseptual asoslari - har qanday ta’lim texnologiyasi negiziga pedagogik va psixologik fanlar yutug’ida ifodalangan pedagogik g’oya asos bo’ladi;
maqsadni belgilash - agar pedagogik vazifalar aniqlangan bo’lsa va o’quv faoliyatining yakuniy natijalari bir ma’noda ifodalangan bo’lsa, boshlanish shartlari ma‟lum bo’lsa, ta’lim jarayonini loyihlashtirish mumkin;
ta’lim berish modeli – maqbul yo’llar (usul va shakllar) va vositalar yig’indisi - mavjud sharoitlar va belgilangan vaqtda ob’ektning boshlang’ich holatini o’zgartirish bo’yicha ko’zlanayotgan natijalarga erishish kafolati;
boshqaruvning yo‘l va vositalar yig‘indisi: bashoratlash, loyihalashtirish, rejalashtirish, tashkillashtirish, nazorat va baholash, shuningdek tezkor o’zgartirish to’g’risida boshqaruv xulosasini qabul qilish maqsadida ta’lim jarayonini uzluksiz va muntazam kuzatish monitoring.
Har bir pedagog ta’lim berishni texnologiyalashtirish asosini o’rganishni boshlashdan avval, quyidagi maslahat va tavsiyalarga e’tibor qaratishi zarur:
1. Texnologiyalashtirish asosida ifodalangan, va bu bilan albatta siz tanishishingiz zarur bo’lgan qoidalar, shu zahoti sizga tushuntirish bermaydi, faqat ko’zlanayotgan maqbul va samarali natijaga erishish uchun nima ish qilish zarurligini ko’rsatadi. Har bir yo‘l va vosita o‘qituvchi-texnolog tomonidan, u intilayotgan, yakuniy natijaga erishishga ko‘rinarli qo‘shgan hissasi tomoni bilan baholanishi zarur.
Qoidaning maqbulligini talqin qila turib, e’tiborni nafaqat unga, uni qo’llashni nazarda tutuvchi vaziyat yoki sharoitlarga qaratish zarur. Gap shundaki qoidalar odatda, formula emas, boshqaruv xususiyatga ega bo’ladi, modomiki ularni qo’llash mumkin bo’lgan, ta’lim jarayoni sharoitida ayrim noaniqliklar bor.
2. Mashhur olim O’. Shonessining «...kitoblar hech qachon tajriba o‘rnini bosa olmaydi degan fikriga qo’shilish mumkin. Mahoratli oshpaz oshpazlik to’g’risida kitob yozishi mumkin, uni tayyorlash yo’liga amal qilib, xuddi shunday chiqishini kutmaslik kerak, chunki uning mahorati bilan taqqoslab bo’lmaydi - berilgan qoidani ishlatib muhim ko„nikma va malakalar ega bo’lish mumkin emas, ular faqat amaliyotda egallanadi va “qo’llaniladigan donishmandlik” deb ataluvchi amaliyotli donishmandlik bilan mustahkamlanadi, ya‟ni vaziyat bilan muvofiqlikdagi donishimandlik
3. “Ta’lim jarayonini ixtiyoriy qurish va amalga oshirishdan, uning har bir qism va bosqichlarini izchil asoslangan, yakuniy natijani haqqoniy tashxislashga yo’naltirilgan” ga o’tish uchun asos zarur. Agarda pedagog ta’lim jarayonini texnologyalashtirishga o’tish muhimligini anglamas ekan, unda “biz yangi texnologiyalarning yutug’larini bermaylik, paydo bo’lgan muntazamlik mexanizmini chiqarib tashlay olmaydi, yo bo’lmasa majbur qilingan texnologiyalar ziyonli natijalarni ko’paytirish mumkin ” .
4. Nihoyat, shaxsiy ta’lim berish texnologiyasini loyihalashtirish va mavjud ta’lim berish texnologiyasini qo’llash “o’qituvchi, vaziyat madaniyati, shuningdek shaxsiy yoki o’quvchilarning shaxsiy xususiyatlari bilan yuzma-yuz kelish yo’nalishi bilan ish tutmog’i kerak. Ta’limni texnologiyalashtirish g’oyasi yangilik emas.
Bundan 400 yil avval chex pedagogi Yan Amos Komenskiy ta’limni texnologiyalashtirish g’oyasini ilgari surgan. U ta’limni “texnikaviy” qilishga undagan, ya’ni hamma narsa, nimaga o’qitilsa, muvaffaqiyatga ega bo’lsin. Natijaga olib keluvchi, o’quv jarayonini, u “didaktik mashina” deb atagan.
Bunday didaktik mashina uchun: aniq qo’yilgan maqsadlar; bu maqsadlarga erishish uchun, aniq moslashtirilgan vositalar; bu vositalar bilan qanday foydalanish uchun, aniq qoidalarni topish muhimligini yozgan.
Ta’lim nazariyasi va amaliyotida o’quv jarayoniga texnologik xususiyatni berish uchun 50-yillarda birinchi urinishlar qilib ko’rilgan. Ular o’z ifodasini an’anaviy o’qitish uchun majmuali texnik vositalarni yaratishda topgan.
Hozirgi vaqtda pedagogik texnologiya «o’qitishning texnik vositalari yoki kompyuterlardan foydalanish sohasidagi tadqiqotlardek qaralmaydi, balki bu ta‟lim samaradorligini oshiruvchi omillarni tahlil qilish, ishlab chiqish hamda usul va materiallarni qo’llash, shuningdek qo’llanilayotgan usullarni baholash yo’li orqali ta‟lim jarayonining asoslari va uni maqbullashtirish yo„llarini ishlab chiqishni aniqlash maqsadidagi tadqiqotdir» .
Barcha ta‟lim va tarbiya ishlarini pedagogik texnologiya yo’liga o’tkazish, maktab amaliyoti pedagogik jarayonini ixtiyoriy qurish va uni amalga oshirishdan keskin burilishi quyidagilarni anglatadi:
uning har bir qism va bosqichlarining izchil asoslanganligi (ta’lim jarayonini tartiblashtirish
batafsil aniqlangan va asoslangan, ishlarni ma’lum tartibidan tashkil topgan qismlar - muloqot, axborot va boshqaruvning yo’l va vositalarini bo’lish orqali mumkin qadar rasmiyatchilik nuqtai nazaridan rasmiylashtirilgan);
yakuniy natijani haqqoniy tashxis qila olishga yo’naltirilganligini;
ta’lim jarayoniga mavjud sharoit va belgilangan vaqt ichida qo’yilgan ta’limiy maqsad hamda ijobiy natijaga erishishni ta’minlaydigan ishlab chiqarish-texnologik jarayonining mukammal, aniq yo’lga qo’yilgan, izchil, muvofiqlashgan xususiyatini berish;
uning samaradorligi va inson imkoniyatlari (kuch, vaqt)ni maqbullashtirish maqsadi bilan butun ta‟lim jarayonini boshqaruvchanligi.
Tarbiyachilarning reja asosida ta’lim berishga yo’naltirilgan ta’limiy faoliyat jarayonini noan’anaviy shakllarda tashkil etish, ta’lim jarayonini mukammal andoza asosida loyihalashga erishish, mazkur loyihalardan oqilona foydalana olish ko’nikmalariga ega bo’lishi ta’lim oluvchilar tomonidan nazariy bilimlarni puxta, chuqur o’zlashtirilishi, ularda amaliy ko’nikma va malakalarning hosil bo’lishining kafolati bo’la oladi. Tarbiyachi mashg’ulot metodini tanlar ekan bolalarning faolligi, qiziqishini ham hisobga olishi zarur. Bolalarning qiziqishi past guruhlarda ularning faolligini oshiruvchi, fanni o‘rganishga qiziqish uyg'otuvchi metodlarni qo’llash zarur.
Bunda modellashtiruvchi o‘yin turli qiziqarli mashqlar, konkurslar o‘tkazish, bolalarga individual topshiriqlar berish, aytaylik, biron aqliy rivojlanishni o‘zgarishidan qanday xulosa chiqishi borasidagi flkrlashlar bilan kechadi.
Bolalarning faolligi yuqori guruhlarda ularni o‘z ustida mustaqil ishlashlarini ta'minlovchi, erishgan darajada qotib qolmay, yanada ko’proq bilishga undovchi metodlarni qo’llash muhim. Ta’limiy faoliyat o‘tish metodining ustun darajada bajaradigan funksiyalari Ta'lim berish ko’zda tutilsa bir xil, olingan bilimni nazorat qilish lozim bo’lsa boshqa xil metod qollash zarur. Shuningdek, olinadigan bilim, malakaning zaruriy manbalariga ko’ra metod tanlash, muhim ahamiyatga ega. Ta’limiy faoliyat o‘tish metodini tanlashda ta'lim berish muddatini ham hisobga olish zarur. Ma'lumki vaqt inson uchun eng cheklangan resurs. Shuning uchun bolalarni doimo vaqtdan unumli foydalanishga o‘rgatish zarur. Ta’limiy faoliyat jarayonida qo’llaniladigan metodni tanlashda tarbiyachi bilan bolalar o‘rtasida ta’lim jarayonida shakllanadigan munosabatlarda o‘zaro hamkorlikka diqqat qaratilsa, boshqalarida avtoritarlik ustun, mashg’ulot o‘tish metodini tanlashda eng muhim omil bu tarbiyachining faoliyatga tayyorgarligi darajasidir. Chunki qaysi metodni qo’llash qanday qilib mashg’ulot o‘tish, ta’limiy faoliyatning mazmuni bolalar ongiga yetkazish tarbiyachiga, uning bilimi, salohiyati, kasbiy ko’nikmasi, mahoratiga bog'liq. Yuzaki qaraganda faoliyat o‘tish metodini tanlash murakkab emas.
Ularni qanday qo’llash uchun tarbiyachida tajriba bor. Ulardan birortasini tanlasa bo’ldi, deya fikr yuritamiz. Lekin ko’rib o‘tganimizdek, ta’lim jarayonini tashkil etishga ko’plab omillar ta'sir qiladi.
Bundan tashqari real jarayonga kutilmagan holatlar, sabablar ta'sir qilishi mumkinki, uni avvaldan ko’rib, hisobga olib bo’lmaydi ta’limiy faoliyat o‘tishda samarali metodlarni qo’llash deganda, mavjud turli-tuman metodlarni orasidan qabul qilingan mezonlar bo’yicha mavjud sharoitda eng yuqori natijaga erishiladigan metodlarni qo’llash tushuniladi.
Ta’limiy faoliyat o‘tish metodlarini tanlashda yangi mavzuni, materialni o‘rganilishi, uni mustahkamlash, mavzuni umumlashtirish va ta’lim jarayoni bosqichlari ham katta rol o‘ynaydi. Mavzuni o‘rganish uchun metod tanlashda kompyuterdan foydalanish katta imkoniyatlarga ega.
Ta’limiy faoliyat o‘tish metodini tanlashning asosi algoritmlar bo’lib, tarbiyachi belgilangan mezonlar orqali mavzu, uzviy savolni o‘rganish uchun kompyuter yordamida optimal metodlarni tanlaydi. Hozirgi paytda 60 dan ortiq metodlarni 35 ta shartlar asosida tanlaydigan ‘Metod’ dasturlari bo’lib, ular so’zsiz tarbiyachiga mashg’ulot o‘tish metodini tanlashda katta yordam beradi.
Ta’limiy faoliyat muvaffaqiyatli ravishda qo’llanilayotgan metodlardan biri bolalar guruhlarini juftlik yoki kichik guruhlarga bo’lib mashg’ulot o'tishdir. Bu uslubda asosiy mas'uliyat bolalar zimmasiga yuklanib, ular faolligini oshirishga qaratiladi. Ilg'or mamlakatlar, shuningdek, mamlakatimiz pedagoglarining tajribasi kichik guruhlar tufayli ta'lim oluvchilar o‘rtasida ancha mustahkam munosabat o‘rnatilishini ko’rsatadi’
Kichik guruhlarga ta’limiy faoliyat o’tish :
1. Bolalarni hamkorlikda ishlashga, bilish jarayonini faollashtirishga, ularda kommunikativlik, kirishimlilik, boshqalarning fikrini eshitishni o‘rgatadi;
2. Berilgan topshiriqni birgalikda bajarish jarayonida o‘rtoqlari tomonidan bildirilgan fikrlarni muhokama qilishga moyillik paydo bo’ladi;
3. Savollarni aniq shakllantirishni, beradigan javoblarni asoslab berishni o‘rganadilar;
4. Ta'lim oluvchining potensial imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishga yordam beradi. Bilmaganlarini bir-birlaridan so’rab o‘rganish imkoniyati yaratiladi. Ta'lim oluvchilar bilimini o‘zaro hamkorlikda boyishini ta'minlaydi;
5. Tortinchoq bolalar o‘z bilimlari, mahoratlarini namoyon qilish imkoniyatiga ega bo’ladilar;
6. Qobiliyatli, iqtidorli bolalar o‘z qobiliyatlarini namoyish qilish, boshqalarga yordam berish, ularga o‘rgatishlari va ulardan ham nimanidir o‘rganishlari mumkin;
7. Kichik guruhlarda ishlash har bir bolaga, o‘zini guruhning bir bo’lagi sifatida his qilish, bir-birlarining muvaffaqiyatlarini ko’rsatishga o‘rganadilar.
Pedagogik faoliyatning muvaffaqiyati turli vazifalar mohiyatining bir yo’la yoki birin-ketin anglanishiga bog’liq. Pedagogik faoliyat uchun umumiy bo’lgan vazifalarni belgilab olish muhimdir. So’ngra pedagogik jarayonning ma’lum bosqichi mohiyatini aniq ifodalaydigan bosqichli vazifalar (alohida olingan bosqich vazifalari)ni, nihoyat xususiy (vaziyatli) pedagogik vazifalarni aniq belgilab olish maqsadga muvofiq:
Agar pedagogik vaziyat yetarli darajada to’g’ri anglanmasa, u holda pedagogik vazifalarning hal etish yo’llari ham to’g’ri belgilanmaydi.
Maktabgacha ta'lim tizimida pedagogik jarayon tashkilotchilari hisoblangan rahbarlar va tarbiyachilar belgilangan maqsadlarga erishishda ta'lim oluvchilarning boshlang'ich tushunchalari, qiziqishi, ehtiyoji va qobiliyatlarini, shaxsiy xislatlarini, shuningdek pedagogik jarayonni ilmiy asosda tashkil etishning murakkab tomonlarini faol o'rganishlari va shular asosida pedagogik jarayonni takomillashtirish, samaradorligini oshirishga yordam beradigan turli tadbirlami ishlab chiqishlari zarur.
Maktabgacha ta'lim tizimidagi pedagogik jarayonlarda ta'lim oluvchilarning faolligini ta'minlash va takomillashtirish hamda ta’lim jarayonini rivojlantirishning eng asosiy shartlaridan biri pedagog xodimlarning faoliyatini ilmiy asosda tashkil etilishidir. Maktabgacha ta'lim tizimida pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishda o'qituvchi faoliyatining ilmiyligi - yangiliklarini izlash, o'rganish va ularga asoslanish hamda ilmiy asoslangan ma'lumotlardan foydalanish, pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishning pedagogik, psixologik va ijtimoiy-iqtisodiy asoslarini o'zlashtirish, shular qatori pedagogik jarayonlarga innovatsion yondashuv texnologiyalarini joriy etish kabi vazifalarni belgilaydi.
Maktabgacha ta'lim tizimidagi pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishning samaradorligi - bu boshqaruv qonuniyatlari, usul va metodlari hamda innovatsion texnologiyalarga asoslangan boshqamv faoliyati asosida tashkil etilgan ta'lim-tarbiya jarayonining natijaviyligi hisoblanadi. Maktabgacha ta'lim tizimidagi pedagogik jarayon ishtirokchilari tomonidan ko'zlangan maqsadlar yo'nalishida erishilgan natijalar mazkur jarayonning samaradorligini ifodalaydi va u pedagogik jarayon subyektlari (mazkur jarayon ishtirokchilari) dunyoqarashining o'zgarishi, tafakkurining rivojlanishi, bilim, ko'nikma va malakalarining shakllanishi va rivojlanishida o'z ifodasini topadi.
Maktabgacha ta'lim tizimida pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish samaradorligi ko'p jihatdan uning quyidagi o'ziga xos jihatlarini inobatga olish zaruriyatini belgilaydi:
pedagogik jarayon samaradorligi o'zaro bog'liq va aloqador bo'lgan ta'lim-tarbiyaviy jarayonlarning natijaviyligini ifodalashi;
pedagogik jarayonning o'zaro bog'liq va aloqador bo'lgan barcha tashkil etuvchi qismlari bir butun, yaxlit dinamik tashkiliy tuzilishga ega ekanligi;
pedagogik jarayon dinamikasi protsessual xususiyatlarga ega ekanligi;
pedagogik jarayon komponentlarining o'zgarishi pedagogik tizim samaradorligiga ta'sir ko'rsatishi.
pedagogik jarayonlar samaradorligi ta'lim oluvchilar faolligi va mustaqil faoliyatiga bog'liqligi;
ta'lim oluvchi shaxsining rivojlanishiga turli darajada ta'sir ko'rsatuvchi tarbiyaviy munosabatlaraing mavjudligi;
pedagogik jarayonlar komponentlarining o'zaro bog'liqligi va aloqadorligi;
pedagogik jarayonlarda qayta aloqaning o'ziga xos ahamiyati va zaruriyati;
ta'lim oluvchilarda ta'lim olishga bo'lgan qiziqish, ya'ni ularda o'quv motivlarini shakllantirish zaruriyati;
ta'lim oluvchilarda ijobiy motivlar shakllantirishning samaradorligi pedagogik jarayonlarning natijaviyligini ifodalashi;
pedagogik jarayonlarni samaradorligining motivlashtirishga bog'liqligi;
pedagogik jarayonlarda axborotlarning yangi va ishonchli bo'lishi zaruriyati.
Maktabgacha ta'lim tizimidagi pedagogik jarayonlarning samaradorligini ta'minlashga xizmat qiluvchi innovatsion texnologiyalar turli yondashuvlarga asoslanishi hamda pedagogik jarayon samaradorligi mazkur jarayon ishtirokchilari faoliyatini tashkil etish va boshqarishda qollaniladigan metodlar va yondashuvlarning o'ziga xos xususiyatlariga ham bog'liqligi pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishning o'ziga xos jihatlarini o'rganish zaruriyatini belgilaydi.

Yüklə 41,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə