I bob Yosh avlodni tarbiyalashda pedagogik texnologiyani qo’llash jarayonining o’ziga xos xususiyatlari


Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim samaradorligini oshirishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish



Yüklə 41,21 Kb.
səhifə5/7
tarix11.05.2023
ölçüsü41,21 Kb.
#109534
1   2   3   4   5   6   7
Kurs ishi.loyiha3

2.2 Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim samaradorligini oshirishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish
Ijtimoiy taraqqiyotning turli bosqichlarida ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, uning izchilligi va uzluksizligini ta’minlashga erishish masalalari yetuk mutafakkirlar hamda ilg’or pedagoglarning diqqat-e’tiborlarini jalb etib kelgan. Yosh avlod ta’lim tarbiyasini tashkil etishning ushbu jihatlari o’z davrida Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug’bek, Yan Amos Komenskiy, Dmitriy Konstantinovich Ushinskiy, Abdulla Avloniy, Hamza Xakimzoda Niyoziy, Abduqodir Shakuriy va boshqalar tomonidan o’rganilgan.
Axborotlar almashinuvining globallashuvi, shuningdek, ilm- fan, texnika va ishlab chiqarish sohalarida ro’y berayotgan ilmiy yangiliklarning son va sifat jihatidan keskin o’sib borishi o’z- o’zidan o’quvchilarga ular borasida tezkor sur’atda va batafsil ma’lumotlar berishni kun tartibiga qo’ymoqda.
Ushbu talabning ijobiy ravishda qondirilishi, eng avvalo, ilmiy-nazariy hamda amaliy bilimlarni o’zlashtirishning qulay, maqbul shakli bo’lgan ta’lim jarayonida amalga oshiriladi’ Ta’lim jarayonining maqsadga muvofiq, samarali tashkil etilishi o’quv manbalari (o’quv dasturi, rejasi, darslik, qo’llanmalar) saviyasi, shuningdek, pedagogning bilim darajasi va pedagogik mahoratiga bevosita bog’liqdir.
Ta’lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llashda o’quv dasturi mazmunining mukammalligi, darslik hamda qo’llanmalarning zamonaviy talablar asosida yaratilganligi, o’quv rejasi mohiyatining nazariy va amaliy xususiyatlariga ko’ra yagona maqsadga erishish uchun xizmat qilishi, mashg’ulotlarni samarali tashkil etish imkonini beruvchi pedagogik shart- sharoitlarning mavjudligi, tarbiyachi hamda bolalar o’rtasida ijobiy, samimiy munosabatlarning qaror topishi kabi masalalar inobatga olinadi.
Ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalarni muvaffaqiyatli qo’llashning yana bir omili - bu muayyan, yaxlit ta’limiy jarayonni oldindan loyihalash, o’quvchilar tomonidan o’zlashtiriladigan nazariy va amaliy bilimlar, ko’nikma va malakalar darajasini tashhislash hamda ta’lim maqsadining muvaffaqiyatli natijalanishini avvaldan bashoratlay olishdan iboratdir.
Ayni vaqtda pedagogik yo’nalishda faoliyat olib borayotgan ilmiy tadqiqot institutlari, xalq ta’limi tashkilotlari va oliy o’quv yurtlari oldida o’quv jarayonini loyihalashning eng maqbul, barcha turdagi o’quv muassasalarida shakli, metod va vositalaridan qat’iy nazar tashkil etiladigan ta’lim jarayoni uchun birdek xizmat qiluvchi andozani yaratish maqsadga muvofiqdir.
Bu borada muayyan muvaffaqiyatlar ham qo’lga kiritilgan, ular to’g’risidagi ma’lumotlarga biz pedagogik texnologiya va uning mohiyatini ochib beruvchi, chunonchi, B.P.Bespalko, M.V.Klarin, V.Slastenin, M.O.Ochilov, N.Saidahmedov, K.Zaripov va boshqalar tomonidan yaratilgan adabiyotlar orqali xabardor bo’lishimiz mumkin.
Quyida biz yuqorida nomlari keltirilgan pedagog olimlarning nazariy qarashlariga tayangan holda ta’lim jarayonini loyihalash borasidagi shaxsiy mulohazalarimizni bayon etmoqchimiz. Muayyan ta’lim mashg’uloti jarayonining loyihasini ishlab chiqish quyidagi bosqichlardan iborat bo’ladi:
1- Bosqich. Ta’lim jarayonini loyihalashning dastlabki bosqichi o’quv predmetining mundarijasidan joy olgan mavzu yoki faoliyat mazmuniga doir manbalarni o’rganish, chunonchi, materiallarni yig’ish va ularning g’oyasi (mohiyati) bilan tanishib chiqish, ularda ilgari surilgan g’oyalarni umumlashtirish, turkumlashtirish hamda yaxlitlashdan iborat, Faoliayat predmetining mavzusi yoki faoliyat mazmuniga doir manbalar mohiyatini o’rganib chiqish o’qituvchi uchun o’quvchilar e’tiboriga taqdim etilayotgan mavzu (faoliyat mazmuni) xususida ularga batafsil, mukammal ma’lumotlarni bera olish, ta’limning umumiy jarayonini tasavvur etish imkonini beradi.
2- bosqich. Ikkinchi bosqich faoliyat predmetining mavzusi (faoliyat mazmuni) yuzasidan yagona, umumiy maqsadni aniq belgilash, umumiy maqsad doirasida kichik bo’lim (band)lar bo’yicha hal etiluvchi xususiy maqsadlarni ham belgilash, ta’lim maqsadiga erishish yo’lda ijobiy hal etib borilishi lozim bo’lgan vazifalarni ishlab chiqishga yo’naltiriladi. Ta’lim maqsadi va vazifalarining aniq, puxta belgilab olinishi o’qituvchi, shuningdek, tarbitalanuvchilar faoliyatini muayyan yo’nalishga solish, ta’lim maqsadiga erishishda vaqtdan unumli foydalanish, ta’lim jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan didaktik va tarbiyaviy muammolarning oldini olish, mavjud shart- sharoitlardan oqilona foydalanishga zamin hozirlaydi. Ikkinchi bosqich natijasi o’quv predmeti (faoliyat mazmuni)ning mavzusi bo’yicha yagona, umumiy hamda xususiy maqsadlar, shuningdek, vazifalarni qayd etish bilan tavsiflanadi.
3- bosqich. Ta’lim jarayonini loyihalashning uchinchi bosqichi ta’lim maqsadi va vazifalariga tayanilgan holda, o’quv jarayonining mazmunini ishlab chiqishdan iboratdir. Ta’lim jarayoni faoliyat materiali mazmunini yoritishga xizmat qiluvchi muayyan mavzu (faoliyat mazmuni) bo’yicha nazariy va amaliy bilimlar majmuini ifoda etish imkonini beradi’ Ta’lim mazmunida, shuningdek, tarbitalanuvchilar tomonidan o’zlashtirilishi lozim bo’lgan tushuncha, ko’nikma hamda malakalarning hajmi ham o’z ifodasini topa olishi lozim’ Zero, ta’lim mazmunining g’oyaviy jihatdan mukammalligi tarbitalanuvchilar tomonidan muayyan bilim, ko’nikma va malakalarning o’zlashtirilish darajasi bilan belgilanadi’ Uchinchi bosqich samarasi tarbitalanuvchilar tomonidan ma’lum tushunchalarning o’zlashtirilishi, ko’nikma va malakalarning shakllanishini ta’minlovchi shartlarining ishlab chiqilganligida namoyon bo’ladi.
4- bosqich. Ta’lim-tarbiya jarayonini loyihalashning eng muhim bosqichi sanalgan, to’rtinchi bosqichda mashg’ulotning shakli, metod va vositalarini tanlash kabi harakatlar amalga oshiriladi. Mazkur bosqichning muhimligi shundaki, aynan mashg’ulot shakli, metod va vositalari ta’lim jarayonining muvaffaqiyatini ta’minlanishiga olib keladi’ Ular yordami bilangina o’quv predmetining mavzusi (faoliyat mazmuni) borasidagi nazariy bilimlar tarbitalanuvchilarga uzatiladi, tarbitalanuvchilar tomonidan esa ushbu bilimlar qabul qilib olinadi. Muayyan mashg’ulot uchun eng maqbul deb topilgan shakl, metod va vositalarning belgilanishi ta’lim jarayonining qariyib 90 foizlik muvaffaqiyatini kafolatlaydi.
Yangi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarning asosiy mohiyati aynan mana shu bosqichda ochib beriladi. Tarbitalanuvchilar ijodiy izlanish, faollik, erkin fikr yuritishga yo’naltiruvchi ta’lim shakli, metod va vositalarining to’g’ri tanlanishi mashg’ulotlarning qiziqarli, bahs-munozaralarga boy bo’lishi, ijodiy tortishuvlarning yuzaga kelishiga turki beradi. Mana shu holatdagina tarbitalanuvchilar tashabbusni o’z qo’llariga oladilar, tarbiyachi pedagogning zimmasida esa ularning faoliyatini ma’lum yo’nalishga solib yuborish, umumiy faoliyatni nazorat qilish, murakkab vaziyatlarda yo’l-yo’riq ko’rsatish, maslahatlar berish hamda ular faoliyatini baholash kabi vazifalar qoladi.
5- bosqich. Navbatdagi (beshinchi) bosqichda tarbiyalanuvchilar tomonidan bilim, ko’nikma va malakalarning o’zlashtirilishi uchun yetarli deya belgilangan vaqt hajmi, ya’ni, muayyan mavzu (faoliyat mazmuni) yuzasidan ma’lum tushuncha, ko’nikma va malakalarning tarbiyalanuvchilar tomonidan qancha vaqt oralig’ida o’zlashtirilishi mumkinligi aniqlanadi.
6- Bosqich. Oltinchi bosqichda mashq (topshiriq)lar tizimi ishlab chiqiladi. Bosqich natijasi sifatida ishlab chiqilgan mashq (topshiriq)lar tizimining samaradorligiga alohida ahamiyat berish talabi mazkur bosqichning asosiy sharti hisoblanadi.
7- bosqich. Ta’lim jarayonini loyihalashtirishning yettinchi bosqichida tarbiyalanuvchilarning umumiy faoliyatlarini nazorat qilish vasuhbat asosida savol javob tizimini ishlab chiqish kabi vazifalar amalga oshiriladi. Nazariy va amaliy jihatdan to’g’ri bo’lgan test tizimining ishlab chiqilishi tarbiyalanuvchilarning mavzu (faoliyat mazmuni) yuzasidan muayyan tushunchalarni o’zlashtirish, shuningdek, amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantira olganlik darajalarini aniq va xolis aniqlay olish imkonini beradi.
8- bosqich. Ta’lim jarayonini loyihalashning so’nggi bosqichi yaratilgan loyiha (andoza)ni ta’lim jarayoniga tadbiq etilishi, ta’lim jarayonining yakuniy darajasi (samaradorligi)ni o’rganish bilan nihoyalanadi. Mazkur bosqichda ta’lim jarayonining umumiy ahvoli, erishilgan yutuq hamda yo’l qo’yilgan kamchiliklar, ularning yuzaga kelish sabablari tahlil etiladi, navbatdagi mashg’ulotlar jarayonida sodir bo’lgan kamchiliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilanadi.
Pedagogik texnologiya ta’lim-tarbiya jarayoniga o’ziga xos bo’lgan innovatsion yondashuvdir. Bolalarni rivojlantirish va tarbiyalashning, ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishning katta potensial imkoniyatlari mavjuddir. Ana shu imkoniyatlarni ro’yobga chiqarish yo’llari va metodlarini tushuntirib berish pedagogik texnologiyaning muhim muammolaridan biri hisoblanadi.
Inson aqliy faoliyatining, aql-zakovatining, ongli xatti-harakatining yuksak shakli – bu tafakkurdir. Tafakkur tevarak-atrofni, ijtimoiy muhtini hamda voqelikni bilish quroli, shuningdek insonning keng ko’lamdagi faoliyatini oqilona amalga oshirishning asosiy sharti sanaladi. Ana shu boisdan boshqa bilish jarayonlariga nisbatan tafakkur insonning aqliy va jismoniy faoliyatida alohida ahamiyat kasb etadi. Inson fikr yuritish faoliyatida o’zi aks ettirgan, sezgan, idrok qilgan, tasavvur etgan narsa yoki hodisalarning to’g’riligi, aniqligi, haqiqiyligi yoki ularning voqelikka mos tushishini aniqlaydi. Bilish jarayonida hosil qilingan hukmlar, tushunchalar, farazlar,xulosalar chin yoki chin emasligini aniqlaydi.
Shuning uchun ham pedagogik texnologiya asosida bolalarning bilish va amaliy faoliyatini tashkil qilishda tafakkurni rivojlantirish vazifasi hal etilishi lozim.
Maktabgacha ta'lim tizimida tashkil etiladigan va boshqariladigan pedagogik jarayonlar samaradorligiga ta'sir etuvchi omillar vaziyatlarga ko'ra mazkur jarayonni ichki va tashqi o'zgarishlarga moslashtirish, innovatsion metodlardan to'g'ri foydalanish, mazkur jarayon komponentlarining o'zaro bog'liqligi va aloqadorlik xususiyatlarini, innovatsiyalarning o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olish, ilmiy-metodik ta'minotini yaxshilash, ta'lim menejmenti tamoyillarini o'zlashtirish va qo'llash, boshqamv subyektlari faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirishga yo'naltirish asosida belgilashni ko'rsatadi.
Maktabgacha ta'lim tizimida tashkil etilayotgan pedagogik jarayonlarning samaradorligini ta'minlash texnologiyalarini xarakteri ana shu yondashuvlardan kelib chiqadi. Tizimli yondashuv texnologiyasi. Maktabgacha ta'lim tizimida tashkil etilayotgan pedagogik jarayonlarning samaradorligini ta'minlashni pedagogika fanida tizimli yondashuv texnologiyasisiz tasawur qilib bo'lmaydi. Bunday yondashuvning joriy etilishi mazkur jarayonlarda tasodifiy va kutilmagan holatlarning oldini olishga xizmat qiladi.
Tizimli yondashuv texnologiyasida ta'lim tashkilotlarida, xususan, uzluksiz ta'lim tizimida tashkil etiladigan pedagogik jarayonlar ahamiyat kasb etuvchi yaxlit tizim sifatida, ya’ni tashqi muhitda xizmat qilayotgan murakkab pedagogik tizim sifatida ko'rib chiqiladi. Pedagogik jarayonlar samaradorligini o'rganishda alohida xususiyatlarga ega bo'lgan bir necha qismlarga ajratib, ular o'rtasidagi aloqalar hamda o'zaro bog'liqlik xususiyatlari aniqlanadi, chunki har bir qism yaxlit tizimning o'zgarishiga o'z ta'sirini ko'rsatadi.
Bunda pedagogik jarayonlarning aloqalari va bog'liqligining mazmun va mohiyatiga ko'ra ularni bir butun, ya'ni yaxlit holda tasawur qilish talab etiladi. Pedagogik jarayonlar samaradorligini o'rganishda tizimli yondashuv texnologiyasi o'ziga xos yaxlitlik, umumiylik, universallik, differensiallik kabi tushunchalar asosida mujassamlashtirilgan texnologiyalar, ya'ni tadqiqotning integratsion texnologiyalarini o'z ichiga oladi.
Maktabgacha ta'lim tizimida pedagogik jarayonlarni samarali tashkil etish va boshqarish uchun rahbarlar va jamoaning boshqa vakillaridan iborat ta'lim muassasasining ichki boshqaruvi, ya'ni ichki nazorat tashkil etiladi. Ta'lim tashkiloti jamoasi - bu murakkab tizim bo'lib, ta’lim va mehnat faoliyatini qoniqarli tashkil etish, shuningdek, ta'lim tashkiloti faoliyatining natijalariga o'z ta'sirini ko'rsatuvchi rasmiy va norasmiy, gorizontal va vertikal, shaxslararo va mehnat faoliyatiga oid aloqalar hamda munosabatlarni qamrab oladi.
Ta'lim tashkiloti boshqaruv faoliyatining tizimli obyekti sifatida quyidagi xususiyatlarga ega: zaruriyat, imkoniyat, muassasaning ko'rsatkichlari va o'z qobiliyatini baholash mezonlarini hisobga olish asosidagi rivojlanish yo'nalishi; uning salohiyati, funksional imkoniyatlari, individualligi va madaniyligi; muassasa joylashgan hudud mentaliteti; uning yaxlit pedagogik tizimi; ilmiy-metodik mahsulotlar va vositalar bilan ta'minlanish imkoniyatlari; ichki imkoniyatlari va tashqi muhit bilan munosabatlari; pedagogik va ta'lim muassasasi jamoalarining rivojlanishi, shuningdek, ta'lim muassasasining ichki boshqaruv tizimi va uning rivojlanishi kabilar.
Maktabgacha ta'lim tizimida pedagogik jarayonlarning umumiy modelini o'zgartirishda ta'lim tashkiloti tarbiyachilari bolalarning imkoniyatlari, boshlang'ich tushunchalari va ishonchlariga asoslanish kerak, chunk! yangilangan model zamonaviy talablar darajasida bolalarning o'zgaruvchan ta'lim-tarbiyaviy, ma'naviy ehtiyojlarini qondira olishi, yuqori darajada ko'nikma va malakalarga ega bo'lgan o'qituvchilarning tajribalarini qo'llash hamda ulaming ijodiy salohiyatini rivojlantirishga zaruriy shart-sharoitlarni yaratib berishi zarur bo'lib, pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishda quyidagi asosiy tamoyillarni inobatga olish lozim:
- pedagogik jarayonlarni samarali rivojlantirish yo'llari tasodifiy holda va taxminiy belgilanganda ulaming rivojlanishidagi muvaffaqiyatlar subyektlaming qobiliyatlariga, pedagoglarning qulay vaziyatlami ko'ra olishi va ulami qo'ldan chiqarmasligiga bog'liqligi;
- tizimli obyekt sifatida pedagogik jarayonlarning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun uni tashkil etuvchi barcha komponentlarning rivojlanish sur'atlarini, subyektlar munosabatlari va faoliyati integratsiyasini ta'minlash hamda muvofiqlashtirishning zarurligi;
pedagogik jarayonlarning rivojlanishidagi muvaffaqiyatlar mavjud omillarga asoslangan holda professorlaming kelajakni ko'ra olish va rivojlanish imkoniyatlarini oldindan aniqlay olish mahoratlariga bog'liqligi;
murakkab tuzilishga ega bo'lgan pedagogik jarayonlarning rivojantirishga bo'lgan ehtiyojlar va imkoniyatlarni, subyektlaming qobiliyatlari va boshlang'ich tushunchalarini aniqlamasdan pedagogik jarayonlarni rivojlantirish yo'nalishlarini majburan belgilashni mumkin emasligi;
- kuchli, majburiy va keng qamrovli ta'sir ko'rsatish usullari asosida pedagogik jarayonlar samaradorligini ta'minlanash imkoniyatining mavjud emashgi; - tashkil etuvchi qismlar va bo'g'inlar bo'yicha aniq belgilangan tartibda (lokal) ta'sir ko'rsatish pedagogik arayonlarning samarali rivojlanishida yaxshi natijalarga erishishga asos sifatida xizmat qilishi.
Refleksiv yondashuv texnologiyasi. Pedagogik jarayonlarda subyektlar faoliyatini muvofiqlashtirishda ulaming mustaqil va samarali fikrlashining muhim mexanizmi sifatida refleksiv yondashuv texnologiyasi o'ziga xos ahamiyat kasb etadi.
Refleksiv yondashuv texnologiyasida o'rganilayotgan tushunchalarni keng tizim kontekstida tushuntirish jarayonlarini alohida tashkil etish (vujudga kelayotgan vaziyatlami va subyektlar xattiharakatlarini baholash, belgilangan vazifalarm samarali bajarish usullari va yo'nalishlarini aniqlash), subyektlarning o'zini-o'zi tahlil qilishi, o'z tushunchalari hamda xatti-harakatlarini faol o'ylab ko'rishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Pedagogik jarayonlar samaradorligini oshirish, ko'zlangan maqsadga erishishda subyektlar faolligini ta'minlashga jalb etiladigan sarf xajarajatlarning me'yordan ortmasligini ta'minlovchi, subyektlarning imkoniyati, qobiliyati va boshlang'ich tushunchalariga hamda mavjud vaziyatlar va shart-sharoitlarga mos keluvchi, eng qulay bo'lgan hamda pedagogik jarayon va uning tarkibiy tuzilishini qayta tashkil eta oladigan tizimni vujudga keltirish muvofiqlashtirilgan yondashuv texnologiyasini joriy etishdir. Sodda qilib aytganimizda, muvofiqlashtirilgan yondashuv texnologiyasini amaliyotga tatbiq etilishi natijasida subyektlarning faolligini hamda pedagogik jarayon samaradorligini ta'minlash uchun sarf etiladigan mehnat va vaqt tejaladi, shuningdek, pedagogik jarayonlarda bir tomonlamalilik (subyekt sifatida faqat o'qituvchining o'zi faoliyat ko'rsatishi) bartaraf etiladi.
Natijalar bo'yicha boshqaruv texnologiyasining asosiy g'oyasi shundan iboratki, hech bir jarayon, jumladan, pedagogik jarayon ham o'zi-o'zicha hech qanday ahamiyat kasb etmaydi. Pedagogik jarayonlarning ahamiyati uning natijaviyligida o'z ifodasini topadi va uning natijaviyligi subyektlar (o'quvchi-o'quvchilar)ning faolligini ta'minlash va faoliyatini muvofiqlashtirish asosida turli rivojlanishlarni amalga oshirishni ko'zda tutadi.
Natijalar bo'yicha boshqaruv tushunchasi rivojlanish tizimi sifatida amal qiladi va pedagogik jarayon subyektlari faoliyatini muvofiqlashtirish va ulaming faolligini ta'minlash asosida belgilangan natijalarga erishish mumkin. Mazkur jarayonda belgilangan vazifalar va o'rganiladigan tushunchalarning mazmun-mohiyatini har bir ishtirokchiga tushuntirish orqali subyektlaming o'zini-o'zi boshqarishi hamda o'z faoliyatiga ijodiy yondashuv texnologiyasini joriy etishi ta'minlanadi.
Yuqoridagi keltirilgan ma'lumotlarga asoslangan holda pedagogik jarayonlami tashkil etish va boshqarish texnologiyalarining o'zaro bog'liqligi va aloqadorligini inobatga olib, ulami shartli ravishda pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish texnologiyalari tizimi sifatida tasvirlash mumkin. Chunki pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishda keltirilgan texnologiyalami hech qaysi biri mustaqil ravishda ixtiyoriy vaziyatlarda universallikka da'vogar bo'la olmaydi. Shuning uchun ulardan ixtiyoriy pedagogik jarayonda o'zaro bog'liq holda foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi




Yüklə 41,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə