I bob. Yurtimizda turistlar ko’p boradigan joylar



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə1/7
tarix13.10.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#127572
  1   2   3   4   5   6   7
O’zbekiston Respublikasi turizmi



MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………………………3
I BOB. "YURTIMIZDA TURISTLAR KO’P BORADIGAN JOYLAR (TOSHKENT, SAMARQAND, BUXOROSHAHRISABZ, V.H…).

    1. Ekologik turizm yoʻnalishi (Chimyon, Chorvoq dam olish va davolanish oromgohi, Zomin qoʻriqxonasi, Buxoro viloyatidagi qoʻriqxonalar)………………5

    2. Ichki turizmning rivojlanishi har bir mamlakatda turistik resurslardan foydalanish, turizm infra tuzilmalarini rivojlantirish, turizm bo‘yicha mutaxassis kadrlar tayyorlash imkoniyatini beradi……………………………………………14

II BOB. TURIZM KLASSIFIKATSIYASI, KLASSIFIKATSIYA BELGILARI VA TURIZM TURLARI
2.1. Turizm klassifikatsiyasi………………………………………………………..22
2.2. Klassifikatsiya belgilari. Turizm turlari………………………………………..25
XULOSA …………………………………………………………………………..29
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI……………………………31

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: O‘zbekistonga 2019-yilda 6 748 500 nafar sayyoh tashrif buyurgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2018-yilda 5 346 200 nafarni tashkil qilgan. Bu haqda 10-yanvar kuni “Taraqqiyot strategiyasi markazi”da Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan o‘ktazilgan brifingda ma’lum qilindi. Tahlillarga ko‘ra, o‘tgan yili O‘zbekistonga eng ko‘p turistlar MDH mamlakatlari — Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Rossiya, shuningdek, Turkiya, Afg‘oniston, Xitoy, Janubiy Koreya, Hindiston kabi davlatlardan kelgan. Sayyohlarning 51,3 foizi 31—35 yoshdagi kishilar bo‘lgan. “Yurtimizga tashrif buyurganlarning 81,8 foizi qarindosh-urug‘ va do‘stlarini ziyorat qilishga, 15,5 foizi esa dam olish uchun kelganlardan iborat. Boshqa sabablar, jumladan, davolanish, xaridlar, biznes uchrashuvlarda ishtirok etish hamda ta’lim olish maqsadida kelgan xorijliklar soni 2,7 foizni tashkil etdi. Eng ko‘p sayyoh Buxoro, Toshkent shahri, Samarqand va Xorazm viloyatlariga tashrif buyurgan.
Ammo biz bilamizgi o’tgan pandemiya vaqtida ayniqsa turizm nisbatan kata zarar ko’rdi, xuddi boshqa sohalar kabi. Turizm har qanday mamlakat iqtisodiyotida muhim rol o'ynaydi. Turizm iqtisodiyotini sayohatchilarning ehtiyojlari va istaklarini qondirish uchun mo'ljallangan turizm mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqarish va iste'mol qilishda rivojlanayotgan iqtisodiy munosabatlarni o'rganadigan va tahlil qiladigan fan deb ta'riflash mumkin. Bu munosabatlarni ham makro darajada (davlat, mintaqa darajasida), ham mikro darajada (ma'lum bir viloyat yoki korxona darajasida) ko'rib chiqish mumkin. Sayyohlik sanoatining rivojlanishiga turli xil tashqi va ichki omillar ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun turizm iqtisodiyoti milliy iqtisodiyotning tez rivojlanayotgan, dinamik, noaniq komponenti sifatida belgilanadi. Ko'p mamlakatlar uchun u hali ham rivojlanish bosqichida
Xizmat ko'rsatish sanoati-bu iqtisodiyotning o'ziga xos va ko'p qirrali tarmog'i bo'lib, moddiy va nomoddiy mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalarni birlashtiradi, ya'ni. xizmatlar. Bu uning iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridan farqi bo'lib, bu ham butun tarmoqni, ham alohida xizmat ko'rsatish korxonalarini boshqarishning murakkabligini oshiradi. Turizm sohasida tashqi imidjni rivojlantirishda reklama sohasi ham muhim hisoblanadi. Chunki iste’molchida birinchi bo’lib reklamada taasurot uyg’onadi. Reklama esa qanchalik qisqa va interaktiv bo’lsa juda foydali bo’ladi.

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə