I bob. Yurtimizda turistlar ko’p boradigan joylar



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə5/7
tarix13.10.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#127572
1   2   3   4   5   6   7
O’zbekiston Respublikasi turizmi

Shoshtepa
Darhaqiqat, sayohat davomida sayyohlar hududlarning turistik imkoniyatlarini safarlar uyushtirish orqali amalga oshiradi. Bu turizmning o‘ziga xos xususiyatidir. Shu o‘rinda, turizmning turlari va ko‘rinishlari, jumladan, tashkiliy asoslari, davomiyligi, mavsumiyligi va yosh jihatlari turlicha bo‘lishini hisobga olish lozim . 6 Ma‘lumki, turizmning 2 asosiy bo‘limi mavjud bo‘lib, bular ichki (mahalliy) va tashqi (halqaro) turizmdir. Mahalliy turizm - bu o‘z mamlakati hududida qiyinChiliksiz (vizasiz, bojxona to‘siqlarisiz va h.k) istalgan joyga safar qilishi, dam olishi va boshqa turistik faoliyatda mashg‘ul bo‘lishidir. Mahalliy turizm bilan xalqaro turizm bir biri bilan chambarchas rivojlanib boradi. Ammo mahalliy turizmda so‘zlashuv, transport (ko‘pChilik o‘z shaxsiy avtomobillarida sayohat qilishini hisobga olib) va boshqa muammolar ancha oson kechadi. Mahalliy turizmning mintaqamiz (Markaziy Osiyo) uchun eng muhim jihati tanlagan sayyohlik marshruti bilan birgalikda diniy qadamjoylarga ziyorat qilishi hamda qarindosh-urug‘ va do‘stlarni ko‘rish bir vaqtning o‘zida amalga oshishi mumkin.

Samarqand
Mahalliy turizmda o‘zi yashab turgan mintaqani ko‘rishi va o‘rganishi orqali ma‘naviy dunyoqarashi oshadi hamda vataniga muhabbat uyg‘onadi, shuningdek, aholini sog‘lomlashtirish, ish qobiliyatini tiklash va mehnat resurslarining faoliyatini yaxshilashga xizmat qiladi. Xalqaro turizm - bu bir davlatdan boshqa davlatga uyushtiriladigan sayohatdir. U viza, meditsina tekshiruvi, valyuta almashtirish va boshqa ko‘pgina tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Xalqaro turizm ma‘lum maqsadda uyushtirilgan marshrut yo‘nalishi asosida guruh yoki yakka tartibda kechishi mumkin. Bunda eng avvalo sayyohlar shu davlatning o‘ziga xos bo‘lgan tarixiy obida va shaharlari, madaniyati, san‘ati, urf odati bilan tanishish hamda boshqa betakror turistik ob‘ektlaridan zavq olishdan iboratdir.
SHuningdek, xalqaro turizm sport musobaqalari, ilmiy anjumanlar, konferentsiya, madaniy aloqalar, diniy marosimlar (masalan, haj safriga borish) bilan ham chambarchas bog‘liqdir. Xalqaro turizm juda qadimdan rivojlanib kelgan. CHunki o‘sha davrda mamlakatlar o‘rtasida aniq chegaralar bo‘lmaganligi, bir davlatdan ikkinchi davlatga, shaharlardanshaharlarga borish hech qanday qiyinChiliklar tug‘dirmagan. Ayni vaqtda shu davlatning hududida joriy etilgan tartib qoidalarga qat‘iy rioya qilinganligi uchun savdo-sotiq, madaniyat, san‘at va fanning dunyo miqyosida yoyilishida turizmning ahamiyati katta bo‘lganligi tarixdan ma‘lumdir. Kasbiy sayohat qadimdan rivojlangan bo‘lib, hozirgi paytda ham bu sayohat eng ananaviy va faol hisoblanadi. Kasbiy, jumladan, ilmiy sayyohlik olimlar, ilm namoyondalari va boshqa kasb egalari tomonidan biror hudud, mintaqaning tarixiy, arxeologik joylarini tekshirish, aholisi, etnografiyasi, madaniyati va san‘atini o‘rganish hamda ilmiy anjumanlar, hamkorlikdagi ilmiy ishlarni bajarish, malaka oshirish yuzasidan qilgan safarlarining turizm bilan aloqadorligidir. Sog‘lomlashtirish, sog‘liqni tiklash turizmi bevosita rekreatsiya turizmi bilan bog‘liq bo‘lib, kishilarning mehnat ta‘tili vaqtlarida o‘z salomatligini va ish qobiliyatini tiklashga qaratilgan faoliyatdir. Sanatoriya-sog‘lomlashtirish rekreatsiya majmuiga kurort deyiladi.
«Kurort» so‘zi nemis tilidan olingan bo‘lib, u «davolanadigan joy» ma‘nosini anglatadi. Diniy turizm halqlarning o‘z diniga bo‘lgan xurmati va e‘tiqoti nuqtai nazaridan muqaddas qadamjoylar, shaharlar, qabriston va aziz sanalgan maskanlarga ziyorat qilishdir. Sport turizmi - sport o‘yinlariga, musobaqalarga va sport musobaqalari o‘tkaziladigan mintaqaga yoki mamlakatga sportchilar bilan birgalikda muhlislarning tashrifi demakdir. Qayd etish joizki, hozirgi paytda turizmning bu tarmog‘i katta daromad manbai sifatida tez o‘sib bormoqda. Turizm geografisi fanning fanlar tizimidagi ahamiyati. Tanishuv turizmi keng qamrovli bo‘lib, sayyohlikning barcha tarmoqlari bilan chambarchas bog‘liq. Turizmning bu tarmog‘ida sayohat paytida sayyoh yangi joylar bilan tanishish, ko‘rish bilan ma‘naviy zavq oladi. Shuning uchun yuqoridagi turizmning funktsional turlaridan barchasida asosan bu tarmoqning bevosita ishtirok etishi xarakterlidir. Shunday qilib, turizm geografiyasi (TG) iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning bir bo’lagi bo’lib, u turli mamlakat va mintaqalarda sayyohlikning shakllanishi, rivojlanish va xududiy tashkil etish xususiyatlari hamda qonuniyatlarini o’rganadi. TG hududiy harakat oqibatida, ya‘ni yer yuzining turli tomonlariga geografik marshrutlar uyushtirish asosida vujudga keladi. Bu esa mintaqada xizmat ko‘rsatish geografiyasini tashkil etish va rivojlantirishga ham sababchi bo‘ladi. 7 Turizmning rivoji o‘z navbatida jamiyat ishlab chiqarishining o‘sishiga, uning tizimlarini yaxshilashga, iqtisodiyotning turizmga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqador bo‘lmagan sohalarida ham mehnat unumdorligini oshirishga ko‘maklashadi. SHuningdek, turistik iste‘mol ko‘p bo‘lgan iqtisodiy jarayonlarni rag‘batlantiradi, noturistik tarmoqlar uchun qo‘shimcha bozor ochadi va bu bevosita ishlab chiqarishni rivojlantirishga olib keladi (Komilova, 2001). Demak, turizm sohasida qo‘shimcha xizmatlarning paydo bo‘lishi yangi ish joylarni vujudga keltirishga, turistlarni joylashtirish, ovqatlantirish, transport xizmatlarini tashkil etish, qo‘shimcha xizmatlarni amalga oshirishga imkoniyat yaratadi Buning uchun, bizningcha, mintaqaning ho‘jaligi, aholisi, soni, tarkibi va boshqa xususiyatlarni o‘rganish ham talab qilinadi. Quyidagi chizmadan ko‘rish mumkinki, turizmning iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa sohalarni rivojlantirishda o‘rni beqiyosdir Modomiki, barcha fanlar bir-biri bilan uzviy aloqadorlikda rivojlanar ekan, turizm geografiyasi ham ko‘plab tabiiy va gumanitar fanlar bilan jumladan, rekreatsiya geografiyasi, tibbiyot geografiyasi, landshaftshunoslik, o‘lkashunoslik, mamlakatshunoslik hamda iqtisodiyot, tarix, etnografiya, huquqshunoslik va boshqalar bilan bog‘liq holda taraqqiy etadi. Turizm geografiyasi o‘z tadqiqot doirasida ayniqsa rekreatsiya geografiyasi bilan uzviy bog‘liqdir. Sababi har qanday turistik sayohat davomida kishilar ma‘lum darajada dam oladilar, o‘z kuch-quvvatini tiklaydilar. Ayni vaqtda rekreatsiya, ya‘ni dam olish, davolanish paytida albatta vaqt-vaqti bilan turli sayyohlik tadbirlari o‘tkaziladi, marshrutlarga chiqiladi. SHu jihatdan bu ikki tarmoq bir-birini to‘ldirib turadi. Turizmning geografik xususiyatlari. Sayohat inson tafakkurini kengaytiradi, dunyoni teran anglashga xizmat qiladi. Kishilar yer yuzining bir biriga o‘xshash bo‘lmagan joylarini ko‘rishni xohlashadi.

Demak, biror hudud yoki mintaqaga sayohatga chiqishda tabiiy sharoit katta ahamiyatga egadir. Aksariyat sayyohlar bo‘sh paytlarida tabiat qo‘ynida dam olish, ovChilik qilish, sport va boshqa mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishni istashadi hamda sog‘lig‘ini tiklaydilar. Shuning uchun xorijiy davlatlardagi ko‘plab turistik firma va kompaniyalar kengroq bu omillardan foydalanishga xarakat qiladilar. Bu o‘rinda Janubi-Sharqiy Osiyo, Afrika, Markaziy va Janubiy Amerika, Avstraliya va Okeaniya davlatlari turistik firmalari o‘z xaridorlari bo‘lgan Yevropa va Shimoliy Amerika mamlakatlari sayyohlarini ko‘proq tabiati go‘zal hamda ekzotik joylarini ko‘rsatishga katta e‘tibor qaratadi. Dengiz bo‘yi, o‘rmon, tog‘ va tog‘oldi rayonlaridagi davlatlar, O‘rta dengiz havzasida joylashgan hamda Malayziya, Indoneziya, Singapur va boshqa shunga o‘xshash mamlakatlar sayyohlarni keng jalb qiladi. Bu, o‘z navbatida, tabiiy turistik imkoniyatning yuqoriligidan dalolat beradi. Shuningdek, tog‘ tabiati, landshafti, rel‘efi, iqlimi, tog‘ sporti va boshqa xususiyatlari bilan sayyohlarni o‘ziga qiziqtiradi. Bunday tog‘ turizmi Yevropaning Al‘pida, Osiyoning Himoloyida, Afrikaning Atlas tog‘larida, Amerikaning Kordil‘erasida keng rivojlangan. Turizmning ekologik jihatlari. Turizmni iqtisodiy geografik jihatdan baholashda aholi va uning xo‘jalik faoliyatining o‘sishi tabiatga, tabiiy muhitga salbiy ta‘siri o‘rganilsa, tabiiy geografiyada esa atrof-muhit, tabiiy komponentlar va landshaftlarning antropogen omil ta‘sirida o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolar tahlil etiladi. Ushbu masalalar bilan turizmning nisbatan yangi yo‘nalishi bo‘lgan ekologik turizm yoki ekoturizm shug‘ullanadi. 1997 yil Braziliyada bo‘lib o‘tgan Butunjahon kongressida qayd etilgan ma‘lumotga ko‘ra dunyo bo‘yicha jami sayohatga chiqqanlarning 12 foizi ekoturizmda ya‘ni, «yashil» sayohatga chiqishgan. G‘arb olimlarining baholashicha, 1993 yil ekoturizmdan tushgan daromad 30 mlrd. AQSH dollarini, ya‘ni uning xalqaro turizmdagi daromad hissasi 10 foizni tashkil etgan. Sayohatning bu turi asosan AQSH, Kanada, Avstraliya, Nepal, Ekvador, Braziliya, Fillipin, Keniya, JAR davlatlarida tez rivojlanmoqda (Aleksandrova, 2002).Dunyo miqyosida turizmning eng yangi yo‘nalishlaridan biri- «ekoturizm»ning asosiy maqsadi turistik marshurutlarni hududiy tashkil etishda atrof muhitni, tabiiy muvozanatni saqlab qolishga e‘tiborni kuchaytirishdir. Shu nuqtai nazardan ekologik turizm umumiy ekologik muammolarni yechish bilan uyg‘unlashib ketadi. Bunda turizm landshaftlar ekotizimida turistik salohiyatidan ularga zarar ko‘rsatmagan 8 holda foydalanish jiddiy ahamiyat kasb etadi.
Bu esa 1992 yilda Rio-de-Janeyroda BMT-ning atrof muhitni muhofaza qilishga bag‘ishlangan konferentsiyasida qabul qilgan « barqaror rivojlantirish» tamoyiliga muvofiq keladi. Turistik sayohatlarga chiqishdan maqsad sayohat paytida yangi joylarni ko‘rish, tabiat go‘zalligidan, toza tog‘ yoki o‘rmon havosidan bahra olish, yovvoyi tabiat bag‘rida dam olish, shuningdek, o‘zga halq urf-odati, madaniyati, san‘ati, tarixiy obidalarini ko‘rishdan iboratdir. Binobarin, ekologik toza hudud ajoyib tabiat va boshqa rekreatsiya resurslari ekoturizmning muhim ob‘ekti bo‘lishi bilan birga, ayni vaqtda ekologik tang hududlarni ham tadqiq qilish ahamiyatdan xoli emas. Ekologik turizmning o‘sishini shundan ham ko‘rish mumkinki, asosiy xalqaro turistik marshrutlar go‘zal ekzotik tabiati va betakror turistik resurslari mavjud bo‘lgan Avstraliya, Yangi Zellandiya, Janubiy Amerika, Afrika davlatlariga, Gavayya orallariga to‘g‘ri kelmoqda. Ba‘zi ma‘lumotlarga ko‘ra, xalqaro turizm bozorida ekoturizmning hissasi hozirgi vaqtda 1/5 ga yetdi. Respublikamiz tarixiy, arxeologik, arxitektura, san‘at, musiqa va boshqa turistik imkoniyatlarga nihoyatda boy. Bundan tashqari, O‘zbekistonning betakror tabiati, tog‘ va daryolari, cho‘l va vohalari, ko‘l va landshaft zonalari asosiy rekreatsiya resurslaridir. Ularni ekoturizm nuqtai nazaridan o‘rganish katta ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Dengiz va okeanlarda nihoyatda katta turistik imkoniyatlar mavjud. Keyingi paytlarda dunyo okeani bo‘ylab yer sharining turli qismlariga sayohatlarga chiquvchilar soni tez o‘sib bormoqda. Chunki, dengiz sarguzashtlari, iqlimi, go‘zalligi, tabiati, hayvonot dunyosi, orollarining o‘ziga xos tabiati bilan tanishish kishiga zavq bag‘ishlaydi. O‘rmon ham dam oluvchi va tabiat qo‘yniga sayr qiluvchi sayyohlarni o‘ziga tortadi. O‘rmon o‘zining kislorod zaxirasi, o‘simlik va xayvonot dunyosi bilan, shuningdek, sog‘lig‘ini tiklovchi va sokinlikni istovchi sayyohlar uchun muhim turistik ob‘ekt hisoblanadi. SHu bois, botanik bog‘lar, parklar, milliy bog‘lar sayyohlarning eng gavjum joylaridir.


Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə