I bob. Yurtimizda turistlar ko’p boradigan joylar



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə3/7
tarix13.10.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#127572
1   2   3   4   5   6   7
O’zbekiston Respublikasi turizmi

Jizzax viloyati Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi
"Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi sayohat qilish turiga qarab quyidagi turistik yoʻnalishlarni ishlab chiqqan: klassik yoʻnalish (Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent; Toshkent, Samarqand, BuxoroShahrisabz, Toshkent). Bu yoʻnalish eng qad. yodgorliklar va boshqa tarixiymadaniy obidalarga tashrif bilan bogʻliq; ekologik turizm yoʻnalishi (Chimyon, Chorvoq dam olish va davolanish oromgohi, Zomin qoʻriqxonasi, Buxoro viloyatidagi qoʻriqxonalar). Bu yoʻnalish alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar va sayyohlar uchun ekologik jihatdan qulay gʻamda foydali hisoblanadigan joylarga tashrif bilan bogʻliq; arxeologik turizm yoʻnalishi (Qoraqalpogʻiston, Surxondaryo, Samarqand hududdari boʻylab). Bu yoʻnalish Oʻzbekistonning eng qad. topilmalari va arxeologik qazishmalar olib borilayotgan joylari bilan tanishishni maqsad qilib qoʻyadi; ekstre mal turizm yoʻnalishi (Chimyon, Fargʻona vodiysi, Orol boʻyi, Buxoro, Navoiy viloyati hududlari boʻylab); liniy turizm yoʻnalishi (Toshkent, Samarqand, Buxoro, Toshkent) — mamlakatimizdagi tarixiy diniy obidalarni ziyorat qilish bilan bogʻliq.
Turizm sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish, turistik xizmatlar bozorini rivojlantirish, shuningdek, turistlar va turistik faoliyat subʼyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining "Turizm toʻgʻrisida"gi qonuni kabul kilingan (20- avgust 1999). Shu bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2005- yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirish davlat dasturi toʻgʻrisida"gi farmoni (15-aprel 1999) sohani rivojlantirishda muhim omil boʻldi. Turizm tashkilotlarini takomillashtirish hamda kichik va oʻrta turistik korxonalarning xizmat koʻrsatish bozorini faollashtirish, shuningdek, xorijiy sarmoyani turizm sohasiga jalb kilish maqsadida 1998-yilda Oʻzbekiston Respublikasi hukumati qarori bilan Toshkentda "Xususiy sayyoxlik tashkilotlari uyushmasi" tashkil etildi. U 300 dan ziyod turistik korxonalar bilan yaqindan aloqada boʻlib faoliyat olib boradi. Oʻzbekistonda "Kumushkon" turistik bazasi va "Sanzar" kemping majmuasi mavjud boʻlib, ular "Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi tizimi tashkilotlari hisoblanadi. Shu bilan birga Chorvoq, Chimyon, Beldersoy dam olish oromgohlari va yuzga yaqin xususiy mehmonxonalar ishlab turibdi.
Oʻzbekistonda koʻplab turistlarni qabul qilish va ularga xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻlgan mehmonxonalar soni tobora oʻsib bormoqda. Oʻzbekiston 1993-yilda oʻz safiga 120 dan ortiq mamlakatni birlashtirgan Jahon turistik tashkiloti (WTO; 1975-yilda tuzilgan)ga aʼzo boʻldi. Shuningdek, Oʻzbekiston WTO Yevropa komissiyasi rayosatining ham aʼzosidir. 2004-yil "Buyuk ipak yoʻli" loyihasi doirasida Samarqand viloyatida Jahon turistik tashkilotining vakolatxonasini ochish koʻzda tutilgan. Oʻzbekistonda turizm sohasiga oid "Buyuk ipak yoʻli" xalqaro turistik reklamaaxborot gaz. (1994- yildan), "Biznes Gayd" JUR (RUS va ingliz tillarida) va boshqa ommaviy nashrlar chop etiladi. 2021-yil aprel oyida Dogʻistonda Oʻzbekistonning ziyorat turizm salohiyati taqdimoti oʻtkazildi.

Urgut tog’larida bohor manzaralari
Oʻzbekistonda turizm Oʻzbekistonning turistik qiziqishlari doirasiga faol dam olish va sport turizmi, masalan, qoyaga koʻtarilish va changʻi sporti, taʼlim maqsadlarida sayohatlar kirad. Oʻzbekistonga kelayotgan sayyohlar soni yil sayin ortib bormoqda: 2005-yilda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan sayyohlar soni dunyoning 117 davlatidan 240 ming kishini tashkil etgan boʻlsa, 2017-yilda Oʻzbekistonga 2,5 milliondan ortiq sayyoh tashrif buyurgan. 2018-yilda sayyohlar soni 5,3 million kishini tashkil etgan, shundan 5 millioni MDH Oʻzbekistonda turizm davlatlaridan, 325 ming nafari uzoq xorijdan kelgan. Har yili kuzda Oʻzbekistonda Xalqaro turizm yarmarkasi oʻtkaziladi. Oʻzbek togʻlari alpinizm, togʻ turizmi va qoyaga koʻtarilish kabi faol dam olishni yaxshi koʻradiganlar uchun jozibali. Oʻzbekistonning eng mashhur togʻli hududi Chimyon togʻlari boʻlib, uning balandligi 3309 m boʻlgan Katta Chimyon choʻqqisi hisoblanadi. Bu hudud koʻplab toqqa chiqish yoʻllari, piyoda marshrutlari, qoyaga chiqish, ot yoʻllari, Sport turizmi changʻi yoʻllari va boshqalarning boshlanishi boʻlib xizmat qiladi. Gʻorchilarni chuqur gʻorlari boʻlgan Boysuntov tizmasi qiziqtiradi: Boy-Buloq (amplitudasi 1415 m), FestivalnayaLedopadnaya (-580 m), Uralskaya (-565 m); Qirktau platosida Kievskaya g'ori (−990 m); Chotqol tizmasidagi Zaydman gʻori (-506 m) va boshqalar. Oʻzbekistondagi aeroport Mamlakatning transportdan Oʻzbekiston boʻylab sayohatlarning aksariyati mamlakat poytaxti Toshkentga kirishdan boshlanadi. Shaharda „Oʻzbekiston havo yoʻllari“ davlat korxonasining zamonaviy Islom Karimov xalqaro aeroporti mavjud. Aeroport Aeroflot, UTair, S7 Airlines, Lufthansa, Rossiya, Asiana Airlines, Arkia Israel Airlines, Turkish Airlines, Korean Air, Air Astana va boshqa aviakompaniyalardan samolyotlarni qabul qiladi. Shaharda shuningdek, mahalliy yoʻnalishlar uchun aeroport, ikkita poezd foydalanish imkoniyatlari stantsiyasi va koʻplab avtovokzallar mavjud.
Oʻzbekistondagi bir qator boshqa aeroportlar xalqaro maqomga ega (Andijon, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Urganch, Fargʻona, Namangan, Termiz, Qarshi, Nukus). Pul birligi — oʻzbek soʻmi. Valyuta kurslari tijorat banklari tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi va kun davomida oʻzgarishi mumkin. Pul birligi Oʻzbekistonda muomaladagi eng yirik banknota 100 000 soʻmni tashkil qiladi. 2020-yili 1-yanvardan Oʻzbekistonda 86 davlat fuqarolari uchun vizasiz kirish tartibini joriy etgan. Yakka tartibdagi xorijiy sayyohlar uchun kirish vizalarini rasmiylashtirish — 40 dollarga teng. Guruh turistik vizasi 5 kishini tashkil qiladi. Viza Viza 2018-yili 15-avgustdan Oʻzbekistonda turistik maqsadlarda boʻlish uchun elektron kirish vizalarini rasmiylashtirish va berish tizimi joriy etilgan. Mamlakatda koʻplab yangi hashamatli mehmonxonalar, jumladan, milliy mehmonxonalar tarmogʻi qurilgan. Ularning aksariyati xususiydir. Oʻzbekistondagi mehmonxona Mehmonxonalar Oʻzbekiston Respublikasida jami 1046 ta joylashtirish ob’ektlari (mehmonxonalar, pansionatlar, mehmon uylari, tashrif buyuruvchilar uchun yotoqxonalar va boshqalar) mavjud. Mehmonxonalarning 28 foizi yulduzcha reyting toifasiga ega — bir yulduzdan besh yulduzgacha, bu mehmonxonalarning aksariyati Toshkent shahrida joylashgan (58 foiz). Bir va ikki yulduzli mehmonxonalar faqat respublika hududlarida, besh yulduzli esa faqat Toshkent shahrida joylashgan. Xususiy mehmonxonalarning yarmidan koʻpi Toshkent shahrida joylashgan (54 %). Oʻzbekiston Respublikasida xonalar soni 22,7 mingdan ortiq xonani yoki 47 ming oʻrinni tashkil etadi.

1. Aholining o‘zi yashab turgan mintaqa, hudud, o‘lka yoki biror mamlakatning diqqatga sazovor joylarini ko‘rish maqsadida uyushtirilgan rekreatsion faoliyat turiga sayohat, ya‘ni turizm deyiladi.


Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə