I bob. Yurtimizda turistlar ko’p boradigan joylar



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə2/7
tarix13.10.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#127572
1   2   3   4   5   6   7
O’zbekiston Respublikasi turizmi

Kurs ishi maqsadi: Mamlakat va xalqning chet ellardagi obrazi birinchi navbatda unga kelib-ketuvchilar, qaysidir maʼnoda, turistlarning munosabati bilan shakllanadi.Turistlarga eʼtibor ancha yaxshilanib, ularning hurmat-izzatini joyiga qoʻyishga harakatlar boʻlayotganiga qaramay, haligacha bu sohani yogʻliq joy sifatida koʻruvchilar talaygina.Bu, birinchi navbatda, nolegal “taksichilar”, muzeylar, qadimiy obidalar atrofida oʻralashib, “biznes” qiluvchilar, bozorlardagi “epchil” sotuvchilar. Bundaylar turistlarning vaziyat va narx-navodan bexabarligi orqasidan foydalanib qolish ilinjida boʻladi. Va natijada Oʻzbekiston haqida notoʻgʻri munosabat shakllanishiga sabab boʻladi.Bir paytlar “Toshkent-Samarqand” yoʻlining chekkasida “bir kelib qolibsiz”, degan kafelar boʻlgan. Shu yoʻldan qatnovchilar adashib kirib qolsa, oshirilgan narxlarda taom sotib, eʼtiroz bildirganlarga “bir kelib qolibsiz”, deb turaverarkan, chunki qaytib kelmasligini aniq bilishar ekan. Shundan bu kafelarning nomi shunaqa boʻlib ketgan.Yoʻl bitta va serqatnov, kimdir albatta kiradi, shu bilan tirikchilik qilib oʻtiraveradi.
Kurs ishi obyekti: O’quv kurs ishi obyekti bo’lib materik geografik joylashgan o’rni, joylashuv xususiyatlari, chekka nuqtalari, chegaralari.
Kurs ishi vazifalari: Mavjud belgilangan mavzu doirasida materik geografik o’rnini to‘g‘ri geografik kordinatalar va geografik chegaralar bilan aniqlash va chegara chiziqlari, joylashuv o’rnilari ko’rsatib berish, ular haqida nazariy va qiziqarli ma’lumotlar berish, o’rganish tarixi va u bilan bog’liq muhim faktlarni keltirgan holda to’liq yoritish vazifalari belgilangan.

I BOB. "YURTIMIZDA TURISTLAR KO’P BORADIGAN JOYLAR (TOSHKENT, SAMARQAND, BUXOROSHAHRISABZ, V.H…).
1.1. Ekologik turizm yoʻnalishi (Chimyon, Chorvoq dam olish va davolanish oromgohi, Zomin qoʻriqxonasi, Buxoro viloyatidagi qoʻriqxonalar).



Oq saroy
Turizm (fransuzcha: our — sayr, sayohat), sayyohlik — sayohat (safar) qilish; faol dam olish turlaridan biri. Turizm deganda jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan sogʻlomlashtirish, maʼrifiy, kasbiyamaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda (mamlakatda) haq toʻlanadigan faoliyat bilan shugʻullanmagan holda uzogʻi bilan 1 yil muddatga joʻnab ketishi (sayohat qilishi) tushuniladi. Turizmning tarixi XIX asr boshlariga borib taqaladi. Dastlab Angliyadan Fransiyaga uyushgan sayyohlik tashkil etilgan (1815). Turizmning asoschisi hisoblanmish ingliz ruhoniysi Tomas Kuk 1843-yilda 1-temir yoʻl sayyohligini tashkil qildi. Shundan soʻng u oʻzining xususiy turistik korxonasini tuzdi va 1866-yilda dastlabki sayyohlik guruxlari AQShga joʻnatildi. Sharqda arab sayyohi Ibn Battuta 21 yoshida sayohatini boshlab, deyarli barcha Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlarini piyoda kezib chiqdi. Movarounnahrda ilk sayyohlarning safarlari Amir Temur va Temuriylar davrida faollashgan. Amir Temur fransuz qiroli Karl VI va ingliz qiroli Genrix IV bilan doimiy aloqada boʻlgan. Uning elchisi 1403-yili Parijga kelgan. Ispaniyalik Klavixoning "Buyuk Temurning hayoti va faoliyati" kitobida Movarounnahrdagi ijtimoiy hayot va sayyoxlarning Temur davlatiga intilishi aks etgan. Hozirgi davrda
T

urizm dunyoning juda koʻp mamlakatlarida ommaviy tus olgan. Odatda, Turizm turizm tashkilotlari orqali turizm marshrutlari boʻyicha uyushtiriladi. Turizmning juda koʻp turlari va shakllari mavjud (ichki, xalqaro, havaskorlik turizmi, uyushgan turizm, yaqin joyga sayohat, uzoqqa sayohat, bilim saviyasini kengaytirish maqsadidagi turizm, toqqa chiqish, suv turizmi, avtoturizm, piyoda yuriladigan turizm, sport turizmi va boshqalar). Oʻzbekistonda turizm sohasiga rahbarlikni "Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi (27-iyul, 1992-yilda tuzilgan) olib boradi. Kompaniyaning asosiy vazifasi turizm infrastrukturasini rivojlantirish, chet el sarmoyasini jalb qilib zamonaviy turistik komplekslarni barpo etish, yangi turistik yoʻnalishlarni ishlab chiqish, xizmatlar doirasini kengaitirish va boshqalardan iborat.



Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə