I bob. Yurtimizda turistlar ko’p boradigan joylar


II BOB. TURIZM KLASSIFIKATSIYASI, KLASSIFIKATSIYA BELGILARI VA TURIZM TURLARI



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə6/7
tarix13.10.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#127572
1   2   3   4   5   6   7
O’zbekiston Respublikasi turizmi

Nurota Qo’riqxonasi
II BOB. TURIZM KLASSIFIKATSIYASI, KLASSIFIKATSIYA BELGILARI VA TURIZM TURLARI.
2.1. Turizm klassifikatsiyasi
Daryo va ko‘llar o‘ziga xos landshaft, mikroiqlim hususiyatlari kishilarning asosan mavsumiy dam olishi, baliq tutishi, suv sporti, cho‘milish joylari (plyajlar) va hokazolar sayyohlarni qisqa vaqt davomida maroqli dam olishini ta‘minlaydi. Bejis emaski, hozirgi paytda ko‘plab dam olish uylari ushbu turistik ob‘ektlarda qurilgan.Turizm yaxshi rivojlangan Italiya, Shvedsariya, Ispaniya kabi mamlakatlarda mahalliy va chet ellik sayyohlar uchun turistik firmalar tomonidan har xil marshrutlar asosida ekskursiyalar ko‘proq daryo va ko‘llarga uyushtiriladi. Bunda daryo va ko‘llarning ekologik jihatdan tozaligini saqlab qolish nazarda tutiladi. Respublikamizda ham qator katta va kichik daryo va ko‘llar, suv omborlari mavjud bo‘lib, ularning turistik salohiyati hozircha uncha ko‘ngildagidek emas. Binobarin, bunday gidrologik ob‘ektlaridan samarali foydalanish uchun avvalo keng ko‘lamli geografik va kartografik tadqiqotlar o‘tkazish, sayyohlik bilan shug‘ullanadigan firma va kompaniyalar qiziqishini oshirish lozim. Masalan, Samarqand shahri va uning atrofi ko‘l va bog‘lari nihoyatda turizm uchun qulay. Ammo shaharni kesib o‘tgan Zarafshon daryosi qirg‘oqlariga faqatgina tartibsiz mavsumiy, mahalliy sayyohlar kelib ketadi, xolos.
Vaholonki, shaharning qulay turistik imkoniyati va demografik sig‘imini hisobga olib, Zarafshon daryosi sohilida, Samarqand dengizi (Xishrav suv ombori) va boshqalarda turistik xizmatni yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Orol dengizi va Orolbo‘yi hududlari ekologik tang zona hisoblanadi. Bu hududga bevosita tanishtiruv ahamiyatiga ega bo‘lgan ekoturistik sayohatlar uyushtirish ham o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, o‘lkamizda qator baliq-ko‘llar (mozorlar) mavjud bo‘lib, ular Baxmal, Nurota, Yangiqo‘rg‘on va boshqa tumanlarda joylashgan. Albatta bunday ob‘ektlarni ham mahalliy va xalqaro turizm dasturlariga kiritish lozim. Tarixiy obidalar ekoturizmi.

O‘zbekistonning boy tarixi, uning bosib o‘tgan yo‘li va shonshuhratidan dalolat beruvchi tarixiy obidalar uzoq yillardan beri saqlanib kelinmoqda. Biroq, keyingi yillarda aholi soni va ehtiyojining o‘sishi, shaharlarning kengayishi va rivojlanishi (urbanizatsiya) sanoat hamda transportning yuksalib borishi ta‘sirida bunday ob‘ektlarda ekologik vaziyatning keskinlashuvi yuzaga kelmoqda. Demak, aytish mumkinki, tabiiy muhit, 9 tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi nomutanosiblik oxir oqibat ekologik vaziyatning yomonlashuvi, ekoturistik vaziyatning salbiy ko‘rinishini vujudga keltiradi. Tarixiy yodgorliklar bilan tanishish respublikamizda juda ko‘p bo‘lgan qadimiy shahar xarobalarini bevosita ko‘rishni ham nazarda tutadi. SHu jihatdan Axsi, Afrosiyob, Ayozqal‘a, Kampirqal‘a,Tuproqqal‘a, Pop, Nasaf, Kosonsoy kabi shahar qoldiqlari sayyohlar diqqatini o‘ziga jalb qilishi mumkin. Tog‘ ekoturizmi bevosita tabiat bilan inson o‘rtasida o‘zaro to‘qnashuvi qay tarzda kechishi bilan bog‘liq. Yurtimizdagi ko‘plab tabiat go‘shalari borki, u bevosita sayyohlarning dam olish va sog‘lomlashtirish vazifasini bajaradi.
Binobarin, tog‘ hududidagi hushmanzara joylar chet ellik sayyohlar uchun ochilmagan qo‘riqdir. Biz ularni qiziqtira olsak, har bir sayyohni tabiat qo‘ynida dam olish va sog‘lig‘ini tiklashga erisha olsak ekoturizmning imkoniyatlari nihoyatda kengayadi. Ammo buning uchun ekologik vaziyat va turizm xizmatini yaxshilash talab etiladi.Mahalliy sayyohlarning mavsumiy dam olish paytlaridagi tartibsizligi natijasida o‘simlik va xayvonot dunyosining payhon qilinishi, lola, ravoch, kiyik o‘ti, tog‘ piyozi kabi noyob, tibbiyotda foydalaniladigan o‘simliklarning yo‘q qilinishi shu joylarda noxush ekologik vaziyatni yuzaga keltiradi. Bunday hududlarni qo‘riqlash, avaylab asrash, dam olishni va turistik marshurutlarni to‘g‘ri tashkil etish lozim. SHu maqsadda ekoturistik tadqiqotlar o‘tkazish va quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir: -tog‘lardagi hushmanzara va noyob tabiat go‘shalarini ilmiy jihatdan chuqur o‘rganish, buning uchun maxsus qo‘riqxona va milliy bog‘lar (parklar) tashkil etish; -hududlarni turistik rayonlashtirish va ularni ekoturistik nuqtai nazardan baholash; -sog‘liqni saqlash xodimlari tomonidan shifobaxsh joylarni o‘rganib chiqish; -tog‘ ekoturizmini rivojlangan davlatlar tajribalaridan kelib chiqqan holda yo‘lga qo‘yish Turizm turlari va klassifikatsiyasi Hozirgi zamon turizmini klassifikatsiya qilish uchun eng avvalo uning asli mohiyatini ochib beradigan belgilarni aniqlash maqsadiga muvofiqdir.
M.Eferemovaning (1998 y) fikriga ko‘ra turizmning asl mohiyatini geografik belgilar, turistik oqimlarning yo‘nalishi, maqsadi, mablag‘ bilan ta‘minlanganligi, harakatlanishi, joylashishi, turistlar soni, tashkiliy va huquqiy asoslari ochib beradi. Ushbu belgilarga ko‘ra M.Efrimova (1998 y) tomonidan turizm quyidagicha klassifikatsiya qilinadi.



Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə