I bob. Yurtimizda turistlar ko’p boradigan joylar



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə4/7
tarix13.10.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#127572
1   2   3   4   5   6   7
O’zbekiston Respublikasi turizmi

Chilpiq, Tuproqqal’a

«Turizm» termini frantsuzchadan olingan bo‘lib, «tour» - aylana, aylanma harakat va «sayr-sayohat» degan ma‘noni anglatadi. 1963 yilda BMT-ning Xalqaro turizmga oid Rim konferentsiyasiga muvofiq «sayyoh» deb, bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga safarga borib, kamida 24 soat ichida o‘sha yerda turib, sayyohlik xizmatidan foydalangan kishiga aytiladi (Mironenko, Tverdoxlebov, 1981, b.11). Agar kishilarning ana shu muddat davomida mamlakat hududining boshqa joyida o‘zi yashab turgan manzildan tashqarida bo‘lishi mahalliy turizm deyiladi. R. Abdumalikovning fikricha, turizm- sayohat paytida «tur» (belgi) o‘rganish degan ma‘noni bildirib, tog‘, adirlar va uzoq masofalarga sayohat qilish, oxirgi manzilga belgi qo‘yib kelish yoki cho‘qqiga chiqqanlikni bildirish uchun biron belgi qo‘yishni anglatadi, deb ta‘riflaydi (Abdumalikov, 1978 ). Bu fikr ko‘proq maktab o‘lkashunosligi va turizmi bilan bog‘liqdir. Kishilarning biror mintaqadan yoki hududdan boshqa joylarga safar qilishida bevosita geografik xususiyatlar, ya‘ni qulay tabiiy geografik sharoit va siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik muhim ahamiyat kasb etadi.



Xorazm- ming Qal’adan…
Turizm geografiyasi, A.Soliev fikricha, bu «jonli, faol» yoki «harakatdagi geografiya» dir. CHunki, biror turistik ob‘ektni ko‘rish uchun o‘sha joyga borib bevosita ko‘rishi lozim. Bu maqsadga esa geografik marshrutlar asosida amalga oshiriladi. Qolaversa, geografiya fanining tarixi, kelib chiqishi ham ko‘p jihatdan aynan turli xil sayohatlarga, hozirgi zamon tili bilan aytganda, turizmga bog‘liq. Turizm tugrisidagi konunda turizmga shunday tavsif berilgan 3 - modda. Asosiy tushunchalar Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: - turizm - jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan sog‘lomlashtirish, ma‘rifiy, kasbiy - amaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda (mamlakatda) haq to‘lanadigan faoliyat bilan shug‘ullanmagan holda uzog‘i bilan bir yil muddatga jo‘nab ketishi (sayohat qilishi); - turist - O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab yoki boshqa mamlakatga sayohat qiluvchi (doimiy istiqomat joyidan turizm maqsadida jo‘nab ketgan) jismoniy shaxs; - turistik faoliyat - ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari talablariga muvofiq sayohatlarni va ular bilan bog‘liq xizmatlarni tashkil etish borasidagi faoliyat; - ekskursiya faoliyati - turistik faoliyatning tarixiy yodgorliklar, diqqatga sazovor joylar va boshqaob‘ektlar bilan tanishtirish maqsadidaoldindan tuzilgan yo‘nalishlar bo‘yicha ekskursiya yetakchisi hamrohligidagi 24 soatdan oshmaydigan ekskursiyalarni tashkil etishga doir qismi; - turistik resurslar - tegishli hududning tabiiy - iqlim, sog‘lomlashtirish, tarixiy - madaniy, ma‘rifiy va ijtimoiy - maishiy ob‘ektlari majmui; - turistik faoliyat sub‘ektlari - belgilangan tartibda ro‘yxatgaolingan va turistik xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyatni amalgaoshirish uchun litsenziyasi bo‘lgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar; - turistik industriya - turistik faoliyatning turistlargaxizmat ko‘rsatishni taminlovchi turli subektlari (mehmonxonalar, turistik komplekslar, kempinglar, motellar, pansionatlar, umumiy 5 ovqatlanish, transport kor-xonalari, madaniyat, sport muassasalari va boshqalar) majmui; - tur - muayyan yo‘nalish bo‘yicha turistik xizmatlar majmui (joy bandlash, joylashtirish, ovqatlantirish, transport, rekreatsiya, ekskursiya xizmatlari va boshqaxizmatlar) bilan ta‘minlangan aniq muddatlardagi turistik sayohat; - turistik xizmatlar - turistik faoliyat sub‘ektlarining joylash-tirish, ovqatlantirish, transport, axborot-reklamaxizmatlari ko‘rsatish borasidagi, shuningdek, turistlarning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan boshqaxizmatlar; - turistik guruh rahbari - turistik faoliyat sub‘ektlarining vakili bo‘lgan va uning nomidan ish ko‘rib, turistlargaxizmat ko‘rsatish shartnomasi shartlarining bajarilishini ta‘minlovchi jismoniy shaxs; - gid (ekskursiya yetakchisi) - tur qatnashchilariga turistik xizmatlar ko‘rsatish shartnomasi doirasida ekskursiya -axborot, tashkiliy yo‘sindagi xizmatlar va malakali yordam ko‘rsatuvchi jismoniy shaxs; - turistik faoliyatni amalgaoshirish uchun litsenziya - turistik faoliyatni amalgaoshirishga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi maxsus ruxsatnoma; - sertifikat - turistik xizmatlar sifatini va ularning muayyan standartga yoki boshqa normativ hujjatga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjat.

1.2. Ichki turizmning rivojlanishi har bir mamlakatda turistik resurslardan foydalanish, turizm infra tuzilmalarini rivojlantirish, turizm bo‘yicha mutaxassis kadrlar tayyorlash imkoniyatini beradi.
Turistik resurslar maqsad va vazifalariga ko‘ra tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarni o‘z ichiga oladi (Putrik, Sveshnikov, 1986). Shu jihatdan turizm geografiyasi bilan rekreatsiya geografiyasining farqlarini aniqlash muhim masaladir. Rekreatsiya geografiyasi dam olish, hordiq chiqarish, sog‘liqni tiklash, tabiat go‘zalligidan zavqlanib, ruhini ko‘tarishga qaratilgan faoliyat majmuini o‘z ichiga oladi. Rekreatsiya so‘zi polyakcha «rekrasia» – dam olish, lotincha «rekratio» - sog‘liqni tiklash demakdir. Binobarin, uzoq muddatga mo‘ljallangan rekreatsion faoliyat turizmga mos keladi va shu nuqtai nazardan ham turizm geografiyasi an‘anaviy rekreatsion geografiyaning bir qismidir. Rekreatsion turizm bevosita sog‘liqni tiklash (sanatoriya, kurort, pansionat va h.k) bilan ham bog‘liq. Bizningcha, turizm geografiyasi bilan rekreatsiya turizmi bir biri bilan aloqador tushunchalardir. Chunki, rekreatsiya geografiyasi kishilar sog‘lig‘ini tiklash, sog‘lomlashtirish, dam olish paytida turistik ekskursiyalar uyushtirilib, ularning sayohatlarga chiqishi bevosita turizm bilan bog‘lanib ketadi. Chunonchi, «ekskursiya» lotincha – safar-sayohat (muzeylarga, tarixiy yodgorliklarga, tabiat qo‘yniga) qilish ma‘nosini anglatadi. Ba‘zi olimlar fikricha, turizm o‘zining umumiy xususiyatlari va vazifalariga ko‘ra uch tipga ajratildi; 1. Davolanish, 2. Sog‘liqni tiklash-sport 3. Tanishuv turizmi (Erdavletov, 2000). Bizning fikrimizcha, yuqoridagi tipologik vazifalarni hisobga olgan holda turizmni sog‘lomlashtirish va sport, tanishuv, diniy, kasbiy va boshqa turlarga ajratish maqsadga muvofiqdir.
Dmitrevskiy bulardan tashqari, ilmiy, ekskursion, festival, xizmat, qishloq turizmlarini ham belgilagan (Dmitrevskiy, 2000) Shu bois, sayyohning marshrutlarga chiqishidan maqsadi va istagi har xil bo‘lishini e‘tibordan chetda qoldirmaslik lozim. Turistik faoliyatda sayyoh yakka yoki maxsus marshrut asosida safarga chiqishi mumkin. Shuningdek, sayohat paytida bir vaqtning o‘zida ko‘pgina maqsadlarni, ya‘ni, turizmning ko‘pgina vazifalarida ishtirok etishi ham nazardan holi emas . Aholining turmush sharoitini yaxshilanib borishi, uning bo‘sh vaqtini ko‘payishi, oilaning moddiy daromadini o‘sishi dam olish paytlarini ko‘ngildagidek o‘tkazishga sabab bo‘ladi. SHu bois, kishilar dunyoni ko‘rish, tabiat qo‘ynida dam olish, sog‘lig‘ini tiklash va boshqa turistik manbalardan foydalanishni istashadi. Bu esa bevosita turizm geografiyasi bilan bog‘liq masaladir. Chunki, kishilar dunyoni xaritadan emas, balki o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishni istashadi (Zachinyaev, Fal‘kovich, 1972).




Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə