I. Булим. Бухгалтерия хисоби


 MOLIYAVIY FAOLIYAT BO‘YICHA XARAJATLAR



Yüklə 3,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə194/201
tarix11.12.2023
ölçüsü3,98 Mb.
#145443
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   201
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

 
3. MOLIYAVIY FAOLIYAT BO‘YICHA XARAJATLAR 
3.1. Banklar va boshqa moliya-kredit tashkilotlari kreditlari bo‘yicha 
foizlar (investitsiya davrida kapital qo‘yilmalar tarkibiga kiruvchi 
investitsiyalarga olingan bank va boshqa moliya-kredit tashkilotlari 
kreditlari bo‘yicha foizlardan tashqari), shu jumladan, muddati o‘tgan va 
uzaytirilgan ssudalar bo‘yicha foizlar. (O‘zR VM 15.10.2003 y. 444-son 
Qarori tahriridagi band), (Oldingi tahririga qarang) 
3.2. Mol-mulkni uzoq muddatli ijaraga olish (lizing) bo‘yicha 
foizlarni to‘lash xarajatlari. 
3.3. Chet el valyutasi bilan operatsiyalar bo‘yicha salbiy kurs 
tafovutlari va zararlar. 
3.4. Sarflangan (qimmatli qog‘ozlarga, shu’ba korxonalarga va 
hokazolarga) mablag‘larni qayta baholashdan ko‘rilgan zararlar. 
3.5. O‘z qimmatli qog‘ozlarini chiqarish va tarqatish bilan bog‘liq 
xarajatlar. 
3.6. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar, shu jumladan, 
salbiy diskont. 
4. FAVQULODDA ZARARLAR 
Favqulodda zararlar - bu xo‘jalik yurituvchi subyektlarning odatdagi 
faoliyatidan chetga chiquvchi hodisalar yoki operatsiyalar natijasida 
vujudga keladigan va ro‘y berishi kutilmagan odatdan tashqari xarajatlar 
moddalaridir. Bunga favqulodda moddalar va davr xarajatlari tarkibida 
aks ettirilishi kerak bo‘lgan o‘tgan davr moddalari kirmaydi. 
U yoki bu moddaning favqulodda zararlar moddasi sifatida aks 
ettirilishi uchun u quyidagi mezonlarga javob berishi kerak: 
- korxonaning odatdagi xo‘jalik faoliyatiga xos emaslik; 
- bir necha yil mobaynida takrorlanmasligi kerak; 
- boshqaruv xodimi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga bog‘liq 
emaslik. 
Tegishli moddalarni favqulodda xarajatlarga kiritish yoki kiritmaslik 
to‘g‘risida qarorlar qabul qilishda ishlar amalga oshiriladigan sharoitlarni 


324 
ham hisobga olish lozim. Masalan, agar xo‘jalik yurituvchi subyekt 
alohida iqlim sharoitlarida joylashgan bo‘lsa, u holda - iqlim sharoitlariga 
bog‘liq holdagi ishlamay turib qolishlar favqulodda deb baholanishi 
mumkin emas, chunki ushbu modda "bir necha yil mobaynida 
takrorlanmasligi kerak" mezoniga javob bermaydi. 

Yüklə 3,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə