I. K. Umarova kat o’q. Solijonova G. K


Elash jarayonining asoslari



Yüklə 438,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/22
tarix11.12.2023
ölçüsü438,05 Kb.
#145929
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
 
Elash jarayonining asoslari. 
Elashning turlari va qo’llanilishi 
Elash - foydali qazilmaning yirikligiga qarab,bir yoki 
bir necha elak orqali elab,sinflarga ajratish jarayonidir. 
Elashga tushayotgan mahsulot-dastlabki, elak ustida 
qolgan mahsulot -elak usti, elakdan o’tgan mahsulot esa -elak 
osti mahsuloti deyiladi. 
Elashda qabul qilingan elak ko’zlari o’lchamining 
kattadan kichikka tomon ketma-ket qatori elash shkalasi,ikkita 
ketma-ket kelgan elak ko’zlari o’lchamining bir-biriga nisbati 
shkala moduli deyiladi. Masalan:48, 24, 12, 6, 3, mm li shkala 
uchun modul 2 ga teng; Mahsulotni n ta elakda elashdan so’ng 
n+1 ta mahsulot olinadi. 
Mahsulot yirikligi quyidagicha belgilanadi: -l +l yoki l-
l. Masalan: -50+12 mm; 12-50mm.
Elashning quyidagi turlari qo’llaniladi: yordamchi
tayyorlovchi, mustaqil, hamda boyitish mahsulotlaridan suvni 
ajratish maksadida ishlatiladigan elash operatsiyasi. 
Yordamchi elash maydalash va yanchish sxemalarida 
ishlatilib, dastlabki mahsulot tarkibidagi tayyor (maydalanishi 
kerak bo’lmagan) mahsulotni ajratish yoki maydalangan 
mahsulot yirikligini nazorat qilish uchun ishlatiladi. Bunday 
elashning birinchi turi-dastlabki, ikkinchisi esa nazoratlovchi 
elash deyiladi. 
2. 
Tayyorlovchi elash dastlabki mahsulotni alohida-
alohida boyitish maqsadida sinflarga ajratish uchun ishlatiladi. 


3.Mustaqil elash - elash mahsulotlari iste’molchiga
yuboriladigan tayyor mahsulot hisoblansa mustaqil elash 
deyiladi, elashning bu turi ko’pincha ko’mirni elashda 
ishlatiladi. 
Suvsizlantirish maqsadida ishlatiladigan elash boyitish 
mahsulotlaridan suvni birlamchi ajratishda keng ishlatilmoqda. 
Dastlabki mahsulotning yirikligi va elak ko’zining 
o’lchamiga qarab elashning quyidagi turlari mavjud. 
Dastlabki mahsulot- Elak ko’zining 
ning yirikligi,mm o’lchami,mm 
Yirik -1200+0 300-100 
O’rta -360+0 60-25 
Mayda -75+0 25-6 
Mayin -10+0 5-0,5 
O’rta mayin -1+0 0,05 gacha 

Yüklə 438,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə