I. K. Umarova kat o’q. Solijonova G. K


Yassi tebranuvchi elaklar



Yüklə 438,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/22
tarix11.12.2023
ölçüsü438,05 Kb.
#145929
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Yassi tebranuvchi elaklar 
Uzatish mexanizmi, qutisi va ramasi orasida qattiq
bo’lmagan kinematik bog’lanishli tezyurar tebranuvchi
elaklar asosan boyitish mahsulotlarini suvsizlantirishda 
ishlatiladi. 
BKGO-M2A markali elak 2 ta ketma-ket gorizontal 
joylashgan qutidan iborat bo’lib, qiya holdagi sharnirli
tayanchga tayanadi (har qaysi qutiga 4 tadan). Ekstsentrik 
uzatma val va tayanchlar bir-biri bilan sharnirli bog’langan.Val 
tasmali 
uzatma 
orqali 
elektrodvigateldan 
harakatga
keltiriladi.Val rama bilan 2 ta amortizatsion prujinalar orqali 
bog’langan. 


2-rasm. Yassi tebranuvchi elaklar.
Harakat ikki juft shatunlar yordamida valdan qutichalarga 
uzatiladi. 
Kutilarning 
harakatlanuvchi 
massasini 
muvozanatlashtirish uchun ekstsentrisitetlar bir-biridan 180
0
ga 
siljitilgan. 
Elak quyidagi texnik xarakteristikalarga ega: qutining 1 
minutdagi tebranishlari soni 400-450; tebranish amplitudasi 14-
26 mm; 2 ta to’rning maydoni 7,5 m; ko’mirli kontsentratni
suvsizlantirishdagi ishlab chiqarish unumdorligi 20-25 
t/soat,ko’mirli shlamlar uchun 12-13 soat. 
Yarim vibratsion elaklar 
 


3-rasm. 
Yarim vibratsion elaklar 
Yarim vibratsion elaklar to’r o’rnatilgan qutini ekstsentrik
val yordamida vertikal tekislikda aylanma harakatlanishi bilan 
xarakterlanadi. 
Qo’zg’almas ramaga podshipniklarda gorizontal holda 
ekstsentrik val o’rnatilgan. Elak qutisiga tebranuvchi
podshipnik mahkamlangan.Quti unga tortilgan to’r (2 ta yoki 
3 ta ham bo’lishi mumkin) bilan gorizontga nisbatan 20-30
0
burchak ostida o’rnatiladi va shunday holatda amortizatorlar 
yordamida ushlab turiladi. 
Valga harakat ramaga o’rnatilgan elektrodvigateldan uzatma 
va shkiv orqali beriladi.Elak qutisi vertikal tekislikda kichik 
radiusli aylanma harakat qiladi. 
Qutining tebranishlar amplitudasi va harakat traektoriyasi 
faqat o’rta qismi uchungina doimiydir.Qutining elliptik


traektoriya bo’yicha harakatlanuvchi chetki qismlari o’rta 
qismining tebranish amplitudasiga nisbatan erkinroq tebranish
va amplitudaga ega.Quti chetlarining harakatlanish xarakteri 
amortizatorlarning qattiqligi bilan aniqlanadi. 

Yüklə 438,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə