I. Kirish II. Asosiy qism


Turlari: yetakchi va yetaklanuvchi qismlar orasidagi bog‘lanish tasnifiga asosan ilashish muftalarini friksion



Yüklə 1,98 Mb.
səhifə10/12
tarix28.11.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#136607
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Kamaz – 5320 avtomobilining oraliq birikmasi, kardanli uzatmasi va yetakchi ko‘priklari texnik loyihasini ishlab chiqish

Turlari: yetakchi va yetaklanuvchi qismlar orasidagi bog‘lanish
tasnifiga asosan ilashish muftalarini friksion, gidravlik va elektromagnit
(kukunli) turlarga ajratiladi. Eng ko‘p taralgan - bu friksion ilashish
muftalaridir. Ularda burovchi moment yetakchi qismdan yetaklanuvchi
qismga, shu qismlarning ta’sirlashish yuzalaridagi ilashish kuchi yordamida uzatiladi. Gidravlik (gidromufta) ilashish muftalarida yetakchi va yetaklanuvchi qismlar bog‘lanish, shu qismlar orasida harakatlanayotgan suyuqlik oqimining bosimi bilan amalga oshiriladi, elektromagnit ilashish muftalarida esa magnit maydon yordamida amalga oshiriladi.
Gidravlik yuritmali ilashish muftasi
Yetakchi qismga dvigatel maxovigi, g‘ilof va siquvchi disk,
yetaklanuvchi qismga-yetaklanuvchi disk tegishli. Siquvchi disk g‘ilof
bilan bikr plastinkalar yoki bir boshqa o‘zaro harakatchan bog‘lanishga
ega. Bu g‘ilofdan siquvchi diskka burovchi momentni uzatishni va
ilashish muftasi ajratilganda yoki ulanganda siquvchi diskni o‘q bo‘yicha
harakatini ta’minlaydi. Bundan tashqari, friksion ilashish muftasini
ulashni, ajratishni amalga oshiruvchi va ilashish muftasining yuritmasini
tashkil etuvchi detallar alohini guruhni tashkil etadi.
Ilashish muftasini ulash prujinalar hosil qilgan kuch ta’sirida
amalga oshiriladi, ajratish esa richaglarni (odatda ular 3 yoki 4 ta
bo‘ladi) g‘ilofga makamlangan nuqtalariga nisbatan burganda yuqoridagi
siqish kuchini yengish tufayli amalga oshiriladi. Richaglar g‘ilof bilan
birga aylanadi, shuning uchun ularga aylanmayotgan detallardan
harakatni uzatish uchun ularga aylanmayotgan detallardan harakatni
uzatish uchun ezuvchi podshipnikli ajratish muftasi ishlatiladi.
Mufta vilka yordamida suriladi. Ilashish muftasining mexanik
yuritmasi pedal, torti, prujina, vilkadan iborat.

Agar pedal erkin holda bo‘lsa, ilashish muftasi ulangan bo‘ladi


(yetaklovchi va yetaklanuvchi qismlar ulangan) bo‘ladi, chunki
yetaklanuvchi disk maxovik bilan siquvchi disk o‘rtasida prujinalar
yordamida siqib qo‘yilgan. Burovchi moment yetakchi qismdan
yetaklanuvchi qismga yetaklanuvchi diskni maxovik bilan va siquvchi
disk bilan ta’sirlashuvchi ilashish yuzalari orqali uzatiladi. Pedalga kuch
ta’sir qilganda (bosilganda) ilashish muftasi ajratiladi chunki ajratish
muftasi podshipnik bilan o‘q bo‘ylab maxovik tomon harakatlanib,
richaglarni buradi (harakatga keltiradi) va siquvchi diskni maxovikdan
qarshi tomonga suradi va yetaklanuvchi diskdan ajratadi.
Friksion ilashish muftasining yuritmasi mexanik, gidravlik,
elektromagnit
bo‘lishi mumkin. Ko‘pgina yengil va yuk avtomobillarida mexanik va gidravlik yuritmalar ishlatiladi. Elektromagnit yuritmalarni asosan yengil avtomobillarda ilashish muftasini boshqarishni avtomatlashtirishda qo‘llaniladi. Ilashish muftasini boshqarishni osonlashtirish uchun mexanik (servoprujinalar), pnevmatik yoki vakuumli kuchaytirgichlardan foydalaniladi.

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə