I kirish mashinasozlik texnologiyasi haqida malumot. II


Zagatovka olish usulini tanlash



Yüklə 45,21 Kb.
səhifə2/10
tarix22.03.2024
ölçüsü45,21 Kb.
#182597
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
I kirish mashinasozlik texnologiyasi haqida malumot. II

Zagatovka olish usulini tanlash.
Zagatovka olishda eng avvolo berilayotgan detalning materialiga e’tibor qaratishimiz zarur hisoblanadi.Bu tayyorlanadigan detalimiz qopqoq bo’lgani uchun hamda uning ko’p qismiga ishlov berishimiz kerakligini inobatga olgan holda bunda po’lat 40 materialidan foydalanganimiz maqsadga muvofiq hisoblanadi. Konstruksion po`latlar deb, mashinasozlikda va inshootlarni ko`rishda detallar va konstruksiyalarni yasash uchun qo`llaniladigan po`latlarga aytiladi. Bunday po`latlar uglerodli yoki legirlangan bo`lishi mumkin. Konstruksion po`latlarda uglerod miqdori 0,5-0,6% dan ko`p emas, ammo, ba'zi bir paytlarda hattoki 0,8-0,85% ga ham yetishi mumkin.
Hozirgi zamon mashina detallari ko`pincha yuqori dinamik kuch ta'sirida, katta kuchlanish hamda past temperaturalarda ishlaydi. Bunday sharoit materialni mo`rt yemirilishiga olib keladi, natijada mashinani ishonchli ishlash muddatini kamaytiradi. Shuning uchun, statik sinash natijasida aniqlangan yuqori mexanik xarakteristikalardan tashqari, yuqori konstruksion mustahkamlikka ham ega bo`lishi kerak, ya'ni real sharoitda qo`llaniladigan detallar hamda konstruksiyalarni mustahkamligi yetarli bo`lishi kerak, to`satdan hosil bo`ladigan yuqori kuchlanishga qarshilik ko`rsata olishi kerak. Konstruksion materiallar yaxshi texnologik xossalarga ham ega bo`lishi kerak: bosim ostida material yaxshi ishlanishi kerak (prokatlash, bolg`alanish, shtamplash va h.k.) va yaxshi kesib ishlanishi kerak, jilvirlanishda mayda darzlar hosil bo`lmasligi kerak, toblash chuqurligi yetarli bo`lishi kerak va qizdirilganda yuza qismida uglerod kamaymasligi kerak, toblanganda deformatsiyalanmasligi hamda darzlar hosil bo`lmasligi kerak va h.k. Qurilish inshootlarida ishlatiladigan po`latlar esa yaxshi payvandlanish xususiyatlariga ega bo`lishi ksrak. Sifatli kontruksion po`latlar oddiy sifatligiga qaraganda zararli qo`shimchalardan ancha tozalangan bo`ladi, fosfor va oltingugurt miqdori 0,03-0,04% dan oshmaydi, metall bo`lmagan qo`shimchadar ham kam bo`ladi. Mashinasozlik sanoatiga metallurgiya sanoati tomonidan prokat polatidagi pokovka yoki boshqa profildagi yarim fabrikat holatida chiqariladi. Bunday po`latlar 08, 10, 15, 25, .85 deb markalanib, bu sonlar esa po`latda uglerod miqdori 0,01 aniqlikda ekanligini ko`rsatadi (GOST 1050-74). Masalan, po`lat 20 da uglerod miqdori 0,20%, po`lat 40 da esa 0,40% ekanligini ko`rsatadi.
Biz bilamizki zagatovka olishning bir qancha usullari mavjud hisoblanadi.Bular:Shtamplash usuli bilan zagatovka olish,prokatlash usuli bilan zagatovka olish,quyma usulda zagatovka olish va boshqalar.Menga berilgan detal uchun quyma usulda zagatovka olish maqulroq hisoblanadi.Sababi bu usul keng tarqalgan hamda kamroq vaqt va harajat talab qiladi.Birinchi navbatda berilgan detalimizni maketi yasaladi.Bular asosan yog’ochdan yoki parafindan yoki po’kaklardan yasaladi. Zamonaviy korxonalarda ishlab chiqarish dasturini vaqtida va slfatli bajarish uchun ishlab chiqarishni tayyorlash katta ahamiyatga ega. Quyma materiallar har xil materiallardan jumladan, nometall (toshli quyma, plastmassali), toza metallardan (tilla, kumush, mis, alyuminiy, titan va boshqalardan) olinadi. Asosiy quyma material hisoblangan metall qotishmalar bir necha elementlarni eritib, zarur kimyoviy xossaga keltirilib, talab qilinadigan xususiyatga yetkazib olinadi.
Mahsulot olishning rivojlangan uslublarini ikkita katta guruhga bo’lish mumkin:
Zarur bo’lgan qotishmani eritib, qolipda quyib, quymali mahsulot olish.
Qattiq holatdagi qotishmali materialni ishlov berib mahsulot tayyorlash.
Quymakorlikning ishlab chiqarish mahsuloti quymadir. Quyilma olinsa, bu quyma detal, agar quyma detalga zarur mexanik ishlov berilsa, bu quyma mahsulotdir. Quyma uchun amaliyotda belgilar murakkablik va o’lchamlar bilan chegaralangan. Murakkabroq bo’lgan quymalar olish uchun rivojlangan texnologiyalar, jihozlar, boshqarish qurilmalari talab qilinadi.
Talabga mos keluvchi eritma qayerga quyish kerakligi - quyma o’lchami, ko’rinishini tashkil qiladi va quyma qolip bo’shlig’iga quyiladi.
Quyma qolip quyidagi xususiyatlar asosida klassifikatsiyalanadi:
quyilish soniga qarab - bir martali (hajmli, yupqa devorli va boshqa) va ko’p martali foydalanuvchi (yarim doimiy va doimiy);
‒ qolipdagi namlikning miqdori bo’yicha - nam, quruq va quritilgan;
‒ qolip materiali bo’yicha - qum-gilli, qum-gil-sementli, gipsli yuqori olovbardosh materialdan, metalldan va boshqalar;
‒ tayyorlash uslubi bo’yicha - bir martali qum-gilli qolipda va maxsus usulda quyma hozirlash.
Quyma olish texnologiyasining ishlab chiqarish zarur jarayonlariga quyidagilar kiradi:

‒ Quyma detalning texnologiyasini ishlash, konstruktor detal qotishmasining turi va konstruksiyasini belgilash.


‒ Quyma tayyorlashning eng aniq uslubini tanlash.
‒ Qolip va o'zak tayyorlash uchun texnologik jihoz tanlash.
‒ Quymakorlik qolip va quymaning chizmasini tayyorlash. ‒ Moslamani loyihalash va tayyorlash.
‒ Qoliplash materiallari, qoliplash va o’zak aralashmalarini tayyorlash uchun jihoz tanlash.
‒ Tatbiq etilayotgan qolipni yig’ish va unga metall quyish jarayonining texnologik hujjatlarini tayyorlash.
‒ Suyuq qotishmaning texnologiyasini tayyorlash
‒ Eritmaning sifatini baholash, eritish agregatini, komponentlarni tayyorlash texnologiyasini va shixtaning hisoblash uslublarini tayyorlash.
‒ Eritish texnologiyasini, qotishmaga suyuq holatda ishlov herishni ishlab chiqish.
‒ Quyma qolipga metall quyish texnologiyasini, finish jarayonida quymaning sovishini (qolipdan quymani ajratish, o’zakni chiqarish, tozalash, quymalarga termik ishlov berish, sifatini tekshirish, nuqsonlarini bartaraf qilish, himoya qoplamalarini tozalash, qabul qilish va chiqish hujjatlarini rasmiylashtirish) ishlab chiqish. ‒ Tekshirish sharoitini va uslubini tanlash.

Yüklə 45,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə