I kirish mashinasozlik texnologiyasi haqida malumot. II


Texnologik jarayonni ishlab chiqish mazmuni



Yüklə 45,21 Kb.
səhifə3/10
tarix22.03.2024
ölçüsü45,21 Kb.
#182597
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
I kirish mashinasozlik texnologiyasi haqida malumot. II

Texnologik jarayonni ishlab chiqish mazmuni. Quymani tayyorlash texnologik jarayonini ishlab chiqish uchun quyidagi savollar hal qilinishi zarar:
  1. Detal qurilmasi va berilgan texnik shartlarning quymakorlik texnologiyasi nuqtai nazaridan tahlil qilish;


  2. Qoliplash usuli va qolip tasnifini, qolipning ajratish tekisligini, o'zaklar konturi va qurilmalarini belgilash;


  3. Metallni quymaga keltirish joyini, qolipga metalni kiritish tizimi kesirn: o’lchovlari va qurilmalarini tanlash;


  4. Qolipl va o’zak aralashmalari hamda qolip va o’zaklar raqamlash tartibi;


  5. Texnologik jarayonni nazorat qilish joyi va nazorat usullarini tanlash;


  6. Quymalarni urib chiqarish, tozalash va termik ishlov berish hamda ular qabul qilish usullari va tartibini tanlash. Aytib o’tilgan savollarning asosiy mazmuni va yechish tamoylliari ko’rib chiqaylik.


Detal qurllmasi va berilgan texnik shartlarni ko’rib chiqqanda ular quymakorlik texnologiyasining asosiy talablariga va ushbu detalni berilgan moddalarda va ushbu quymakorlik sexida ishlab chiqarish sharoitlariga muvofiqligini tekshirish zarur. Detalning quyma qurilmasiga bo’lgan quymakorlik texnologiyasining umumiy asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:


  1. Quyma detaida metallning joylarda yig’ilib qolishi va ichki kuchlanishlar, qaytish bo’shliqlari va chig’anoqlari kelib chiqishiga olib keluvchi qalinliklarning keskin o’zgarishi kabilarga yo’l qo’ymaslik darkor;


  2. Detallarni loyihalashda ularni quyish holatidagi katta gorizontal tekisliklar bilan hamda keskin qayilishlar, murakkab cho’ntak va kirishlar bilan qilish maslahat berilmaydi. Chunki ular qolipning metall bilan to’ldirilishini yomonlashtiradi;


3.Quyma detal qurilmasi qolipda o’zaklarning ishonchli o’rnatilishini ta’minlashi kerak, qoliplarni yig’ishda iloji boricha tirgaklarsiz va o’zaklarda havo almashishini ta’minlashi darkor;


4. Bo’rtib chiqqan joylar, platiklar va boshqa mahalliy chiqib turgan qalinliklarni qolipni ajratish tekisligiga yetkazilishi zarar, aks holda modelda ajratiladigan bo’laklar mavjud bo’ladi.

Yüklə 45,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə