I mavzu. «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanining maqsadi va vazifalari



Yüklə 131,77 Kb.
səhifə15/41
tarix24.04.2023
ölçüsü131,77 Kb.
#106772
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41
I mavzu. «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanining maqsadi va vaz

Yana bir marta qaytaramiz!
1. Fanning muhim bilish irmog‘ini ilmiy yo‘nalish tashkil qiladi. O‘z navbatida ilmiy yo‘nalish bilimlarni sohaviy tarmoqlarga bo‘linishidan kelib chiqadi. Fan____fan tarmoqlari _____ fan yo‘nalishi.
2. Ilmiy yo‘nalish ilmiy jamoa va ilmiy maktab shug‘ullanadigan fan tarmog‘ini bir sohasidir. Ilmiy yo‘nalishni o‘zi bir qator struturaviy birliklardan tashkil topgan. Bular: kompleks tadqiqot dasturi, muammo, mavzu, masala.
3. Ilmiy muammo ma’lum izlanish sohasini qamrab olgan, samarali istiqbolga ega bo‘lgan murakkab masaladir.
4. Ilmiy muammoni manbai tadqiqotda vujudga keladigan muammoli vaziyatdir. Muammoli vaziyat yangi fakt va uni tushuntiraolmaydigan nazariya yoki ta’limot o‘rtasidagi ziddiyatdir.
5. Tadqiqotni samarali bo‘lishi ko‘p jihatdan muammoni me’yoriy talablarga rioya qilgan holda tavsiflashga bog‘liq.
6. Mavzuni tanlash murakkab nazariy va metodologik faoliyat bo‘lib, uning ma’lum talablari va me’yoriy ko‘rsatkichlari mavjud. Dolzarbligi, yangiligi, mantiqiy izchilligi, tatbiq qilish imkoniyati va boshqalar.
7. Mavzu samaradorligini baholash ilmiy tadqiqot faoliyati unumdorligini oshirish, bilish va amaliyotga tatbiq qilish imkoniyatlarini kuchaytirish uchun zarurdir.
8. Ilmiy tadqiqot mavzusi va izlanish natijalari samaradorligini baholashda unumdorlik koeffitsiyenti yetarli bo‘lmasa, ekspertli baholash usulidan foydalanadilar.
9. Ilmiy tadqiqot ma’lum bosqichlar ketma-ketligidan iborat bo‘lib, har bir bosqichda rejada belgilangan tadbirlar amalga oshiriladi. Tadqiqotning standart modeliga ko‘ra izlanish 6 ta bosqichdan iborat. Ish reja tuzishdan boshlanib, olingan natijalarni rasmiylashtirish, hisobot yozish, maqolaga chop qilish bilan yakunlanadi.
Savollar va vazifalar
1. Fanda sohaviy bo‘linish nimaga olib keladi?
2. Ilmiy yo‘nalish nima va u qanday birliklarga bo‘linadi?
3. Ilmiy muammo tushunchasini izohlab bering?
4. Ilmiy muammoni nima keltirib chiqaradi?
5. Muammoli vaziyat nima?
6. Ilmiy muammoni tavsiflash nima uchun kerak?
7. Muammoni tavsiflashda qanday me’yoriy talablarga rioya qilinadi?
8. Mavzu nima, u nimadan hosil bo‘ladi?
9. Mavzuni tanlashda qanday metodologik talablarga asoslanish kerak?
10. Mavzu masalasida ekspertlar qanday ishlarni bajaradilar?
11. Mavzu va tadqiqotni samaradorligi nimada namoyon bo‘ladi?
12. Tadqiqot samaradorligini aniqlaydigan formulaga izoh bering?
13. Qaysi vaziyatda iqtisodiy samaradorlik formulasi yetarli bo‘lmay qoladi?
14. Ilmiy tadqiqot qanday bosqichlardan iborat?
15. Tadqiqotni boshlang‘ich bosqichida qanday ishlar bajariladi?
16. Ilmiy tadqiqot bosqichlarini standart modeliga izoh bering?


Yüklə 131,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə