I mavzu. «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanining maqsadi va vazifalari



Yüklə 131,77 Kb.
səhifə2/41
tarix24.04.2023
ölçüsü131,77 Kb.
#106772
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
I mavzu. «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanining maqsadi va vaz

Yana bir marta qaytaramiz!
1. Fan ijtimoiy institut bo‘lib, unda farovonlikka erishish uchun zarur bo‘lgan yangi g‘oyalar, tushunchalar va nazariyalar ishlab chiqiladi, shular asosida yangi predmetlar, mexanizmlar va texnologiyalar ixtiro qilinadi.
2. Jamiyatni hozirgi taraqqiyot bosqichini fansiz, unda amalga oshiriladigan ilmiy va texnologik yangilanishlarsiz, kashfiyot va ixtirolarni ishlab chiqarishga tatbig‘isiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
3. Fanning harakatlantiruvchi kuchi-bu yangi bilimlar va loyihalar ishlab chiqishga, ixtirolar qilishga qodir bo‘lgan tadqiqotchilardir.
4. Fan poli(ko‘p)strukturali ijtimoiy institut (muassasa) bo‘lib, uning barcha tashkiliy bo‘limlarida faoliyat va mehnat taqsimoti nizomlar va shartnomalar asosida mutanosiblashtiriladi.
5. Ilmiy tadqiqot metodologiyasini o‘rganish yosh tadqiqotchilarda izlanish olib borish malakasi va mahoratni hosil bo‘lishiga olib keladi.
6. Tadqiqot olib borishda metodologik fikrlash va uslubiy aniqlik bo‘lmasa, ijobiy natijaga erishish imkoniyati kamayadi.
7. Ilmiy tadqiqot metodologiyasida ishlab chiqilgan tushunchalar, ko‘rsatmalar va tavsiyalarni o‘rganish ijod qilish, bilim va amaliyotni uzviy bog‘lash uchun mustahkam zamin bo‘lib xizmat qiladi.
Savollar va vazifalar
1. Ta’lim tizimini turli bosqichlarida o‘zlashtirilayotgan bilimlar qanday xususiyatlarga ega?
a) maktabda
b) kollejda
v) bakalavriatda
2. Magistraturada qanday tipdagi ilmiy muammolar izlanish predmetiga aylanadi? Xususiyatini ochib bering, o‘zingiz o‘rganayotgan ilmiy yo‘nalish sohasidan misol keltiring.
3. Fanning jamiyatdagi boshqa institutlardan (muassasalardan) asosiy farqi nimada?
4. Fanning jamoaviy hislati nimadan kelib chiqadi?
5. Tadqiqotchilarning faoliyati boshqa ijtimoiy sohalardagi xodimlar mehnatidan nima bilan farq qiladi?
6. Fanning poli(ko‘p)strukturali muassasa bo‘lishi nimada namoyon bo‘ladi? Bunday hislatning sabab va asosi nimada? (1-rasmdan foydalanib izoh bering).
7. Fan nima uchun turli tashkiliy strukturalarga bo‘linadi? Sababini tarix va zamon nuqtai nazarda turib tushuntiring.
8. Fanning tashkiliy strukturasi va olib borilayotgan ilmiy tadqiqot turlari o‘rtasida bog‘lanish bormi? Izohlab bering?
9. Hozirgi zamon fan tizimida qanday tashkiliy strukturalar (institutsional tuzilmalar) mavjud?
10. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi nimani o‘rgatadi?
11. Yosh tadqiqotchiga ilmiy tadqiqot metodologiyasini o‘rganish nima beradi?
12. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi tarkib jihatdan nimalardan iborat?
13. Tadqiqot usuli nima va u qanday hosil bo‘ladi?
14. Metodologik (uslubiy) fikrlash va aniqlikni bo‘lmasligi nimaga olib keladi?
15. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanini o‘rganishdan maqsad. Izoxlab bering?
16. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi qanday masalalar bilan shug‘ullanadi?
17. Ilmiy tadqiqot metodologiyasini o‘rganish jarayonida qanday vazifalar bajariladi?

Yüklə 131,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə