I mavzu. «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanining maqsadi va vazifalari



Yüklə 131,77 Kb.
səhifə4/41
tarix24.04.2023
ölçüsü131,77 Kb.
#106772
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
I mavzu. «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanining maqsadi va vaz

Yana bir marta qaytaramiz!
1. Fan o‘zining uchinchi, postnoklassik taraqqiyot bosqichga o‘tmoqda, tadqiqot olib borish amaliyoti, yo‘llari va usullari tobora murakkablashmoqda. Bunday sharoitda fan sohasida faoliyat ko‘rsatmoqchi bo‘lgan tadqiqotchi bir qator malakaviy hislatlarga ega bo‘lishi, kasbiy talablarga javob berishi kerak.
2. Kasbiy malaka mavjud va o‘stirilishi kerak bo‘lgan fazilatlardan (qobiliyat, o‘quv, zehn, tirishqoqlik, mahorat va boshqalar) iborat bo‘lib, bular fanda ijod qilishni asosiy sharti hisoblanadi.
3. Samarali tadqiqotning psixologik omillari qatoriga qiziquvchanlik, tadqiqotga berilib ketish, zehn, doimiy faollik kiradi.
4. Maqsad va motivatsiya o‘zida yangilikni saqlagan natijani qo‘lga kiritishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
5. Ilmiy maktab an’analarini davom ettirish ilmiy ijod manbai va zaminidir.
6. Intellektual qobiliyatni o‘stiradigan amallarni (diqqatni to‘plash, xotirani mustahkamlash, fikrni mantiqan to‘g‘ri ifodalash va boshqalar) muntazam bajarib borish kerak.
7. Tadqiqot texnologiyasi talabalariga rioya qilish ilmiy yutuqlarni muhim shartidir.
8. Tadqiqotchining kuchli psixologik quroli zehn bo‘lib, uni doimo o‘stirib borish kerak.
9. Tirishqoqlik, ishga berilib ketish, aqliy mehnat gigiyenasiga rioya qilish ijod qilish uchun zarur.
10. Jamoadagi ilmiy an’ana va vorislikni davom ettirish muhim ma’naviy va metodologik qonuniyatdir.
Savollar va vazifalar
1. Tadqiqotchiga kasbiy malaka nima uchun kerak?
2. Kasbiy malaka nima?
3. Kasbiy malakani asosida nima yotadi?
4. Kasbiy malaka qanday hislat va fazilatlardan iborat?
5. 1-rasmda ifodalangan kasbiy malaka hislatlari o‘rtasida bog‘lanish bormi?
6. Fanda maqsad va motivatsiya qanday namoyon bo‘ladi? Ularni ilmiy tadqiqotda qanday rol o‘ynashini izohlab bering?
7. Kasbiy malakani hosil bo‘lishida ilmiy an’ana va maktabni roli bormi?
8. G.Alder ishlab chiqqan modelning asosiy g‘oyasi nimadan iborat?
9. Tadqiqot texnologiyasi nima? Nima uchun kerak?
10. Tadqiqot texnologiyasi talablari va qoidalariga izlanish amaliyotidan misollar keltiring?
11. Tadqiqot texnologiyasiga oid tashkiliy, davriy, intellektual talablar va holatlarni bir-biridan farqlab, alohida-alohida ajralib ko‘rsating?
12. Ilmiy izlanishda zehn qanday rolni o‘ynaydi?
13. Zehn va qobiliyat o‘rtasida aloqadorlik bormi?
14. Ishchanlik nima, qanday namoyon bo‘ladi?
15. Sutka va hafta ichida ishchanlik koeffitsiyent qanday raqamlarda ifodalanadi. Izohlab bering?
16. Tadqiqot samaradorligiga qanday shart-sharoitlar va omillar ta’sir ko‘rsatadi?

Yüklə 131,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə