I mavzu. «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanining maqsadi va vazifalari



Yüklə 131,77 Kb.
səhifə7/41
tarix24.04.2023
ölçüsü131,77 Kb.
#106772
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41
I mavzu. «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanining maqsadi va vaz

2. Ilmiy tadqiqotda ijodiy jarayon


Ilmiy tadqiqotni o‘tkazishdan maqsad ob’ektni kuzatish davomida olingan faktlarni tahlil qilish, unga oid xossa va qonuniyatlarni tushuntirib beradigan gipoteza, g‘oya va nazariyalarni ishlab chiqishdan iborat.
Maqsadni amalga oshirish ilmiy muammoni qo‘yishdan boshlanadi. Bu bilan ilmiy ijod tomon dastlabki qadam qo‘yiladi.
Muammo tadqiqot ob’ektiga berilgan savoldir. Motivatsiyaga asoslangan ruhiy ko‘rsatma tadqiqot energiyasini kashf qilish ufqi tomon yo‘naltiradi. Izlanish jarayonida ijod qilinadi, muammo hal etiladi, yangi tasavvur, tushuncha yoki nazariy xulosa hosil bo‘ladi.
Muammo bilan tanishishdan oldin izlanuvchi tadqiqot yo‘nalishi va mavzuni tanlaydi. Mavzuda muammoning mazmuni mujassamlangan («shifrlangan») bo‘ladi. Muammoning mazmuni esa tadqiqot predmetini tashkil qiladi.
Tabiiy-ki, tanlangan yo‘nalish va mavzu bo‘yicha tadqiqotchi zamon darajasidagi bilimga ega bo‘lishi kerak. Bu ilmiy ijod qilish uchun zarur bo‘lgan minumum va ayni paytda, metodologik talabdir.
Yana bir muhim talab, tadqiqotchida ijodiy qobiliyatni o‘stirish, uni doimo ishlaydigan kreativ hislatga aylantirishdir. Mazkur hislat tadqiqotni barcha bosqichlarida yangilik ochish impulsini hosil qiladi, yechim yoki olingan natijaning nazariy mazmuni va amaliy ahamiyatini chuqur va yangicha anglash imkoniyatini beradi.
Psixologlarni ta’kidlashlaricha tadqiqotda ijod qilish potensialini oshiradigan muhim hislat tafakkur teranligidir. Teranlik tadqiqotchi tomonidan turli izlanish usullar va yondashuvlarni, analitik va sintetik (umumlashtiruvchi) fikrlash qobiliyatlarini birlashtirib ishlay bilishda, tafakkurda verbal, obrazli, modelli va mavhumlashtirilgan shakllarda mushohadali (fikrda) eskperimentni qo‘ya bilishda namoyon bo‘ladi.
Bundan tashqari tadqiqotda ijod qilish potensialini to‘la ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoitlar, vositalar va uskunalar zarurdir.
Tadqiqotning har bir bosqichida o‘ziga xos yondashuvlar, bilish shakllari va usullardan foydalaniladi. Muammo qo‘yilgandan keyin ijod qilish yangi faktlarni ochish va talqin qilishda namoyon bo‘ladi.
Tadqiqotda eng mas’uliyatli daqiqa muammo yechimi topilgandan keyin izlanish ob’ektini har tomonlama tushuntirib beradigan, uning keyingi holati va funksiyalarini bashorat qila oladigan bir-butun nazariyani ishlab chiqishdir.
Ko‘rinib turibdiki, ilmiy tadqiqotdagi ijodiyot avtomatik tarzda sodir bo‘ladigan hodisa emas, balki bir qator ob’ektiv va sub’ektiv shart-sharoitlar, ko‘p bosqichli, murakkab izlanish jarayonlarni amalga oshirilishi bilan belgilanadi. Eng muhimi tadqiqotchining ijodiy intellekti. Uning o‘rnini hech narsa, hatto eng mukammal sun’iy intellekt ham egallay olmaydi.

Yüklə 131,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə