K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va



Yüklə 3,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/307
tarix24.05.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#112697
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   307
4-Buxgalteriya-hisobi-va-audit.-K.B.-Urazov-2004-oquv-qollanma




 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
K. B. URAZOV
 
 
 
 
BUXGALTERIYA HISOBI VA
AUDIT 
 
 
O‘QUV QO‘LLANMA 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
TOSHKENT «O‘QITUVCHI» -2004 



 
O‘ZBEKISTON
 RESPUBLI KASI OLIY VA 
O‘RTA
 M AXSUS TA‟LI M
VAZI RLI GI
 
O‘QUV
 ADABI YOTLARI , BYULLETEN VA JURNALLARNI
NASHRGA TAYYORLASH MARKAZI
 
 
 
 
K.B. URAZOV 
 
 
 
 
BUXGALTERIYA HISOBI VA
AUDIT 
 
O‘QUV QO‘LLANMA 
 
 
 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy o‘quv yurtlari ilmiy-uslubiy birlashmalar 
faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan oliy o‘quv yurtlari talabalari 
uchun o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
TOSHKENT «O‘QITUVCHI» -2004 



 
 
O‘quv
qo‗llanmada buxgalteriya hisobining nazariy asoslari, korxonalarda aktivlar, 
majburiyatlar, xususiy kapital hisobini yuritish, moliyaviy hisobotni tuzish tartibi, 
shuningdek audit nazariyasi, uning umumiy metodologiyasi va tashkil qilinishi, audit 
natijalarini umumlashtirish, rasmiylashtirish va tadbiq etish oxirgi yillarda qabul qilingan 
qonunlar va boshqa me‘ yoriy hujjatlarga muvofiq yoritilgan. 
Oliy o‗quv yurtlarida 5340100 «Iqtisodiyot», 5340200 «Menejment», 5340300 
«Marketing» va 5340400 «Biznes» ta‘lim yo‗nalishlari bo‗ yicha bakalavriatda ta‘lim 
olayotgan talabalarga mo‗ljallangan. Undan o‗qituvchilar, ilmiy xodimlar, magistrlar, 
iqtisodchilar, buxgalterlar va auditorlar ham foydalanishlari mumkin. 
 
 
 
 
Taqrizchilar: 
 
Toshkent moliya instituti «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi
(dotsent 
Xasanov B.A, dotsent Mamatov Z.T, Ochilov I.K)
 
Ibragimov N.A. 


iqtisod fanlari doktori, professor
Musayev H.N
. - iqtisod fanlari doktori, professor
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
0605010205 - 93 
U --------------------------
Qat’iy
 buyurtma - 2004 
353(04) - 2004 
ISBN 5 – 645 – 04177 – 1
© «O‗ qituvchi» nashriyoti, 2004.
 
 

 
 



 O‘z umrini yoshlarning tarbiyasiga bag‘ishlagan, 
marhum padari buzrukvorim Baxrom O‘razov
xotirasiga bag‘ishlayman 
 
 
K I R I Sh
Respublikamiz oliy va o‗rta maxsus o‗quv yurtlarida berilayotgan iqtisodiy bilimlar
ichida muhim o‗rinlardan birini buxgalteriya hisobi va audit egallaydi.
Buxgalteriya hisobi va audit mutaxassisligi bo‗ yicha ta‘lim olayotgan talabalar 
uchun bu bilim sohalari alohida – alohida maxsus fanlar sifatida o‗rgatiladi. Iqtisodiyot, 
menejment va marketing o‗quv yo‗nalishlarida ta‘lim olayotgan talabalar uchun
buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi bilimlar davlat standartida ko‗zda tutilgan 
«Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy taxlil va audit» nomli yagona fanning tarkibiga 
kiritilgan. E‘tiborlaringizga havola etilayotgan darslik ushbu yagona fanning o‗quv 
dasturiga muvofiq tayyorlangan, faqatgina u o‗z ichiga buxgalteriya hisobi va auditga 
doir mavzularni olgan. 
Buxgalteriya hisobi maxsus fan sifatida olti asrdan beri o‗qitilib kelinmoqda. Uning 
jamiyatda tutgan o‗rni, metologiyasi, tashkil etilishi bo‗ yicha juda ko‗p kitoblar
yozilgan. Buxgalteriya hisobining ahamiyati to‗g‗risida «Quron»da, mashhur sarkorda 
bobomiz Amir Temur tuzuklarida, xattoki yozuvchi va shoirlarimiz asarlarida ham juda 
ajoyib fikrlar keltirilgan. 
Audit bizning mamalakatimiz uchun nisbatan yangi ilm sohasi, lekinda jahon 
mamalakatlari malakasida u bir yarim asrdan ko‗p davrga to‗g‗ ri keladigan tarixga ega. 
Ushbu yangi ilm sohasini respublikamizda rivojlantirish, iqtisodiyotimiz ravnaqi uchun 
zarur bo‗lgan auditorlarni tayyorlash bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir. 
Prezidentimiz I. Karimov ushbu faoliyatga alohida e‘tibor berib, «Tadbirkorlar 
manfaatini himoya qilishda auditorlik faoliyatining mavqeini yanada oshirish kerak», deb 
o‗qtirgan edi
1

Respublikamizning mustaqillikga erishishi, uni bozor munosabatlariga asoslangan 
iqtisodiyotga yo‗ l tutishi, iqtisodiyotni to‗liq isloh qilinishi, albatta, buxgalteriya hisobi 
va audit sohalarini ham chetlab o‗tmadi. O‗tgan 12 yil ichida boshqaruvning ushbu 
vositalarida ham tub o‗zgarishlar yuz berdi. Aynan shu yillar ichida buxgalteriya hisobi 
va auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar qabul qilindi, ular bo‗ yicha halqaro 
talablarga javob beradigan 50 ga yaqin milliy standartlar va boshqa me‘ yoriy hujjatlar 
yaratildi. Ushbu Qonunlar va boshqa me‘ yoriy hujjatlarni, shuningdek boshqa qabul 
qilingan tadbirlarni, jumladan, quyidagi yilnoma sifatida keltirish mumkin:

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə