K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va



Yüklə 3,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/307
tarix24.05.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#112697
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   307
4-Buxgalteriya-hisobi-va-audit.-K.B.-Urazov-2004-oquv-qollanma

Muallif
 
 



1-BO„LI M
 
BUXGALTERI YA HISOBINI NG NAZARIY ASOSLARI
 
 
1-bob. BUXGALTERIYA HISOBINI NG PREDMETI VA TAM OYILLARI
 
 
 
 
1.1. Hisob tushunchasi, uning turlari va boshqaruvda tutgan o„rni 
Har qanday jamiyatni rivojlanishi uni boshqarishni taqozo etadi. Boshqarish, o‗z 
navbatida, jamiyatning turli tarmoq va sohalarida yuz bergan va berayotgan jarayonlar, 
xo‗jalik faoliyatini olib borayotgan sub‘ ektlarning mablag‗lari, ularni tashkil etish 
manbalari, erishayotgan natijalari va boshqa jihatlari to‗ g‗risidagi axborotlarni 
mavjudligiga bog‗liq bo‗ladi. Bunday axborotlarni o‗zida mujassamlashtiruvchi vosita 
bo‗lib xo‗jalik hisobi hisoblanadi. 
Xo‗jalik hisobi negizida, ko‗rinib turibdiki, «xo‗jalik» va «hisob» so‗ zlari yotadi. 
«Xo„jalik»
deganda ma‘ lum maqsadlarga yo‗naltirilgan, o‗zining bazisi va 
ustqurmasiga ega bo‗lgan sub‘ektlar tushuniladi. Xo‗jalik sifatida qaraladigan sub‘ektlar 
bo‗lib bir butun mamlakatning o‗zi va uning turli tarkibiy bo‗linmalari, masalan, 
tarmoqlari, sohalari, mintaqalari, hududlari, vazirliklar, birlashmalar, korxonalar 
hisoblanadi. Mamlakat doiraisdagi xo‗jalik xalq xo‗jaligi, uning eng qo‗ yi bo‗ g‗inidagi 
xo‗jalik korxona xo‗jaligi deb ataladi. Iqtisodiyotning yuqori va qo‗ yi bo‗g‗inlari 
o‗rtasidagi xo‗jaliklarga tarmoqlar, sohalar, birlashmalar, viloyatlar, tuman va shaharlar 
xo‗jaliklari kiradi. 
«Hisob»
- bu xo‗jalikda yuz bergan va berayotgan hodisa va jarayonlar, ularning 
natijalari to‗g‗risidagi axborotlarni yig‗ish, qayd etish, guruhlash va uzatish tizimi. 
Demak, hisobning asosiy mahsuli bo‗lib axborot, hisob yuritishning asosiy maqsadi 
bo‗lib, bu axborotlarni aniq, to‗liq va o‗z vaqtida yig‗ish, qayd etish, guruhlash va 
foydalanuvchilarga yetkazib berish hisoblanadi. 
Shunday qilib, ikki so‗z yig‗indisidan tashkil topgan «xo‗jalik hisobi» xalq 
xo‗jaligining turli bo‗ g‗inlarida yuz bergan va berayotgan hodisa va jarayonlar, ularni 
natijalarini soniy va sifat jihatdan harakterlovchi axborotlarni yig‗ish, qayd etish, 
guruhlash va uzatish tizimidir. 
Xo‗jalik hisobini u yoki bu belgilariga qarab turli turlarga ajratish mumkin (1-
chizmaga qarang). 
Xo„jaliklarni moliyalashtirilishiga ko„ra
ularda yuritiladigan hisobni ikkiga bo‗lish 
mumkin: korxona hisobi, byudjet hisobi. 
Korxona 
deganda o‗ z-o‗zini mablag‗ bilan ta‘ minlaydigan, mustaqil faoliyat 
yuritadigan xo‗jalik tushuniladi. Ularga zavod va fabrikalar, firmalar, shirkatlar, jamoa 
xo‗jaliklari, qurilish tashkilotlari, banklar va boshqalar kiradi. Ushbu xo‗jaliklarda 
yuritiladigan hisob korxona hisobi deb ataladi. 




Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə