K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va



Yüklə 3,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/307
tarix24.05.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#112697
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   307
4-Buxgalteriya-hisobi-va-audit.-K.B.-Urazov-2004-oquv-qollanma

Operativ-texnik hisob
deganda xo‗jalik bo‗limlari tomonidan u yoki bu maqsadda 
yuritiladigan tezkor hisob tushuniladi. Kadrlar bo‗limini xodimlarni ishga o‗z vaqtida 
kelishi va ketishining operativ hisobi, smena boshlig‗ini yoki masterining stanoklarni ish 
holati hisobi va boshqalar operativ-texnik hisobga misol bo‗la oladi. 
Boshqaruv hisobi
– bu xo‗jalik rahbariyati talablariga ko‗ra boshqaruvga tegishli 
qarorlarni qabul qilish maqsadida batafsil (analitik) tarzda yuritiladigan hisob tizimi. 
Bunday hisobni xo‗jalikning hamma bo‗limlari olib borishlari mumkin. 
Ishlab chiqarish hisobi
– bu xo‗ jalikni ishlab chiqarish jarayonlari va ularning 
natijalarini u yoki bu usullarda aks ettiruvchi hisob tizimi. Odatda, ishlab chiqarish hisobi 
negizida mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish usullari yotadi, masalan, normativ, reja, 
haqiqiy tannarx usullari. 
Tashqi hisob
deganda xo‗jalik faoliyati to‗ g‗risidagi axborotlarni tashqi axborot 
foydalanuvchilarga taqdim etuvchi hisob tizimi tushuniladi. Tashqi hisobga 
qo‗ yidagilarni kiritish mumkin: 
Moliyaviy hisob 
Statistika hisobi 
Moliyaviy hisob
deganda xo‗jalik moliyaviy faoliyati to‗g‗risidagi axborotlarni 
asosan tashqi foydalanuvchilar uchun taqdim etuvchi hisob tizimi tushuniladi. Moliyaviy 
hisob tashqi foydalanuvchilar uchun asosan hisobotlar ko‗rinishida taqdim etiladi. 
Moliyaviy hisob ma‘ lumotlaridan ichki foydalanuvchilar ham keng foydalanadilar. 
Moliyaviy hisob ma‘ lumotlarini keng iste‘ mol qiluvchi tashqi va ichki 
foydalanuvchilarning tarkibi 2-chizmada keltirilgan. 
Statistika hisobi
deganda jamiyatda yuz bergan va berayotgan yoppa hodisa va 
jarayonlarni soniy aks ettiradigan va sifat jihatdan izohlaydigan hisob tizimi tushuniladi. 
Statistika hisobining asosiy mahsuli bo‗lib statistik hisobotlar hisoblanadi. Statistik hisob 
ma‘ lumotlarni tuman, viloyat va yaxlit mamlakat doirasida jamlaydi. Statistik hisob 
davlat tomonidan strategik boshqaruvni olib borishga asos hisoblanadi. 
Davlat tomonidan tartibga solinishiga ko„ ra
xo‗jalik hisobini ikki turga bo‗lish 
mumkin: 
Reglamentlashtiriladigan 
Reglamentlashtirilmaydigan 




Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə