I rahmonov, A. Valiyev, B. Valiyeva, S. Sayidaliyev, F. Rasulova, S. Mardov chizmachilikni o



Yüklə 20,77 Mb.
səhifə14/28
tarix16.05.2023
ölçüsü20,77 Mb.
#110560
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28
15260 1-кисм. Чиз-кда пед.тех-я.Мет.кул-ма.Валиев ва бошкалар

33-chizma
Teskarisi bo‘lsa, uning boshi muammolardan bo‘shamay qoladi. Borgan sari muammolar ustiga muammolar qo‘shilib boriladi. Natijda darslarni bo‘sh o‘zlashtiradigan o‘quvchilar soni ortib boradi. Bunday vaziyatlarda o‘qituvchi o‘z vaqtida barcha muammolarni kamaytirish maqsadida darslarning ma’lum qismida muammoli vaziyatni sun’iy yaratib, muammolarni yo‘qqa chiqarib borishi lozim bo‘ladi, ya’ni muammoga qarshi muammo bilan kurashish lozim.
Quyida muammoli vaziyat yaratishga oid mashqlar keltiriladi.
1. Chizmalarni chizishda qo‘llanilgan ingichka chiziqlar ustidan bostirib chizishda – ingichka chiziqlarning detal konturining ichki tomonidan yoki tashqi tomonidan chizilganda uning umumiy gabaritida qanday muammo paydo bo‘ladi?


34-chizma
2. Detal chizmasi M1:1 masshtabda berilgan bo‘lsa, uni M2:1 masshtabga ko‘chirib chizilgandan keyin o‘lchamlari ham M2:1 da yozilsa (qo‘yilsa) qanday muammo kelib chiqadi?
3. Tutashmalar figurasi (34-chizma)ni ko‘chirib chizishda, tutashmalar qonun qoidalariga amal qilib, to‘g‘ri bajarilayotgan bo‘lsa ham tutashma yoylari o‘zaro ravon tutashmayapti. Bu yerda qanday muammo bor?
4. Detal (model) ni tahlil qilishda undagi geometrik jism (sirt)larni aniqlshda qanday muammo yuzaga keladi?
5. Detalning berilgan ikkita ko‘rinishiga muvofiq uning chapdan, ya’ni uchinchi ko‘rinishini aniqlashdagi muammo aniqlansin.
6. Aksonometrik proyeksiyalarni hosil qilishda qanday muammoga duch kelinadi?
7. Izometriyada aylanalarni tasvirlashda kelib chiqadigan muammolar nimalardan iborat?
8. Frontal dimetriyada aylanalarni tasvirlashda hosil bo‘ladigan qanday muammolar mavjud?
9. Texnik rasm chizishdagi muammolar aniqlansin.
10. Kesim turlarini bajarishda qanday muammolar vujudga kelishi aniqlansin (35-chizma).
35-chizma
11. Qirqim turlaribajarilsin va paydo bo‘lgan muammolar aniqlansin (36-chizma, a, b, c, d, e, f).
12. Shtiftli, shponkali, shlitsali va parchin mixli birikmalardagi muammoli vaziyatlar aniqlansin (37-chizma, a, b, c, d).
13. Sxemalarni o‘qishdagi muammoli vaziyatlar aniqlansin (38-chizma, a, b, c).
14. Yig‘ish chizmasini detallarda ajratib chizishda hosil bo‘layotgan muammolar aniqlansin (39-chizma).
15. Qurilish chizmasini o‘qishdagi muammoli vaziyatlar nimalardan iborat (40-chizma)?




Yüklə 20,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə