I rahmonov, A. Valiyev, B. Valiyeva, S. Sayidaliyev, F. Rasulova, S. Mardov chizmachilikni o


SO‘Z BOSHI Chizmachilikni o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar



Yüklə 20,77 Mb.
səhifə2/28
tarix16.05.2023
ölçüsü20,77 Mb.
#110560
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
15260 1-кисм. Чиз-кда пед.тех-я.Мет.кул-ма.Валиев ва бошкалар

SO‘Z BOSHI


Chizmachilikni o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar. Hozirgi vaqtda eng tashvishli masalalardan biri talabga javob bermaydigan darajada o‘qiydigan o‘quvchilarning ko‘pchilikni tashkil qilishi. Sababini aniqlash muhim masala hisoblanadi.
Bolalarning o‘tish yoshi eng qiyin davr hisoblanadi. O‘qituvchilar o‘z o‘quvchilarining shu davrdagi o‘ziga hos o‘zgarishlarini hisobga olmasliklari natijasining mahsulidir.
Bolalarning bu o‘tish yoshi davri shvetsiyalik psixolok Jan Piaj (1876-1980) ning fikricha, o‘spirinlarda ob‘yektga, borliq dunyoga nisbatan abstrakt fikrlash jarayonining yetilishi bilan xarakterlanadi. Fikr yuritish harakatining murakkablashishi bola hayotining barcha tomonlariga, hissiyotiga ta’sir ko‘rsatadi. Amerikalik psixolog Stenli Holl (1884-1923) ta’biri bilan aytganda bolaning ichki va tashqi nizolarining kuchaygan davri bo‘lib, “individual hissi” paydo bo‘ladi. Amerika psixologi Erik Erikson (1902-1982) bolaning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishish yo‘lida ishbilarmonlik va juda ta’sirchanlik paydo bo‘ladi. Bu yoshda mehnatga bo‘lgan munosabatiga asos solinadi.
Bolalardagi ta’sirchanlik ijtimoiy omil va tarbiyalanish sharoitiga, shaxsning individualligiga bog‘liq bo‘lib, “men” degan qarama-qarshilik da’volari bola shaxsining hissiyotiga katta ta’sir ko‘rsatadi (I.S.Kon, Psixologiya yunosti, M., “Prosvesheniya”, 1989-79 b). Bu yoshda bolalarda hayolparastlik davri boshlanadi. Tevarak atrofni o‘rab turgan turli hodisalarga javob topishga intiladi. O‘z ichki dunyosini qondirish maqsadida har xil gipotezalar tuzadi, o‘zining psixik holatini zezmaydi. Agarda bola xafa bo‘lsa, u atrofdagi muhitni sabab qilib ko‘rsatishga urinadi.
O‘quvchilarning o‘tish yoshidagi har xil “qiliqlarini” hisobga olib, o‘qitish tashkil qilinsa, uning samaradorligi oshishiga sababchi bo‘linadi. O‘quvchilarning psixik o‘zgarishlariga mos keladigan didaktik metodlar tatbiq qilib yangi natijalarga erishish mumkin.
“Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” ta’lim yo‘nalishining o‘quv rejasida “Muhandislik grafikasi fanini o‘qitishning zamonaviy tеxnologiyalari” fani mavjud bo‘lib, unda chizmachilik fanini o‘qitishda pedagogik texnologiyalarning o‘rni va amaliy ahamiyati o‘rganiladi. Oliy ta’lim muassasalarida mutaxassis kadrlar tayyorlanishi sababli pedagogik texnologiyalarni fanga amaliy tatbig‘ini va uni tashkil qilish metodikasini talabalarga ilmiy asosda yetkazib berish lozim.
Bolalarning 8-9- sinflarda o‘qiydigan payti o‘tish davrining qiyin vaqtiga to‘g‘ri keladi. Shu yoshdagi bolalarga chizmachilikdan dars berishni biroz bo‘lsa ham osonlashtirish, o‘qishda o‘quvchilarning faolligini oshirish maqsadida chizmachilikni o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarga murojaat etiladi.
Ushbu o‘quv-metodik qo‘llanma chizmachilik fani o‘qituvchisini tayyorlovchi ta’lim yo‘nalishlari uchun yozilgan bo‘lib, undan shuningdek, maktab o‘qituvchilari va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari metodist pedagoglari hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan qiziqayotgan har bir chizmachilik mutaxassisi foydalanishi mumkin.
Qo‘llanmaning saviyasi va sifatini yaxshilashga qaratilgan maslahatlari hamda bergan yordamlari uchun mualliflar Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti “Chizmachilik va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilariga, xususan dotsentlar P.Adilov va A.Ashirboyevlarga o‘zlarining samimiy minnatdorchiliklarini bildiradi.
Mualliflar
KIRISH

Bizning tariximiz juda boy ekanligini istiqlol tufayli angladik va o‘zligimizni bilib, o‘tmishimizda dunyoviy hamda diniy ilmli olimlarimiz dunyo va diniy ilmi va madaniyatiga ulkan hissa qo‘shganliklaridan xabardor bo‘lishga muyassar bo‘ldik.


Ma’lumki, har qanday buyum, bino kabilarni yaratishdan oldin ularning chizmalari chizib olinadi.VII – XV asrlarda Markaziy Osiyo (hozirgi O‘zbekiston xududi)da buyuk ilmiy kashfiyotlar va yirik obidalar bunyod etilgan. Bunday yirik va hashamatli obidalarni hamda ilmiy kashfiyotlarni chizmalarsiz yaratib bo‘lmaydi. O‘sha davrlarda chizmachilik ilm sifatida me’morchilik bilan birga uning ajralmas qismi sifatida rivojlangan. Chizmachilikka bir vosita sifatida qaralgan va ilm (fan) sifatida unga ahamiyat berilmagan.
Chizma - mavjud davlat standart talabida barcha qonun-qoidalarga rioya qilib ma’lum geometrik yasashlar ko‘lami qo‘llanilib, chizma asboblari yordamida biror maqsadni ko‘zlab bajariladigan tasvir hisoblanadi.
Tasvir – biror buyumni narsa ustida qalam, mix (tig‘), siyoh, bo‘yoq kabilarda qirib, qirqib bajariladigan chizma, rasm, fotografiya kabilar hisoblanadi.
Istiqlol tufayli o‘qitish metodikasi va pedagogika-psixologiyada o‘quv ishlarining eng yaxshi usullarini tanlashga, ta’lim jarayonida o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtiradigan masalalarni kiritishga katta ahamiyat berilamoqda. Ayniqsa, dars jarayonida o‘quvchilarning o‘quv faoliyatlarning almashinuvchanligini amalga oshirish barcha o‘quv predmetlari qatorida chizmachilikni o‘qitish metodikasining diqqat marakzidagi vazifalardan biri bo‘lib kelmoqda.
Ma’lumki, grafikaviy faoliyat o‘zining o‘ziga xos hususiyati bilan va mohiyatiga ko‘ra pirovard natijada chizmalarni o‘qish sohasidagi bilimlar va uquvlar hajmi bilan texnikaga taaluqli sistemalashtirilgan bilimlarni uyg‘unlashtirish bilan harakterlanadi.
Har qanday dars didaktik tamoyillarga asoslangan bo‘ladi. Shu boisdan taklif qilinayotgan zamonaviy pedagogik texnologiyalarning qaysi biri qachon va qanday paytda kiritish maqsadida har bir dars tarkibi avvaldan sinchiklab bo‘laklarga ajratib, o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan tushuncha va uquvlarni belgilab chiqish lozim. So‘ngra, dars bosqichlarining tarkibiga u yoki bu pedagogik texnologiyalarni kiritish oldindan rejalashtirilib qo‘yiladi. Shunda u darsning umumiy tarkibiga uyg‘unlashib ketadi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, pirovard natija chizmalarni o‘qish asosiy masala hisoblanganligi sababli eng oldin, chizma to‘g‘risida biroz bo‘lsa ham tarixga murojaat etiladi.
Inson yaratilgandan keyingi qo‘liga olgan birinchi quroli yordamida bajargani tasvir bo‘lishi mumkin. Qoyalardagi, g‘orlardagi chizilgan turli hayvonlar va boshqalarning rasmlarini chizish orqali turli ko‘rinishdagi tasvirlarni bajarishgan. Bu yerda bajarilgan tasvirlar chizish orqali amalga oshirilgan. Demak, har qanday tasvir, ya’ni u yoki bu narsaning dastlabki paydo bo‘lishi chizish orqali amalga oshirilar ekan.
Shunday qilib, chizish (chizma) insoniyatning ongini rivojlantirishda, o‘z atrofidagi borliqni tasavvur qilishida va o‘z tushunchasini o‘zgaga yetkazish orqali fikrlash degan buyuk ne’matning rivojlanishida chizmaning o‘rni o‘ta muhim hisoblangan ekan.
Haqiqatda, hozirda ham har bir buyum va u kattami, kichikmi yaratilishi oldidan eng oldin uning chizmasi chizib olinadi. Har bir buyumni sotib olinganidan keyin, uni ishlatishdan oldin chizmasiga murojaat etiladi. U buyum chizmasi yordamida yig‘iladi, ta’mirlanadi, sozlanadi. Xullas, insoniyat va jamiyatning rivojlanishi chizmalar bilan chambarchas bog‘liqligi hammaga ayon.
Ammo tevarak-atrof , ya’ni borliqni o‘rganish jarayoni orqali insonlar o‘z manfaati, yashab turgan vatani manfaatini, dunyo miqyosi manfaatini ko‘zlab ilm-fan bilan shug‘ullanishadi va yangi-yangi kashfiyotlar ochishadi.Bularning barchasini butun dunyo ahliga yetkazishga eng birinchi navbatda chizmalarga murojaat etiladi.
Maktablarda, maxsus o‘rta va oliy o‘quv yurtlarida o‘qitiladigan har bir o‘quv fani (predmeti) asosan texnikani rivojlantirishga qaratilgan. Bejizga chizma texnikaning tili deb aytilmagan. Texnikasiz hattoki, kiyimingizni eplab kiya olmaysiz ham.
Chizmalarda ham o‘z navbatida turli ko‘rinishlarga ega. Masalan, har qanday chizmani chizishga kirishishdan oldin chizuvchi o‘z navbatida qo‘liga qalam, chizg‘ich, sirkul kabi chizish asboblarini oladi. Hamda qog‘oz sathida o‘zaro parallel, perpendikular, ayana va turli shakllarni chiza boshlaydi. Bu bilan chizuvchi qog‘ozda ongidagi buyum va uning detallari haqidagi ma’lumotlarni ro‘yobga chiqarish jarayonida eng avval geometrik yasashlarni bajaradi. Geometrik yasashlar chizmachilik fanining asosi hisolanadi. Har qanday chizmani chizayotgan shaxs yuqori malakaga ega bo‘lgani uchun turli geometrik yasashlarni avtomatik tarzda bajarishga odatlanib qolgan.


Yüklə 20,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə