I rahmonov, A. Valiyev, B. Valiyeva, S. Sayidaliyev, F. Rasulova, S. Mardov chizmachilikni o



Yüklə 20,77 Mb.
səhifə5/28
tarix16.05.2023
ölçüsü20,77 Mb.
#110560
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
15260 1-кисм. Чиз-кда пед.тех-я.Мет.кул-ма.Валиев ва бошкалар

2. CHIZMALARNI O‘QISH

Chizmalarni o‘qish fazoviy tasavvur va fazoviy fikrlash uzviy bog‘lanib, ko‘rinish (proyeksiya) larga ko‘z yugurtirib jism (detal) ning qiyofasini ko‘z oldimizga keltirishga harakat qilinadi, ya’ni detal ko‘rinishlarini sintez qilib, barcha ko‘rinishlar bir yerga (yaqqol tasvir kabi) yig‘iladi. Shundagina detalni to‘liq idrok qilib, u to‘g‘risida aniq ma’lumotga ega bo‘linadi. Har qanday jism (detal)ning shakli geometrik jismlarning yig‘indisidan tuzilgan bo‘ladi. Shu bois, har bir detalning shakli geometrik tushunchalar bilan xarakterlanadi. Detalning shakli haqida aniq bir fikrga kelish uchun geometrik jismlar va ularning o‘zaro bog‘lanishlari tog‘risida aniq tasavvurga ega bolish kerak. Detalning ko‘rinishlar chizmasini o‘qish jarayonida unning ayrim geometrik jismlarga ajratib, ularning o‘zaro bog‘lanishlarini tekshirish natijasida detalning hajmi, qiyofasi ongimizda paydo bo‘ladi.


Chizmada barcha ko‘rinishlarni tahlil qilish natijasida detalning fazoviy qiyofasi gavdalanadi. Detalning chizmada tasvirlangan ko‘rinishlariga qarab uning yaqqol tasvirini ko‘z oldiga keltirish chizmalarni o‘qish deyiladi. Chizmani o‘qishni oddiy geometrik jismlarning ko‘rinishlaridan o‘qishdan boshlanadi.
Chizmalarni o‘qish jarayonida ularni chizishni o‘rganish mumkin.
Misol. Parallelepipedning berilgan ikkita ko‘rinishi berilgan. Unnig uchinchi (chapdan) ko‘rinishi aniqlansin (5-chizma, a).
1. Parallelepipedning berilgan ikkita ko‘rinishi ko‘chirib chiziladi (5- chizma, b).
2. OX, OY,OZ o‘qlari o‘tkazib olinadi (5-chizma, c).
3. H dagi ko‘rinishi konturlarini (OX ga parallel) OY gacha davom ettiriladi va O nuqta orqali sirkuda W dagi OY ga olib o‘tiladi yoki 450 da chiziqlar chiziladi (5-chizma, c).
4. Parallelepipedning V dagi ko‘rinishi kontur (OX ga parallel) chiziqlardan OZ ga perpendikular chiziqlar o‘tkaziladi va OY dan OZ ga parallel qilib chizilgan chiziqlar bilan kesishtiriladi. Natijada bu chiziqlar o‘zaro kesishishib, parallelepipedning chapdan ko‘rinishini hosil qiladi. Ushbu misolni paralleleipedni H, V, W larga proyeksiyalash jarayoni bilan solishtiriladi. Shunda proyeksiyalash tartibi va chizmani o‘qish usuli bilan tanishiladi.


Yüklə 20,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə