I rahmonov, A. Valiyev, B. Valiyeva, S. Sayidaliyev, F. Rasulova, S. Mardov chizmachilikni o



Yüklə 20,77 Mb.
səhifə8/28
tarix16.05.2023
ölçüsü20,77 Mb.
#110560
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28
15260 1-кисм. Чиз-кда пед.тех-я.Мет.кул-ма.Валиев ва бошкалар

14-chizma



15-chizma
Mustaqil bajarish uchun mashqlar.
1. 16-chizma, a, b, c da katta va kichikroq ikkita uchburchakli prizmadan tuzilgan modelning olddan va ustdan ko‘rinishlari berilgan.Har birining chapdan ko‘rinishni aniqlashda yaqqol tasvirlardan foydalanilsin.
2. 17-chizma, a, b, c da geometrik jismning olddan va chapdan ko‘rinishlari berilgan. Ularning ustdan ko‘rinishlarini aniqlashda yaqqol tasvirlaridan foydalanilsin.
16-chizma
17-chizma


18-chizma
3. 18-chizma, a va b larda qirqilgan kub qismining olddan va ustdan ko‘rinishlari tasvirlangan. Uning chapdan ko‘rinishini aniqlashda yaqqol tasvirlaridan foydalanilsin.
Chizmalarni o‘qishning eng yaxshi usullaridan biri, chizmaga qarab uning modelini yasash hioblanadi.
3. MODEL YASASH YO‘LI BILAN CHIZMALARNI O‘QISH

Detalning berilgan ko‘rinishlariga qarab uning modelini yasashdan oldin oddiy qisqich (skrepka)dan bittasini olib (19-chizma, a) ichidagi qismini tashqarisidagi qismi bilan to‘g‘ri burchak (900) hosil bo‘lguncha qayriladi. (19-chizma, b). shu vaziyatdagi olddan, ustdan va chapdan ko‘rinishlarini chizib qisqich bilan solishtiriladi. Qisqichni shu holatda saqlab, tik (vertikal) vaziyatdagi qismining har bir uchi 19-chizma, c dagi kabi gorizontal holatga buklab keltiriladi. Shunda qisqichdan yana bitta ko‘rinishdagi model yasalgan bo‘ladi va ular o‘zaro solishtirilib ko‘riladi. Qisqichning ushbu ko‘rinishini o‘zgartirmasdan yana bitta model yasab ko‘riladi (19-chizma, d). Bu yerda qiqich uchta ko‘rinishagi modelga qanday aylantirilganligi bilan tanishib chiqiladi. Simdan model yasashni soddalashtirish va osonlantirish maqsadida oldin kubning modelini yasab olish tavsiya etiladi. Kubning qirralarini yasashda ular orqali ikkinchi bor sim o‘tmasligi lozim, ya’ni ikki qatorli simli qirraga yo‘l qo‘ymasligi kerak.



19-chizma
Simdan yasalgan modelning ko‘rinishlari bo‘yicha uning yaqqol tasvirini chizishda eng oldin kubning yaqqol tasviri bajarib olinadi va ushbu yaqqol tasvirda kub yoqlarida va qirralarida sim qismlari tasvirlari izlab topiladi. Bu yerda kubning qirralarida sim qismlari ikki marta takrorlanmasligi lozim.
1-misol. Simdan yasalgan modelning ko‘rinishlari berilgan (20-chizma, a). uning chapdan kovrinishi yaqqol tasviri aniqlansin.
Yechash. 1. kubning yaqqol tasviri chiziladi.
2. kubning yaqqol tasvirida simning qaysi qirralarida ekanligi belgilab chiqiladi va kontur chiziqda belgilab olinadi.
3. modelning uchinchi (chapdan) ko‘rinishi yaqqol tasviri berilgan ko‘rinishlari o‘zaro solishtirilib aniqlanadi (20-chizma, b).
20-chizma
2-misol. Simdan yasalgan modelning olddan va ustdan ko‘rinishlari berilgan (21-chizma). Uning chapdan ko‘rinishini aniqlash jarayonida u model qancha variantlada bo‘lishi mumkinligi anilansin.
Yechish. Javobini kubning yaqqol tasvirida izlash orqali model bir nechta variantlada bo‘lishi mumkinligi aniqlandi (21-chizma, a, b, c, d, e).


Yüklə 20,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə