I rahmonov, A. Valiyev, B. Valiyeva, S. Sayidaliyev, F. Rasulova, S. Mardov chizmachilikni o



Yüklə 20,77 Mb.
səhifə6/28
tarix16.05.2023
ölçüsü20,77 Mb.
#110560
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
15260 1-кисм. Чиз-кда пед.тех-я.Мет.кул-ма.Валиев ва бошкалар

5-chizma
Xulosa qilinsa, jismning ikkita ko‘rinishi bo‘yicha uning uchinchi ko‘rinishini aniqlashda to‘g‘ridan-to‘g‘ri V dagi ustki va ostki kon turlardan yordamchi chiziqlar o‘tkazilib, H dagi qalinlik “T” o‘lchab qo‘yilishi bilan uchinchi ko‘rinishni aniqlash mumkin ekan. Ushbu usulni mustahkamlash maqsadida kvadrat, uchburchak va aylana misolida quyidagi masalaga e’tibor qaratiladi.
1.Kvadratning berilgan V dagi ko‘rinishi ostida xuddi o‘zidek kvadrat joylashtirilsa, u qanday jism bo‘lishi mumkin?
Buning uchun geometrik jismlarning qaysi biri V da ham H da ham bir xil kattalikdagi kvadrat orqali tasvirlanadi. Bu albatta kub bo‘ladi.
2. Kvadratning berilgan V dagi ko‘rinishi ostida uchburchak tasvirlangan bo‘lsa, u qanday jism bo‘lishi mumkin? U albatda prizma bo‘lishi lozim.
3. Kvadratning V dagi berilgan ko‘rinishi ostida aylana tasvirlangan bo‘lsa, u haqiqatda ham silindr bo‘la oladi.
Demak, jismning bitta ko‘rinishi orqali uning qanday jism ekanligini aniqlash maqsadida uning ikkinchi ko‘rinishi berilgan bo‘lishi lozim ekan.
4. Jismning berilgan V dagi ko‘rinishi uchburchak bo‘lib, uning ostiga kvadrat joylashtirilsa, u albatda prizma bo‘lishi mumkin bo‘ladi.
5. Jismning V dagi berilgan ko‘rinishi uchburchak ostida diogonollari bor kvadrat tasvirlangan bo‘lsa, u qanday jism bo‘lishi mumkin? Javobi – piramida.
6. Jismning V dagi ko‘rinishi uchburchak ostida aylana bo‘lsa, u albatda konus bo‘lishi mumkin.
7. Jismning V dagi ko‘rinishi aylana bo‘lib uning ostida uchburchak tasvirlangan bo‘lsa, u konus bo‘la oladi.
8. Jismning V dagi ko‘rinishi aylana bo‘lib, uning ostida kvadrat berilgan bo‘lsa, u albatda silindr hisoblanadi.

6-chizma
9. Jismning V dagi ko‘rinishi aylana bo‘lib uning ostida ham xuddi o‘shanday aylana tasvirlangan bo‘lsa, u jism shar (sfera)dir. Chizmada standart ruxsat etilgan tomonidan soddalashtirish va shartlilik qo‘llanilib ba’zi geometrik jismlarni bitta ko‘rinishda tasvirlash mumkin. Masalan, silindr, konus, shar (sfera)lar (6-chizma). Bunday aylananish sirtlarning o‘lcham sonlari oldiga diametr Ø belgisi, shar uchun “sfera” yozuvini kiritish orqali tasvirlash qabul qilingan. Ushbu belgilar yordamida aylanish sirtlaridan tashkil topgan detallarni ham bitta ko‘rinishda tasvirlash mumkin (7-chizma).
Shu tartibda eng oddiy va sodda jismlarni ularning ko‘rinishlari orqali o‘qishni o‘rganishga kirishilmoqda.
Jismning V dagi tasvirini bosh yoki olddan, H dagisini ustdan va W dagi tasvirni chapdan yoki yondan ko‘rinish deb yuritiladi. Bir nechta geometrik jismlardan mujassamlashgan (tuzilgan) buyumni model yoki detal deb atash mumkin.
Chizmani o‘qishni mukammal egallash maqsadida mashqlarni asta-sekin modelning elementlarini orttirib borish orqali erishish mumkin.
7-chizma
1-misol. 8-chizmada bir elementli jismning olddan va ustdan ko‘rinishlari tasvirlangan. Uning chapdan ko‘rinishi vositasida u qanday jism ekanligi anjiqlansin.
8-chizma
a) H va V ga 45’ burchakdagi to‘g‘ri chiziq kesmasi uni to‘g‘ri to‘rtburchak shakl ekanligini isbotlaydi. (8-chizma, a) .
b) katetlari o‘zaro teng uchburhcak orqali uni yarimta kub ekanligidan dalolat beradi (8-chizma, b).
c) olddan va ustdan ko‘rinishlariga teng kvadrat yordamida u kub ekanligi aniqlanmoqda (8-chizma, c).
2-misol. 9-chizmada ikki elementli modelning olddan va ustdan ko‘rinishlari berilgan. Uning yondan ko‘rinishi orqali va qanday jism ekanligi aniqlansin. Uning chpdan ko‘rinishlaridan ma’lum bo‘lishicha u olti xil ko‘rinishda qismi qirilgan kub ekanligi ma’lum bo‘lmoqda (9-chizma, a, b, c, d. e, f).


Yüklə 20,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə